16 mavzu. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish


Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari



Download 32,9 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2022
Hajmi32,9 Kb.
#491972
1   2   3   4   5
17.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi.


Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish oʻziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab koʻrsatkichlarni alohida-alohida oʻrganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish oʻta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi.
Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy koʻrsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy koʻrsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat koʻrsatkichlari yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida koʻrib chiqish mumkin boʻladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga boʻlgan talab va ularni taklif etish hajmlari koʻrsatkichlari emas, balki agregat koʻrsatkichlar hisoblangan baholarning oʻrtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari boʻycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun toʻlov stavkalari umumlashtirilib ularning oʻrtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat koʻrsatkichdan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat koʻrsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy koʻrsatkichlar va jarayonlar oʻrtasidagi miqdoriy, sabab va oqibat bogʻlanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar koʻrinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizigʻini, IS-LM modelini, iqtisodiy oʻsishning Domar, Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning oʻzida ham grafik koʻrinishda, ham algebraik formula koʻrinishida tasvirlash mumkin. Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan koʻp oʻzgaruvchili boʻlishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarini umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida oʻzgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi oʻrganilsa, Fillips egri chizigʻi yordamida ishsizlik va inflyatsiya koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qoʻllanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsiyentlar, turli iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro bogʻliqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab boʻlmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yoʻl qoʻyiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim mavjud, ya’ni unga tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud boʻlmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni toʻla-toʻkis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin boʻlgan koʻp variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Download 32,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish