16-dars Мавзу: Bosh menyu Darsning maqsadi



Download 391,37 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi391,37 Kb.
#20163


Qushko`pir tumaniga qarashli 37 sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining informatika fani o`qituvchisi Bekchanova Sadoqatning 8- sinf informatika fanidan 1-soatlik dars ishlanmasi
Informatika 8-sinf

16-dars

Мавзу:. Bosh menyu

Darsning maqsadi:

Ta`limiy; O‘quvchilarga Windows operatsion sistemasining Bosh menyu va uning vazifalari, imkoniyatlari haqida ma’lumot berish.



Tarbiyaviy;O‘quvchilarni izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantruvchi;O‘quvchilarga Windows operatsion sistemasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.



Darsga kerakli bo’lgan jihozlar:

Informatika darsligi va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub:

klaster, hamma-hammaga o‘rgatadi.


Dars o’tish rejasi:

1.

O`qituvchining kirish so`zi.

3( daqiqa)

2.

Uyga berilgan Windows operatsion sistemasi mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.

8 (daqiqa)

3.

O‘quvchilar bilimini tekshirish. (xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash –

3 (daqiqa)

4.

Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining ma’ruzasi. Mavzuni kompyuter orqali amaliy ishlash bilan tushuntiriladi

20(daqiqa)



5.

Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

7 (daqiqa)

6.

O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (Baholash uchun rag’bat kartochkalari o‘qituvchi tomonidan rag‘bat doirachalari oldindan tayyorlab qo‘yiladi va ularni dars boshida tushuntirilib o’tadi. Bunda qizil ranglisi-5 ball, yashil-4 ball, binafsha-3 ball, ko’k-2 ball, sariq-1 ball bilan belgilanadi)

2 (daqiqa)

7.

Uyga vazifa berish

2 (daqiqa)

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifani so’rash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, sinfga jonli muhit yaratish;

2. Uyga berilgan “Windows operatsion sistemasi” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.

O‘qituvchi tomonidan Bosh menyu mavzuga doir “hamma-hammaga o‘rgatadi” metodidan foydalanib o’tilgan bilimlarni qanday egallaganliklari va bu mavzudan nimalarni bilib olganliklari aniqlanadi. (mazkur mashg’ulotni o’tkazishdan avval o’quvchilarni guruhlarga ajratiladi va ularga beriladiganmaterialni qanday internet tizimidabajarishlari haqida tanishtiriladi. So‘ng tarqatma materiallar guruhlarga beriladi. Guruh a’zolari birgalikda fikrlashib tarqatma materialda berilgan topshiriqni yozma ifodalaydilar. Mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi)

1-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

WINDOWS OS ni MS DOS OS dan asosiy afzalliklari




2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Windows operatsion sistemasining eng muhim ajralib turgan xususiyati





3-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Windows yopiq ishchi muhitliligini amaliy ko‘rsating va yozing




Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchi taqdimot qiladi.
O’qituvchi guruhlar javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, rag‘bat

doirachalarini tarqatib, o’tilgan mavzuni yakunlaydi.


3. Xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Aqliy hujum” savollari orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar (yakka holda) o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab

qo‘yilgan savollarga javob beradilar.

1-savol WINDOWS operatsion sistemasining ko’p masalaligi afzalliklari nimada ?

Javob: bir vaqtni o’zida bir necha dastur va oynalar bilan ishlash mumkin
2-savol Yagona dastur interfeysida qanday ishlar amalga oshiriladi?

Javob: WINDOWSda bir dasturda tayyorlangan ma’lumotlarni boshqa dasturlarga olib o’tish mumkin

3- savol Yagona foydalanuvchi intefeysi qanday ishlarni amalga oshiradi?

Javob: WINDOWS operatsion sistemasidagi bir dasturda ishlashni o’zlashtirib olgandan keyin, boshqasini o’rganish oson.

O’qituvchi guruhlar va yakka tartibda javob bergan o’quvchilarni javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, ularni baholaydi.

4. Yangi mavzu bayoni

O‘qituvchini kirish so ‘zi bilan boshlanadi.


Menyu – biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to’rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:

  1. operatsion sistemaning bosh menyusi;

  2. barcha obyektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida ochiladi);

  3. dastur menyulari;

  4. dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi.

Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi.

Menyular tizimida shartli belgilashlar ishlatilib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:



  1. agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;

  2. agar menyu bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;

  3. agar menyu bandi och kulrang ko’rinishda bo’lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;

  4. agar menyu bandi davomida klavish yoki klavishlar majmuasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan klavishlarni bosib bajarish mumkin, bu tugmalar akselerator klavishlar (shortcut keys) deyiladi;

  5. menyu bandidagi tagiga chizilgan harf faol klavish (hot key) deb nomlanadi va menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni terib tegishli buyruqni bajarish mumkin.

Odatda, masalalar panelining chap burchagida Bosh menyu joylashgan. Bosh menyu tanlanganda, ekranda Windowsda ish boshlash uchun kerak bo’ladigan bo’limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatini ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.

Windows XP operatsion sistemasida Bosh menyuning “Klassik bosh menyu” (chapdagi) va “Bosh menyu” (o’ngdagi) ko’rinishlaridan birini tanlash imkoniyati bo

Bu ko’rinishlardan birini Boshlash tugmasi kontekst-menyusining “Свойство” bandi yordamida tanlash mumkin. Odatda, “Bosh menyu” ko’rinishida Windowsning ish stolida faqat Savatcha aks etib turadi.

Bosh menyu quyidagilardan iborat:




Ingliz variantida

Rus variantida

O’zbek variantida

Programs

Программы

Dasturlar

Documents

Документы

Hujjatlar

Settings

Настройка

Sozlash

Find

Поиск

Izlash

Help

Справка

Ma’lumot

Run

Выполнить

Bajarish

Shut down

Выключить

O’chirish

Menyuning Dasturlar bo’limi yordamida installyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Bosh menyu yordamida biror dasturni ishga tushirish bilan esa Kalkulyator yoki Paint dasturida ishlaganda tanishgansiz. Dasturlar bo’limi, asosan, quyidagi qism menyulardan iborat bo’ladi:




Ingliz variantida

Rus variantida

O’zbek variantida

Accessories

Стандартные

Standartlar

Start UP

Автозагрузка

Avtoyuklash

Games

Игры

O’yinlar

Internet Explorer

Internet Explorer

Internet Explorer

Dasturlar bo’limiga yangi dasturlarni ham qo’shish mumkin. Masalan, Mcrosoft Offise dasturlar paketini.



Hujjatlar bo’limi ishlangan oxirgi 15 ta hujjat, rasm yoki multimediya fayli ro’yxatini ko’rsatuvchi menyuni yuklab beradi. Bosh menyuning Klassik ko’rinishida bu bo’lim “Mening hujjatlarim” va “Mening rasmlarim” papkalarini ham aks ettiradi.

Sozlash bo’limi sistemadagi barcha elementlarni, qurilmalarni, dasturlarni, foydalanuvchilar ro’yxati va imkoniyatlarini qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menyusida Boshqarish paneli (), Printerlar, Masalalar paneli bandlari bor. Boshqarish panelining quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularni sozlash imkoniyatini beradi:

Masalan, Foydalanuvchilarni hisobga olish (Учетные записи пользователей) bo’limi orqali operatsion sistemaning ko’pfoydalanuvchilik imkoniyatini ko’rish mumkin. Bunda shu sistemada bir nechta foydalanuvchi ochilishi, ularning kompyuterni boshqarishdagi imkoniyatini sozlash, parollarni kiritish va o’zgartirish, foydalanuvchini hisobdan chiqarish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.

Qidirish bandi papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma’lumotlarini qidirish imkonini beradi.

Ma’lumot - ma’lumotlar tizimini chaqirishni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma’lumot tizimi mazmunidan yoki mavzular ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo’yicha to’liq axborot beradi.

Bajarish buyrug’i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi. Bu buyruqning muloqot oynasida tugmachasi bo’lib, uning yordamida dasturlar tanlanadi va buyruqlar qatorida dasturning to’liq nomi hosil qilinadi. Buyruqni ishga tushurish uchun OK tugmachasi, bekor qilish uchun esa tugmachasi bosiladi.

O’chirish bandi orqali Windowsda ish tugallanadi vakompyuter o’chiriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quvchilar sozlash bo‘limi yordamida komyuter yoki dasturlarga aloqador o‘zgartirishlar kiritishi kompyuter yoki dasturlar ishiga ta’sir etishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun Windowsning xavfsizlik bilan bog’liq imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlar bilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.



Savol va topshiriqlar

  1. Windows OS da foydalanuvchi necha turdagi menyu bilan ishlashi mumkin?

  2. Menyu nima va ularning qanday turlari mavjud?

  3. Menyuda qanday shartli belgilar qo’llaniladi va ularning vvazifalari qanday?

  4. Qism menyu nima va u haqida nimalar bilasiz?

  5. Bosh menyuning Hujjatlar bo’limi haqida ma’lumot bering.

  6. Windowsning ishini tugatishni amalda ko’rsating.


Testlar:

1. Operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur qaysi?

A) Boot Record B) BIO. com D) DOS.com E) Command.com

2. “Interfeys” so`zining ma`nosi nima?

A) O`z aro bo`g’lanish B) Xalqaro xamkorlik D) Tashqi qurilma

E) Dunyo ma`lumotlari ombori

3. Keltirilgan qaysi nom qattiq diskka mos?

A) A: B) B: D) C: E) A: yoki B:

4. Kompyuterning arifmetik mantiqiy qurilmasi – bu

A) modem B) plotter D) monitor E) protsessor

5. Kompyuterning ishlash tezligi birinchi navbatda nimaga bog’liq?

A) monitorning o’chamiga B) elektr toki kuchlanishiga D) protsessor chasyotasiga E) vinchester hajmiga

6. Faqat operatsion sistemalar berilgan javobni aniqlang.

A) Word, Windows B) Unix, Linux D) MS DOS, MS Paint E) OS/2, HTML

7. Quyidagilardan qaysi biri Windows elementi?

A) katalog B) yorliq D) yo’lboshlovchi


Uyga vazifa:

3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish.



9, 10, 11, 12 – mavzularni takrorlash.
Informatika fani o`qituvchisi: Bekchanova Sadoqat



Download 391,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish