48. Qaysi viloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajratilib, 1943-yili 1,5mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga topshirildi ?
a) Samarqand, Farg’ona, Toshkent; b) Xorazm, Buxoro, Jizzax
c) Qarshi, Navoiy, Sirdaryo; d) Samarqand, Jizzax, Sirdaryo
49. Urush yillarida qand lavlagini qayta ishlovchi qand zavodlari qurildi ular qaysilar ? 1. Zirabuloq, 2. Krasnogvardeysk, 3. Sirdaryo, 4. Qo’qon, 5. Yangiyo’l, 6. Jizzax
a) 1,2,4,5; b) 1,3,5,6; c) 2,3,4,5; d) 2,4,5,6
50. Urush yillarida O’zbekiston butun mamlakatda ishlab chiqariladigan qandning qancha qismini berar edi?
a) 3/4; b) 2/4; c) 1/4; d) 2/5.
51. Urush yillarida O’zbekiston qishloq xo’jaligi ahli (a)ziyod paxta xomashyosi, (b) mahsulotlarini davlatga yetkazib berdi.
a) a-3 mln tonnadan, b-60 mln pud don; b)a-4 mln tonnadan, b-82 mln pud don
c) a-5 mln tonnadan, b-70 mln pud don; d)a-6 mln tonnadan, b-90 mln pud don
52. Urush yillarida G‘arbiy frontga oziq-ovqat va kiyim-kechak olib borgan delegatsiya rahbarini aniqlang ?
a) Usmon Yusupov; b) Hasan Islomov; c) Quchqor Turdiyev; d) Sobir Rahimov
53. Urush davrida O’zbekistonda ishchi va xizmatchilarga kuniga (a) grammdan, oila a’zolariga esa (b) grammdan non berildi.
a)400-500, 300-400; b)300-400, 200-300; c)100-200, 50-100; d)500-600, 300-400
54. Urush yillarida rahbar xodimlar esa maxsus oziq-ovqat ya`ni … bilan ta’minlab turildi.
a) Bunag; b) Zayom; c) Kompensatsiya; d) Payok
55. Urush yillarida o’zbek qishloqlarida ahvol og‘ir bo’lgan. Kolxozlarda kimlar uchun majburiy ish kuni normasi 1,5 marta oshirilgan.
a)kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar; b) 18 yoshdan yo`qori fuqarolarga;
b) yoshlar va 14 yoshdan oshgan o`smirlar; d) 15 yoshdan yo`qori fuqarolarga.
56.Urush yillarida aholi tarkibida vujudga kelgan yangi ijtimoiy guruhlarni aniqlang ?
1. harbiy xizmatchilar oilalari, 2. Urushda g`olib bo`lganlar, 3. evakuatsiya qilinganlar, 4. Boylar kvartallari 5. urush nogironlari, 6. yetim bolalar.
a) 1,3,5,6; b) 1,2,4,5; c) 2,3,4,6; d) 3,4,5,6;
57. Urush yillarida O’zbekistonga 1 mln nafardan ortiq kishi, jumladan, necha ming bola evakuatsiya qilindi ?
a) 100 000, b) 200 000; c) 300 000; d) 400 000
58. Urush yillarida bola asrab olgan ota onalarni bolalarini quyidan yuqoriga qarab moslahtiring ?
1. Shoahmad Shomahmudovlar oilasi, 2. Fotima Qosimova, 3. Hamid Samadov
a) 1,2,3; b) 2,1,3; c) 3,2,1; d) 2,3,1;
59. Urush yillarida bola asrab olgan ota-onalarni qayerda yashashini moslashtiring ?
1. Shoahmad Shomahmudovlar oilasi, 2. Fotima Qosimova, 3. Hamid Samadov
a) kattaqo’rg‘onlik urush nogironi, b) toshkentlik oddiy temirchi, c) samarqandlik kolxozchi
a) 1-c, 2-a, 3-b; b) 1-a, 2-b, 3-c; c) 1-b, 2-a, 3-c; d) 1-b, 2-c, 3-a
60. Respublikaga urush davrida qanchadan ortiq harbiy gospital joylashtirildi.
a) 30 dan, b) 15 dan, c) 20 dan, d) 10 dan
Do'stlaringiz bilan baham: |