Ishni bajarishdan maqsad: IMS larning tayanch elementlarining ishlash prinsiplarini o‘rganish
Boshlang‘ich ma’lumotlar
KMOP-seriyali IMS larning tayanch elementlarini ko‘rib chiqaylik. KMOP-invertor bunday elementlarning eng soddasi bo‘lib hisoblanadi. KMOP-invertor har xil turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita KMOP-tranzistordan tashkil topgan, n-turdagi tranzistorning istoki nol potensialga ega bo‘lgan shinaga va r-turdagi tranzistorning istoki esa ta’minlash manbasining musbat shinasiga ulanadi. Sxema EMAS mantiqiy amalini amalga oshiradi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
1. Multisim-2001 dasturida KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasini olish sxemasini tuzing (1-rasm).
18.1-rasm. KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasini olish sxemasi 2. Xarakteristikasini olish uchun Multisim-2001 dasturining Simulate menyusidan avval Analyses va keyin DC Sweep bo‘limlari tanlanadi (2-rasm).
18.2-rasm. Multisim-2001 dasturining Simulate menyusi 3. Hosil bo‘ladigan oynaning Analysis Parameters bo‘limida o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan parametrning (masalan, kirish kuchlanishining) boshlang‘ich Start value va so‘nggi Stop value qiymatlari hamda o‘zgarish qadami Increment ko‘rsating (18.3-rasm).
18.3-rasm. Multisim-2001 dasturining Analysis Parameters bo‘limi 4. Oynaning Output variables bo‘limi tanlang va uning zanjirdagi o‘zgaruvchilar Variables in circuit bo‘limida xarakteristikani qurishda zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilar belgilab modellash davomidagi grafiklar Plot during simulation knopkasini bosish yo‘li bilan oynaning tahlil uchun tanlangan o‘zgaruvchilar Selected variables for analysis bo‘limiga o‘tkazing (18.4-rasm).
18.4-rasm. Xarakteristikani qurishda zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilarni tanlash 5. Xarakteristikani olish uchun oynadagi Simulate knopkasi bosing. Ekranda 5-rasmdagiga o‘xshash xarakteristika hosil bo‘ladi.
18.5-rasm. KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasi 6. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun n-turdagi MOP-tranzistorlarni parallel va r-turdagi MOP-tranzistorlarni ketma-ket ulang (6-rasm). Bundan tashqari har bir kirishda n-turdagi va r-turdagi tranzistorlarning zatvorlari mos ravishda o‘zaro birlashtiring.
7. YOKI-EMAS sxemaning X1 kirishiga yuqori sathli signal bering va VT1 tranzistorning ochilishi hamda VT4 tranzistorning yopilishiga e’tibor bering.
8. Sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
9. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal bering (7-rasm) va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
10. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering (8-rasm) va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
18.8-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi 11. VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun (9-rasm) n-turdagi MOP-tranzistorlarni ketma-ket va r-turdagi MOP-tranzistorlarni parallel ulang.
12. Sxemaning kirishlaridan biriga past va ikkinchisiga yuqori sathli signal bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
13. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
14. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.