16-mavzu. Ayirish tizimi kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari Reja



Download 40,5 Kb.
bet2/14
Sana24.06.2022
Hajmi40,5 Kb.
#699739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Sabablari. Birlamchi nefritlar: sensibilizatsiyalovchi sabablar - oziqlantirish, yashash sharoitlari, sovuqda qolib ketish va b., ikkilamchi nefritlar - manqa, oqsil, yuqumli anemiya, leptospiroz, kontagioz plevropnevmoniya kabi yuqumli kasalliklar paytlarida yoki nefrotoksinlar, metabolitlar, ishqoriy moddalar, skipidar, dyogat, buzilgan oziqalar, mineral o‘g‘itlar va boshqa moddalardan zaharlanishlar oqibatida kuzatiladi.
Rivojlanishi. Noadekvat ta’sirotlar buyraklardagi nerv uchlarini ko‘zg‘atadi va allergik holat kelib chiqadi. Masalan: yuqumli kasalliklarda antigen-antitela kompleksi ta’sirida gistaminsimon moddalar hosil bo‘ladi va bu moddalar buyraklarda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Impulslar bosh miyaga etib borib, to‘satdan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini bo‘zadi va natijada tomirlarda ko‘p muddatga saqlanib qoluvchi spazmni, a’zolarda esa distrofik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Buyrak to‘pchalaridagi tomirlar spazmni a’zoning paralichiga olib kelishi va tomirlar o‘tkazuvchanligining oshib ketuviga sabab bo‘lishi mumkin. Qondagi toksinlar gipofizni ko‘zg‘atadi. Gipofiz orqa bo‘limi gormonlari anuriya, gipertoniya, gematuriyani keltirib chiqaradi. To‘pchalarning buzilishi tuz va suv reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Natijada to‘pchalarning filtrlash yuzasi kichrayadi. Tomirlar devoridan oqsil va eritrotsitlarning o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi. Azot birikmalari orasida mochevina ko‘p miqdorda bo‘ladi. Doimiy gipertoniya oqibatida yurak qorinchalarining gipertrofiyasi rivojlanadi.
Gipervolemiya (qon massasining ko‘payishi) bilan arteriolalar spazmi (asosan bosh miya tomirlarida) va gipertoniya bir vaqtda rivojlanganda eklampsiya paydo bo‘lishi mumkin.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Shish paydo bo‘lishi, buyraklarning biroz kattalashganligi, kesilganda to‘pchalarning mayda qizil tomchi shaklida kattalashganligi bilinib turadi. Kapsula tez ajraladi. Gistologik tekshirilganda to‘pchalarning yallig‘langanligi va kattalashganligi, giperemiya, kapilyarlar devori atrofiga neytrofillar chukkan bo‘ladi. Epiteliy xujayrasida proliferatsiya, oqsilli, donador va yog‘li distrofiyalar kuzatiladi. Kanalchalar toraygan, ular yumshoq oqsilli, leykotsitlar, eritrotsit va silindrlardan iborat ekssudat bilan to‘lgan bo‘ladi.
Belgilari. Ishtahaning pasayishi, haroratning ko‘tarilishi, buyraklarning palpatsiyada og‘riqli bo‘lishi kuzatiladi. Kasal hayvon bukchayib, kam harakat qiladi. YUrganda va burilishda qiynaladi.
Qorin, ko‘krak, son, qovoqlar, xikildoq sohasida shishlar paydo bo‘ladi. Ich ketishi, qayd qilish, chanqoqning kuchayishi, qon bosimining 210 mm simob ustunigacha ko‘tarilishi qayd etiladi. Pulsning qattiq, zo‘riqqan va susaygan bo‘lishi, chap qorincha gipertrofiyasi, auskultatsiyada 2-ton aksenti kuzatiladi. Diastolik ton kuchayadi. Og‘ir paytlarda galop ritmi, yurakning toliqishi oqibatida kichik doirada qonning dimiqishi, venoz bosimning 300 mm suv ustunigacha oshib ketishi xarakterli bo‘ladi. Shilliq pardalar ko‘kimtir bo‘yaladi. Hansirash, xirillash, yuzaki yo‘tal kabi bronxit va bronxopnevmoniya belgilari paydo bo‘ladi.
Kasallik boshida hayvon tez-tez siydik ajratish pozasini qabul qiladi. Oliguriya, anuriya, siydikning loyka, och-qizil yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi, zichligining yuqori va tarkibida eritrotsitlar, leykotsitlar, kanalcha epiteliylari, silindr va tuzlarning ko‘p bo‘lishi va reaksiyasi kislotali bo‘lishi xarakterli belgilar hisoblanadi.
Qon suyulgan, uning zichligi pasaygan va tarkibidagi globulinlar miqdori ko‘paygan bo‘ladi. Qoldiq azot miqdori 500-1000mg % gacha oshadi. Eritrotsit va gemoglobin miqdori kamayadi. Limfotsitoz, itlarda monotsitoz qayd etiladi. Qonda indikan ko‘payishi bilan uremiya belgilari paydo bo‘ladi.

Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish