16. Kichik guruhda faoliyatlarni tashkil qilish Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriyy munosabatlar tushuntiriladi



Download 182,27 Kb.
bet5/5
Sana18.02.2022
Hajmi182,27 Kb.
#456981
1   2   3   4   5
Bog'liq
Seminar uchun

Mashg‘ulot rejasi
1- variant
1. Bolalarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida takrorlash 2-4 minut
2. Yangi materialni ko‘rib chiqish 15-18 minut.
3. Ilgari o‘zlashtirilgan materialni takrorlash 4-7 minut
4. Mashg‘ulot taxminan shu tarzda tuzilishi mumkin. Bunda bolalar narsalarning uzunligini o‘lchash usullari bilan birinchi bor tanishadilar
1- qism. Narsalarninig uzunligi va kengligini solishtirish, nima o‘zgar, o‘yini—5 minut.
2- qism. Uzunlik va kenglikni o‘lchash usullarini shartli o‘lchanadi asbobida namoyish qilish, bunda narsalarning o‘lchamlarini amal tenglashtirish masalasi hal qilinadi — 10 minut.
3- qism. (Bilimlarni mustahkamlash) amaliy topshiriqni bajarish davomida bolalarning o‘lchov usullarini mustaqil qo‘llash — 10 minit
4- qism. Figuralarni solishtirish va gunihlashtirishni hamda to‘plamda har xil figuralarning sonini solishtirishni mashq qildirish—5 minut.
2- variant.
1. Yangi mavzuni o‘rganishni davom ettirish — 13-15 minut.
2. Bevosita oldin o‘tilgan materialni o‘rganishni yoki mustahkamlasli davom ettirish — 8-12 minut.
3. Ilgari o‘tilganlarni takrorlash — 5 minut. Uzunlikni o‘lchashni o‘rganish bo‘yicha ishlar davom ettiriladigan mashg‘ulot taxminan shunday tuzilishi mumkin.
1- qism. Tanish o‘lchov usullarini eslatish va yangilarini namoyish etish — 5 minut.
Bolalarninig amaliy topshiriqlami mustaqil bajarishi—8-10 minut-
2- qism. O‘tilganlarni takrorlash, narsalarni teng 2 va 4 bo‘lakka bo‘lishni mashq qilish. Amaliy topshiriqlami mustaqil bajarish—8 minut
3- qism. Berilgan jadvaldan foydalanib, qog‘oz ustida mo‘ljal qilishn mashq qilish, nima qayerda joylashgan o‘yinini mashq qilish—3-4 mm
3- variant.
1. Yangi mavzu bo‘yicha materialni mustahkamlash — 8-10 minut.
2. Ilgari o‘tilgan dasturiy vazifalardan 3—4 tasini mustahkamlash 12-15 minut. (Bunda 3-4 minuti kelgusida o‘tiladigan mavzuni o‘tishda yordam beradigan materialni takrorlashiga ajratiladi
Topshiriqlar:
1. Qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.
2. O‘tilgan mavzu yuzasidan tayyorlov guruhga faoliyatni qanday tadbiq qilasiz.
3. Mavzuga mos 10 daqiqalik o‘yin tashlkilllashtirish

20. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda o‘yinlarni qo‘llash


1. Zamonaviy darslar qanday bo‘lishi kerak?
2. Didaktik o‘yinlar ta’lim metodi sifatida.
3. Darsda didaktik o‘yinlardan foydalanish
Ta’lim va o‘qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika o‘rganadi.
Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo‘shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o‘qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo‘lgan. U ham o‘qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O‘zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.
Ular ham o‘zbek xalq maktablarini ochish, o‘quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar.
Didaktikaga asoslangan holda biz o‘quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to‘g`ri va muvaffaqiyatli o‘tish uslubini ham to‘g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko‘rgazmali va texnika vositalari bilan o‘tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o‘tadi. O‘qituvchi izlanuvchan bo‘lishi, darslarni rang-barang usulda o‘tishi kerak.Dars qiziqarli o‘tishi uchun faqat ko‘rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o‘yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim.
O‘yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Ular bu yoshda o‘yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo‘ladi. O‘yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilari yosh bo‘lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o‘yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o‘yin bilan o‘tadi. O‘yinlar faqat didaktik vosita bo‘lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o‘yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o‘yin faoliyatini boshqarishini o‘rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz.
O‘yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin jarayonida qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengishga o‘rgatib boradi.
O‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o‘yin orqali materiallarning ko‘rinishi, rangi, tuzilishi turli o‘simlik va hayvonot olamidagi o‘zgarishlarni anglaydilar.
O‘yin- bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o‘yin darsiga aylantirib qo‘ymaslik lozim.
Bola hayotining asosiy turi o‘yindir. “Bola uchun o‘yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor.
Yan Amos Kamenskiy Grammatik o‘yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog`lom bo‘lishi uchun u doimiy harakatda bo‘lishi zarur, shundagina o‘yin qiziqarli o‘tadi. O‘yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o‘yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar.
Psixologik olimlar o‘yinlarni to‘rt guruhga bo‘ladilar:
1. Funksional o‘yinlar.
Bu o‘yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo‘lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2. Qoidali o‘yinlar.
Bu o‘yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.
Bunda ko‘rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
3. Rolli o‘yinlar.
Bu o‘yinda bolalar o‘zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o‘qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o‘ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.
4. Konstruktorli o‘yinlar.
Bu o‘yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir.
Konstruktorli o‘yinlar asosan ikkiga bo‘linadi.
Ijodiy o‘yinlar bolalar o‘zlari o‘yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o‘yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o‘yinlar tashkil qiladi. Ijodiy o‘yinlardan yana biri dramatik o‘yindir. O‘yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo‘lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi.
Qoidali o‘yin. Huddi xalq o‘yinlari singari qiziqarli bo‘lib, unda bolalar hayoti, o‘z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar.
Demak, barcha turdagi o‘yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi.
Ko‘pchilik o‘yinlarda didaktik o‘yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo‘lgan boshqa qo‘llanmalar foydalaniladi.
Didaktik o‘yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo‘lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho‘xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o‘qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo‘ladi va bu boshqarning o‘yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo‘lsa ham o‘yin qoidasi bilan birga qo‘shib tushuntirsa metodik jihatdan to‘g`ri bo‘ladi.
Individual didaktik o‘yin o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o‘ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o‘yin mashqlarini o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir.
Topshiriqlar:
1. Mavzu yuzasidan 10 ta savolli test tuzish.
2. Mavzuga oid o‘yin tashkillashtirish.
3. Qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

21. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda o‘yinlarni qo‘llash


1. Zamonaviy darslar qanday bo‘lishi kerak?
2. Didaktik o‘yinlar ta’lim metodi sifatida.
3. Darsda didaktik o‘yinlardan foydalanish
Ta’lim va o‘qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika o‘rganadi.
Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo‘shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o‘qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo‘lgan. U ham o‘qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O‘zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.
Ular ham o‘zbek xalq maktablarini ochish, o‘quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar.
Didaktikaga asoslangan holda biz o‘quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to‘g`ri va muvaffaqiyatli o‘tish uslubini ham to‘g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko‘rgazmali va texnika vositalari bilan o‘tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o‘tadi. O‘qituvchi izlanuvchan bo‘lishi, darslarni rang-barang usulda o‘tishi kerak.Dars qiziqarli o‘tishi uchun faqat ko‘rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o‘yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim.
O‘yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Ular bu yoshda o‘yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo‘ladi. O‘yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilari yosh bo‘lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o‘yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o‘yin bilan o‘tadi. O‘yinlar faqat didaktik vosita bo‘lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o‘yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o‘yin faoliyatini boshqarishini o‘rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz.
O‘yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin jarayonida qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengishga o‘rgatib boradi.
O‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o‘yin orqali materiallarning ko‘rinishi, rangi, tuzilishi turli o‘simlik va hayvonot olamidagi o‘zgarishlarni anglaydilar.
O‘yin- bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o‘yin darsiga aylantirib qo‘ymaslik lozim.
Bola hayotining asosiy turi o‘yindir. “Bola uchun o‘yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor.
Yan Amos Kamenskiy Grammatik o‘yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog`lom bo‘lishi uchun u doimiy harakatda bo‘lishi zarur, shundagina o‘yin qiziqarli o‘tadi. O‘yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o‘yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar.
Psixologik olimlar o‘yinlarni to‘rt guruhga bo‘ladilar:
1. Funksional o‘yinlar.
Bu o‘yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo‘lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2. Qoidali o‘yinlar.
Bu o‘yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.
Bunda ko‘rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
3. Rolli o‘yinlar.
Bu o‘yinda bolalar o‘zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o‘qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o‘ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.
4. Konstruktorli o‘yinlar.
Bu o‘yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir.
Konstruktorli o‘yinlar asosan ikkiga bo‘linadi.
Ijodiy o‘yinlar bolalar o‘zlari o‘yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o‘yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o‘yinlar tashkil qiladi. Ijodiy o‘yinlardan yana biri dramatik o‘yindir. O‘yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo‘lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi.
Qoidali o‘yin. Huddi xalq o‘yinlari singari qiziqarli bo‘lib, unda bolalar hayoti, o‘z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar.
Demak, barcha turdagi o‘yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi.
Ko‘pchilik o‘yinlarda didaktik o‘yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo‘lgan boshqa qo‘llanmalar foydalaniladi.
Didaktik o‘yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo‘lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho‘xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o‘qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo‘ladi va bu boshqarning o‘yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo‘lsa ham o‘yin qoidasi bilan birga qo‘shib tushuntirsa metodik jihatdan to‘g`ri bo‘ladi.
Individual didaktik o‘yin o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o‘ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o‘yin mashqlarini o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir.
Topshiriqlar:
1. Mavzu yuzasidan 10 ta savolli test tuzish.
2. Mavzuga oid o‘yin tashkillashtirish.
3. Qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

22. O‘yin–matematik rivojlanishning asosiy vositasi sifatida.


1. Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha.
2. Harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati
3. Sport o‘yinlarining o‘ziga xosligi
Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha.
O‘yin-tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O‘yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan bolalar o‘yinlari, stol o‘yini, doira bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari. O‘yin o‘z-o‘zini bilish vositasi, o‘yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo‘lishi mumkin.O‘yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlari va kishilarning har xil ehtiyojlari bilanrivojlanadi: o‘yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida kata o‘rin egallaydi. O‘yin – juda ham quvnoq jo‘shqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O‘yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa o‘smirlar va bolalar o‘rtasida eng keng tarqalgani bu haraqatli o‘yinlardir. Ular esa ushbu o‘quv qo‘llanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Bu o‘yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g‘oyasi) asoslab beradi. U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengib o‘tishiga yo‘naltiriladi. Harakatli o‘yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar)harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini ixtiyoriy ravishda o‘rnatilgan maqsadga shartli ravishda erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi harakat talab qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog‘liqdir (nishonga tezda yugurib borish,
nishonga tez otish, raqibia tez va epchillik bilan etib olish yoki undan o‘zib ketish va hokazo). Harakatli o‘yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o‘yinlaridan farqli o‘laroq, harakatli o‘yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o‘zgartirish qiritish mumkin. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida o‘yindagi qiyinchiliqlarni va to‘siqlarning xarakterini aniqlaydi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o‘yin qoidasi o‘yin qatnashchilari va rahbarlarning (o‘qituvchilar) o‘zlari o‘tkazilayotgan o‘yinning sharoitiga qarab uni o‘zgartirib boradilar. Chunki unda o‘ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta-kichikligi belgilanmagan bo‘ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o‘zgartirib turiladi (bulava yoqi kegli, voleybol yoki oddiy to‘p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo). Sport o‘yinlari - bu harakatli o‘yinlarning eng yuqori bosqichidir. Bunda o‘yin qoidasi qat’iy belgilangan bo‘lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o‘yinining o‘ziga xosligi o‘yin jarayonida ma’lum taktikada o‘zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o‘yini belgilangan o‘yinchilarning soniga, maydon o‘lchamlari va asbob - anjomlariga ega bo‘ladi. Ayrim sport o‘yinlarida ba’zi o‘yinchilarda mutaxassisligi bo‘lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o‘yinlarining u yoki bu o‘yinida qat’iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qiladi. Ayrim sport o‘yinlarida o‘yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o‘quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o‘smir qizlar) o‘zgartirilishi mumkin. Sport o‘yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo‘yicha har xil darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi. Natijada sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o‘yinchilarga sport razryadlari va unvonlar beriladi. Ayrim harakatli o‘yinlar (masalan, «Lapta», «Voleybol» va hoqazo) mashg‘ulotning maqsadi, ko‘rsatmasi va uni tashqil qilish usullariga bog‘liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o‘zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o‘yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o‘yinlari sifatida o‘tkaziladi. masalan, o‘yin qatnashchilari tasodifan yig‘ilib qolganda (dam olish o‘yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o‘yin xarakteriga ega bo‘ladi.Harakatli o‘yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o‘yinlariga va boshqa sport turlariga hamda «alpomish» va «barchinoy» test me’yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Topshiriqlar:
1. Mavzu yuzasidan 10 ta savolli test tuzish.
2. Mavzuga oid o‘yin tashkillashtirish.
3. Qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

23. Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodiy qobilyatini o‘stirishda matematika mashg‘ulotining imkoniyatlari.



24. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarini shakllantirishning zamonoviy texnologiyalari
1. Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari.
2. Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar
Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o‘qitishning har xil usullari — amaliy, ko‘rsatmali, og‘zaki, o‘yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar— mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshkalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagilarni ta’minlaydi:
-elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
-tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o‘lchami, shakli bo‘yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o‘lchami yoki soni bo‘yicha orttirish yoki kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obyektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog‘lanishlarini aniqlash malakasi;
-bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash, o‘lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur v аziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish. Masalan, o‘yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish konuniyatini, umumiy xossalarni topishni o‘rgatish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-aqliy faoliyat uchun asos bo‘ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;
-didaktik materiallardan keng foydalanish;
-didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo‘lishi;
-eng elementar usulda sanash, o‘lchash va hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish;
-turmushda, o‘yinda, mehnatda, ya’ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan tasavvur va o‘zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.
Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar ko‘rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma material bilan mustaqil ish ko‘rinishida topshiriq shaklida berilishi mumkin.
Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining stoli oldida bajaradigan yakka tarzda bo‘lishi mumkin. Hamma bolalar bajaradigan mashqlardan bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlashdan tashqari, nazorat qilish uchun ham foydalanish mumkin. Yakka-yakka tarzda bajariladigan mashqlar ham o‘sha vazifalarni bajaradi-yu, ammo ular bolalar faoliyatida yo‘nalish oladigan obraz (namuna) sifatida ham xizmat qiladi. Ular orasidagi bog‘lanishlar vazifalarining umumiyligi bilangina emas, balki doimo almashinib kelishi, qonuniy ravishda bir-birlarining o‘rnini bosishi bilan ham aniqlanadi.
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o‘yin elementlari kichik guruhda — syurpriz moment ko‘rinishida, o‘xshash harakatlar, ertak qahramoni va h. k. dan iborat bo‘ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xarakterini oladi.
М ashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. O‘quv-bilish mazmuniga oid o‘yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko‘pchilik hollarda, ularni bajarish uchun tasavvur bo‘yicha harakat qilish, topqirlikni namoyish qilish, aqllilikni ko‘rsatish talab qilinadi. Chunonchi, tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif qiladi; katta guruhdan bolalardan esa, doskaga osib qo‘yilgan kartochkadagi doirachalar nechtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi shuncha buyum topishni, kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi buyumlar miqdori teng ekanini isbotlashni taklif qiladi. Agar birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo‘g‘indan iborat bo‘lsa, ikkinchi holda 3 ta bo‘g‘indan iborat bo‘ladi.
Kompleks, mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil bo‘limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish imkonini beradi. Masalan,
“Geometrik shakllar”, “Kattalik”, “Miqdor va sanoq” bo‘limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar mashg‘ulotlarning foydali ish koeffitsiyentini oshiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bunday xildagi mashqlar (ya’ni bir xil maqsadni ko‘zlovchi va bir ma’noda amalga oshiriluvchi mashqlardan) keng foydalaniladi, bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o‘lchashni, eng sodda hisoblashni egallash amalga oshiriladi; bir qator elementar matematik tasavvurlar shakllanadi.
Mashqlarni tanlashda ularning tarkiban bir mashg‘ulotda birga hal qilinishinigina emas, balki istiqboldagisi ham hisobga olinadi. Bir mashg‘ulotdagi mashqlar sistemasi yil davomida o‘tkaziladigan har xil mashqlarning umumiy sistemasiga tarkiban qo‘shilib ketishi kerak.
Hozirgi vaqtda mavjud mashqlar sistemasi hamma yosh guruhlarda ushbu qoida asosida tuziladi har bir oldin keluvchi va undan keyin keluvchi mashq umumiy elementlar—materiali, harakat usullari, natijalarga ega. Uzaro bog‘liq va o‘zaro o‘xshash harakat usullari (masalan, ustiga qo‘yish-yoniga qo‘yish), munosabatlar (masalan, katta-kichik, ortiq-kam, baland-past, keng-tor), arifmetik amallar(qo‘shish-ayirish)ni o‘zlashtirishga oid mashqlarni berish vaqt jihatidan yaqinlashtiriladi yoki bir vaqtda beriladi.
Mashqlarda o‘zaro bog‘lanishlarning mumkin bo‘lgan hamma variantlarini nazarda tutish kerak, masalan, har xil obyektlarni bir xil o‘lchovda o‘lchashni, bir xil obyektlarni har xil o‘lchovda o‘lchash, har xil obyektlarni har xil o‘lchovlarda o‘lchash va h. k. ni tashkil qilish mumkin. Bola mashqlarni bajarishda bir xil matematik aloqalar, bog‘lanishlar va munosabatlarning har xil ko‘rinishlari bilan to‘qnashib, ularni oson va tez tushunib, umumlashtira oladi. Bolalarning mashqlarni bajarish jarayonidagi faollik, mustaqillik, ijodkorlik ko‘rsatishlariga qarab, reproduktiv (taqlidiy) va produktiv mashqlarni ajratish mumkin.
Reproduktiv mashqlar harakat usulini oddiy takrorlash (tiklash)ga asoslangan. Bunda bolalarning harakatlari kattalar tomonidan namuna, tushuntirish, talab, nima qilish va qanday qilishni belgilovchi qoidalar shaklida to‘la chegaralanishi mumkin. Ularga qatiy ergashish ijobiy natija beradi, topshirikli to‘g‘ri bajarishni ta’minlaydi, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini oladi. Mashqlarning borishi va natijasi tarbiyachining bevosita kuzatuvida bo‘ladi, u ko‘rsatmalar, tushuntirishlar bilan bolalar harakatini to‘g‘rilab turadi.
Produktiv mashqlar shunisi bilan xarakterliki, ularda harakat usullarini bolalarning o‘zlari to‘la yoki qisman ochishlari kerak bo‘ladi. Bu bolalarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ijodiy yaqinlikni talab qiladi, maqsadga yo‘nalganlik va maqsadga intilishni shakllantiradi. Odatda tarbiyachi nima qilish kerakligini aytadi, ammo harakat usulini aytmaydi ham ko‘rsatmaydi ham. Mashqlarni bajarishda bola fikrlash va amaliy sinashlardan foydalanadi, fikrlarni aytadi va ularni tekshiradi, mavjud bilimlarini ishga soladi, ulardan yangi vaziyatlarda foydalanishini o‘rganadi, aqlliligi, topqirligini ko‘rsatadi. Bu xil mashqlarni bajarishda pedagog bevosita emas, balki bilvosita yordam beradi, bolalarga o‘ylash va yana bir marta harakat qilishii taklif qiladi, to‘g‘ri harakatlarni ma’qullaydi, bola ilgari bajargan shunga o‘xshash mashqlarni eslatadi va h. k.
Produktiv va reproduktiv mashqlar nisbati bolalarning yoshlari, amaliy va bilimiga doir masalalarni yechish tajribalari qandayligi, matematik tasavvurlarning xarakteri va ularning bolalarda qay darajada rivojlanganligi bilan aniqlanadi.
Bolalarning yoshi kattalashishi bilan mashqlarni bajarishdagi mustaqilliklari ortadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qiluvchi va yo‘naltiruvchi og‘zaki ko‘rsatmalar, tushuntirishlar, oydinlashtirishlar roli orta boradi. Bolalar topshiriqni, mashqni bajarganlaridan keyin o‘z harakatlarini va o‘rtoqlarining harakatlarini, o‘zini-o‘zi va o‘zaro tekshirishni o‘rganadilar. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o‘sha o‘qitishning mustaqil usuli sifatida namoyon bo‘ladn. Ammo uni amaliy usullar guruhiga kiritish ham mumkin. Bunda har xil o‘yinlarning, har xil amaliy harakatlarning, masalan, qismlardan butun tuzish, shakllar qatorlari, sanoq, ustiga va yoniga qo‘yish, guruhlash, umumlashtirish, taqqoslash kabi harakatlarni o‘zlashtirishdagi alohida ahamiyati hisobga olinadi.
Didaktik o‘yindardan eng ko‘p foydalaniladi. Bola bilish mazmunini o‘yin shakliga kirgan o‘rgatuvchi masalani (o‘yin mazmunida), o‘yin harakatlari va qoidalari oldindan nazarda tutilmagan holda o‘zlashtiradi. Didaktik o‘yinlarning hamma turi (buyumli, stolda o‘ynaladigan bosma va og‘zaki turlari) elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning samarali vosita va usullaridir. Buyumli va og‘zaki o‘yinlar matematika mashg‘ulotlarida va ulardan tashqarida o‘tkaziladi, stolda o‘ynaladigan— bosma o‘yinlar odatda mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarda o‘tkaziladi.
Harakatli usullar va ularga mos tasavvurlar shaklidagi bilimlarni bolalar mashg‘ulotdan tashkari vaqtda oladi, o‘yinlar (syujetli — didaktik, didaktik va boshqa xil o‘yinlar) da esa shu bilimlarni aniqlashtirish, mustahkamlash, sistemalashtirish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Elementar matematik tasavvurlarni o‘rgatish va shakllantirish metodi mashg‘ulotlarda har xil turdaga o‘yinlardan, uning alohida elementlaridan (syujetli-rolli, harakatli va b.), usullaridan (syurpriz moment, musobaqa,izlash ), o‘yin va didaktik boshlannshlarni kattalarning rahbarlik va o‘rgatuvchi roli hamda bolalarning bilimini faollashtirishni tarkiban birga qo‘shib olib borishdan foydalanishni nazarda tutadi.
Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va o‘yin metodlari bilan birga qo‘llanadi. Bu ularning mohiyatini hech bir kamaytirmaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ko‘rsatmali, og‘zaki va amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda qo‘llaniladigai usullardan keng foydalaniladi:
Harakat usulini tushuntirishlar bilan ifodalash (namoyish qilish) tarbiyachi namunasini ko‘rsatadi. Bu o‘qitishning asosiy usuli bo‘lib, u ko‘rsatmali—harakatli - amaliy xarakterga ega, har xil didaktik vositalarni jalb qilish bilan bajariladi, bolalarning kunikma va malakalarini shakllantirish imkonini beradi. Unga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-harakatni ko‘rsatish usullarining aniqligi, qismlarga bo‘linganligi; -harakatlarning og‘zaki tushuntirishlar bilan ifodalanishi;
-ko‘rsatishda kuzatuvchi nutqning aniqligi, kisqaligi va ifodali bo‘lishi; -bolalarning idrok, tafakkur qilishlari va nutqlarini faollashtirish.
M ustaqil mashqlarni bajarish uchun yo‘l-yo‘riq.
Bu usul tarbiyachinint harakat usullarini ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘ladi va undan kelib chiqadi. Yo‘l-yo‘riqlarda zarur natijani olish uchun nima qilish kerakligi va qanday qilish kerak ekani aks ettiriladi.
Katta guruhlarda yo‘l-yo‘riqlar topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin to‘liq berib bo‘linadi, kichik guruhlarda esa har bir yangi harakatdan oldin beriladi.
3.Tushuntirishlar, anglatmoqlar, ko‘rsatmalar. Bu og‘zaki usullardan tarbiyachi harakat usulini ko‘rsatish yoki bolalarning topshiriqni bajarishlarida, xatolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf qilish kabi maqsadlarda foydalanadi. Ular qisqa, aniq va obrazli bo‘lishi kerak.
Hamma yoshdagi guruhlarda yangi harakatlar (yoniga qo‘yish, o‘lchash) bilan tanishtirishda ko‘rsatish o‘rinli, ammo bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlidni yo‘qqa chiqaruvchi aqliy faoliyatni aktivlashtirish kerak. Yangi harakatni o‘zlashtirishda, sanash, o‘lchash malakalarini shakllantirishda takroriy ko‘rsatishdan qochish kerak. Harakatni o‘zlashtirish va uni takomillashtirish og‘zaki usullar — tushuntirishlar, ko‘rsatmalar, savollar asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda harakat usulining nutqiy ifodasi o‘zlashtiriladi.
4. Hamma yoshdagi guruhlarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning asosiy usullaridan biri bolalarga savollar berish usulidir. Pedagogikada savollarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul qidingan:
Reproduktiv - mnemik (faraz qilishga oid) savollar (Qancha? Bu nima? Bu shakl nima deb ataladi? Kvadrat uchburchakdan nimasi bilan farq qiladi?);
-reproduktiv - bilishga doir savollar. (Agar men yana bitta kubcha qo‘ysam, tokchadagi kubchalar qancha bo‘ladi? Qaysi son katta (kichik): to‘qqizmi yoki yetti?)
-produktiv — bilish savollari. (Doirachalar 9 tadan bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Tasmani qanday qilib teng qismlarga bo‘lish mumkin?)
Qatordagi qaysi bayroqcha qizil ekanini bilish uchun nima qilish kerak?
S avollar bolalarning idrok, xotira, nutqlarini aktivlashtiradi, materialning tushunilishini va o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda bir qancha savollardan foydalaniladi. Bular buyumning konkret belgilari, xossalarini, amaliy ish natijalarini tavsiflashga yo‘naltirilgan, ya’ni uning xususiyatlarini qayd qiluvchi eng sodda savollardan boshlab, bog‘lanishlar, munosabatlar, aloqalar o‘rnatishni, ularni asoslash va tushuntirib berishni, eng oddiy isboglashlarni talab qiluvchi murakkab savollar juda muhimdir. Bunday savollarko‘pincha tarbiyachi namuna ko‘rsatganidan keyin, bolalar mashqlarni bajarib bo‘lganlaridan keyin beriladi. Masalan, bolalar qog‘oz to‘g‘ri to‘rtburchakni teng ikki qismga bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi so‘raydi: “Sen nima qilding? Bu qismlar nima deb ataladi? Nega bu ikki qismning har birini yarimta deb atash mumkmn? Qismlarning shakli qanday?
Kvadratlar hosil bo‘lganini qanday isbotlash mumkin? To‘g‘ri to‘rtburchakni to‘rtta teng qismga bo‘lish uchun nima qilish kerak?”
Xarakteri bo‘yicha turli savollar har xil tipdagi bilish faoliyatini, ya’ni o‘rganilgan materialni qayta tiklovchi reproduktiv faoliyatdan boshlab, muammola masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan produktiv faoliyatlarga da’vat qiladi, undaydi.
Metodik usul sifatida savollarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
-aniqlik, konkretlik, go‘zallik (lakonizm);
-ifodalarning turli-tumanligi, ya’ni bir narsaning o‘zini har xil so‘rash:
-mantiqiy izchillik;
-bolalarning yoshlari va o‘rganiladngan materialga bog‘liq holda reproduktiv va produktiv savollar orasidagi optimal munosabat;
-savollar bolaning fikrini uyg‘otishy, uning tafakkurini rivojlantirish, o‘ylashga majbur qilishi, kerakli narsani ajratishi, tahlil o‘tkazishi, taqqoslashi, qarshi qo‘yishi. umumlashtirishni talab qilishikerak;
-savollar miqdori ko‘p bo‘lmasligi, ammo qo‘yilgan didaktik maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak;
-yo‘l-yo‘riq beruvchi va alternativ savollardan foydalanmaslik kerak.
Tarbiyachi odatda savolni butun guruhga beradi, unga javobni chaqirilgan bolagina beradi. Ayrim hollarda, ayniqsa, kichik guruhlarda jo‘r (xor) bo‘lib yalpi javob berishlari ham mumkin. Bolalarga javobni o‘ylashlari uchun imkoniyat berish kerak.
Katta yoshdagi bolalarga savollarni mustaqil ifodalashni o‘rgatish kerak. Konkret vaziyatda, didaktik materialdan foydalanib, tarbiyachi bolalarga buyumlarning miqdori, ularning tartib o‘rinlari, o‘lchami, shakli, o‘lchash usullari haqida bir-birlaridan so‘rashni taklif qiladi. Tarbiyachi bevosita taqqoslash natijalari bo‘yicha savollar (“Karim kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqosladi. Undan nima haqida so‘rashmumkin?”), doska oldida bajarilgan amaliy ishdan keyin savollar (Hiloladan so‘rang-chi, u buyumlarni ikki qatorga yoyib nimann bilib oldi? Qarang, men nima qildim. Mendan nima haqida so‘raysiz?), bir qator-da yonma-yon o‘tirgan bola bajargan harakatlar asosida (“Sherzoddan nima haqida so‘rash mumkin?”) berishga o‘rgatadi. Agar savollar aniq shaxsga -tarbiyachiga, o‘rtog‘iga, yo‘nalgan bo‘lsa, bolalar savollar berish malakasini samarali, muvaffaqiyatli egallaydilar.
Bolalarning javoblari savollarning xarakteriga ko‘ra:
-qisqa yoki to‘liq,
-mustaqil, tushuniladigan,
-aniq, ravshan, yetarlicha jarangdor,
-grammatik jihatdan to‘g‘ri (so‘zlar tartibiga qoidasiga, ularning moslashuvlariga, maxsus atamalardan foydalanishiga amal qilingan) bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan ishlashda kattalarga ko‘pincha javobni qayta ifodalash usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi, uning to‘g‘ri namunasini beradi va takrorlashni taklif qiladi. Masalan: «Tokchada to‘rtta qo‘ziqorin», «Tokchadagi qo‘ziqorinlar to‘rtta», — deb aniqlashtiradi tarbiyachi.
5. Tekshirish va baholash. Bu usullar o‘zaro uzviy bog‘langan. Tekshirish bolalarning topshiriqni bajarish jarayonini kuzatish ular ishlarining natijalari, javoblari orqali amalga oshiriladi. Mazkur usullar ko‘rsatmalar, tushuntirishlar, uqdirishlar, kattalar tomonidan harakatlarning namuna sifatida ko‘rsatilishi bevosita yordam berish bilan qo‘shib olib boriladi, bunga xatolarni tuzatish ham qo‘shiladi.
Tarbiyachi bolalar bilan bajariladigan yakka va jamoa ishlari jarayonida xatolarni tuzatishni amalga oshiradi. Amaliy ta’sir ko‘rsatadigan va nutq xatolari tuzatilishi kerak. Tarbiyachi xato sabablarini tushuntiradi, namuna beradi yokn misol sifatida boshqa bolalarning harakatlari, javoblaridan foydalanadi. Tarbiyachi sekin-asta tekshirishni o‘zini-o‘zi tekshirish va o‘zaro tekshirishlar bilan qo‘shib olib boradi. Bolalar sanashda, o‘lchashda, oddiy hisoblashlarda yo‘l qo‘yishlari mumkin bo‘lgan tipik xatolarni bilgani holda uning oldini olishga harakat qiladi.
Bolalarning harakat usul va natijalari, xulqlari baholanishi kerak. Kattalarning namuna bo‘yicha yo‘nalish olishga o‘rgatuvchi baholari, o‘rtoqlarining baholari va o‘zini-o‘zi baholash bilan qo‘shib olib boriladi. Bu usuldan mashqlarning, o‘yinlarning, mashg‘ulotlarning borishida va oxirida foydalaniladi.
Bolalarning yoshlariga qarab bilimlari va harakat usullarini o‘zlashtirganliklarini tekshirish va baholash o‘ziga xos xususiyatiga ega. Natijalar ham tekshiriladi, bahoning differensiallashganligi va mazmunliligi ortadi. O‘rgatuvchi usullardan tashqari bu hamma usullar tarbiyalovchi funksiyalarni ham bajaradilar: o‘rtoqlariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish, ularga yordam berish istagi va malakasini tarbiyalashga yordam beradi.
М aktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishni borishida taqqoslash, tahlil, sintez, umumlashtirishlar faqat bilish jarayonlari (operatsiyalari) sifatidagina emas, balki o‘qitish jarayonida bolaning fikrlashini yo‘nalish yo‘lini aniqlovchi metodik usul sifatida ham namoyon bo‘ladi. Obyektlar orasidagi o‘xshashlik va farqlarning miqdori, shakli, kattaligi, fazoviy joylashuvi, vaqt oralig‘i-davomiyligi va h. k. bo‘yicha taqqoslanadi. Ular dastlab minimal miqdordagi buyumlarni taqqoslashga o‘rgatiladi. Shundan kepin buyumlar miq-dori tobora ko‘paytirilib, taqqoslanadigan darajasi shunga mos ravishda kamaytiriladi.
Analiz va sintez metodik usullar sifatida birgalikda keladi. Bu usullardan foydalanishga bolalarda “ko‘p” va “bita” haqidagi tasavvurlarni shakllaitirishni misol qilib olish mumkin. Bu tushunchalar kuzatish va buyumlar bilan amaliy harakatlar bajarishda paydo bo‘ladi.
Т аrbiyachi guruhga bolalar qancha bo‘lsa, shuncha bir xil o‘yinchoq olib kiradi. Har bir kichkintoyga bittadan o‘yinchoq ulashib beradi, keyin o‘yinchoqlarni birgalikda yig‘ib oladi. Guruh bolalari ko‘z o‘ngida buyumlar guruhi alohida buyumlarga maydalanadi, ulardan esa yana butun hosil qilinadi.
Analiz va sintez asosida bolalar umumlashtirishga o‘rgatiladi. Bunda barcha kuzatish va harakatlarning natijalari jamlanadi. Bu usullar orqali mikdoriy, fazoviy va vaqtga oid munosabatlarning anglanishini; asosiyni, muhimni ajratishga yo‘naltiriladi.
Umumlashtirish mashg‘ulotning har bir qismi oxirida va butun mashg‘ulot oxirida amalga oshiriladi. Dastlab tarbiyachi, keyin esa bolalarning o‘zlari umumlashtirishadi.
Takqoslash, sintez, analiz, umumlashtirish ko‘rsatmatlilik asosida har xil didaktik vositalarga jalb qilingan holda amalga oshiriladi. Kuzatishlar, buyumlar bilan amaliy harakatlar bajarish, ular natijalarini nutqda aks ettirish, bolalarga beriladigan savollar metodik usullarning tashqi ifodasidir. Bu metodik usullar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi va ko‘pincha kompleks (birgalikda) ravishda foydalaniladi.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida ba’zi maxsus harakat usullari namoyon bo‘ladi. Bular ustiga va yoniga qo‘yish, buyum shaklini tekshirish, buyum qo‘lda tortish, bittalab qo‘shib sanash va bittalab ajratib sanash kabilardan iborat.
Bu usullarni bolalar ko‘rsatish, tushuntirish, mashqlarni bajarish jarayonida egallab oladilar va keyinchalik ulardan tekshirishda, isbotlashda, tushuntirish va savollarga javoblarda, o‘yinlar va faoliyatning boshqa turlarida foydalanadilar.

25. Mental matematika maktabgacha yoshdagi bolalarga og‘zaki sanashga o‘rgatishning noananaviy usuli.


26. Mental arifmetika vositasida 6-7 yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish.
27. Ilg‘or xorijiy tajribalar.
28. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib narsalarni hosil qila olishga o‘rgatish.
29. Tayoqchalarning o‘rnini almashtirish asosida berilgan shakllar (uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va b) ni o‘zgartirishga oid topshiriqlarni bajarishga o‘rgatish usullari
30. Narsalar (shakllar mevalar sabzavotlar va boshqalar)ni 2, 4 va 8 tagacha teng qismlarga bo‘lishni butunning qismdan kattaligi qism butunning qismi ekanligini o‘rgatish usullari
Download 182,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish