16-bob. Mehnat munosabatlarini boshqarish


Korxona darajasida mehnatni boshqarish



Download 25,72 Kb.
bet4/8
Sana28.05.2022
Hajmi25,72 Kb.
#613765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
16-MAVZU.MEHNAT MUNOSABATLARINI BOSHQARISH

Korxona darajasida mehnatni boshqarish miqyosi va faoliyat sohasidan qat’i nazar, har bir korxonada mehnatni boshqarish amalga oshiriladi. Bu jihatdan korxonalar o’rtasida tafovut faqat boshqarish ahamiyatliligining darajasi, uning mazmunining to’liqligi, mazkur korxona faoliyatining pirovard natijalariga erishish uchun maqsadlar qo’yilishi, boshqarish obyektlari va funktsiyalarini aniqlashdan iborat.
Korxonada mehnatni boshqarish maqsadi — xodimlardan, jonli va moddiylashgan mehnatdan nihoyat darajada oqilona va samarali foydalanish hamda mehnatga haq to’lash va mehnatni moddiy rag’batlantirishga mablag’ sarflash bilan birgalikda fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlari va vazifalariga rioya etish.
Umumiy tarzda olib qaraganda bevosita mehnat jarayoni, mehnat jarayonidagi odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ishchi kuchini tiklash korxonada mehnatni boshqarish obyektlari bo’ladi. Korxonadagi boshqarish faoliyatiga tatbiqan olib qaraganda ushbu obyektlarni aniqlashtirish va alohida obyektlar sifatida korxona xodimlarini boshqarish, xodimlar mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish, mehnat unumdorligi va mehnat sifatini boshqarish, mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag’batlantirishni boshqarish, mehnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari boshqarishni ajratish mumkin. O’z navbatida, yuqorida ko’rsatib o’tilgan obyektlarning har birini ham maydaroq obyektlarga bo’lish mumkin. Masalan, korxona xodimlarini boshqarish, xodimlarni izlash, tanlab olish, yollash, moslashtirish, rivojlantirishni, ularni kasb jihatidan o’qitib o’rgatish va qayta tayyorlashni, ish sohasida ko’tarilishlarini rejalashtirishni, faoliyatlarini baholashni o’z ichiga oladi. Xodimlar mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullarini, mehnat sharoitlarini, mehnat tartibi va dam olish tartibini oqilonalashtirishni, mehnatni me’yorlashni, moddiy rag’batlantirishni va hokazolarni nazarda tutadi.
Rejalashtirish, hisobga olish, tahlil qilish, nazorat yuritish va baholash korxonada mehnatni boshqarishning asosiy funktsiyalaridir. Bu funktsiyalar barcha yuqorida sanab o’tilgan obyektlarga taalluqlidir va vaqt ichida tsiklli tarzda takrorlanish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Mazkur funktsiyalar qarorlarni asoslashga qaratilgan. Ularning barchasi ishonchli axborotlarga asoslangan bo’lishi lozim, mehnatni boshqarishda yangi muammolar yuzaga kelgan sayin mazkur axborotlarni yangilash, kengaytirish va chuqurlashtirish zarur. Tezkor va ko’p tomonlama tahliliy axborot mavjudligi, rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirishni hisobga olish va nazorat qilishning doimiy amal qiluvchi tizimi ishlab turganligi eng oqilona echimlar izlashga intilishni yuzaga keltirishga ko’maklashadi va mehnatni boshqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Korxonada mehnatni boshqarishni tashkil etish obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq. Korxonaning miqyosi, ishlab chiqariladigan mahsulot, texnologik jarayonning murakkabligi, ishlab chiqarishning xususiyatlari va turi, boshqaruvchilarning malakasi va hokazolar obyektiv omillarga, rahbarlar tomonidan mehnat muammolariga yondashilishi subyektiv omillarga kiradi.
Respublikaning aksariyat korxonalarida yaqin vaqtlargacha mehnatni tashkil qilishni boshqarish asosan to’rt bo’limda: kadrlar bo’limi, mehnatni tashkil qilish bo’limi, mehnat va ish haqi bo’limi hamda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’limida jamlangan edi. Mazkur xizmatlar turlicha tuzilar edi. Ular bir-birlaridan tuzilmasi, yuklatilgan funktsiyalari, bo’ysunishlari va odamlar soni bilan farqlanar edi.
Yirik korxonalarda ko’rsatib o’tilgan bo’limlar ichida byurolar, laboratoriyalar ajratilar, shuningdek, mehnat fiziologiyasi, psixologiyasi va sotsiologiyasi bo’yicha alohida bo’linmalar tashkil qilinar hamda tsexlarda tashkilotchi-muhandislar va me’yorlovchi muhandislar mustaqil lavozimlari kiritilar edi. O’rtacha korxonalarda ko’pincha atigi bir mehnat va ish haqi bo’limi tashkil etilar, unga turli byurolar (tarifli me’yorlash byurosi, mehnatni tashkil qilish byurosi va boshqalar) kirar yoki ularda me’yorlovchi, tashkilotchi lavozimlari kiritilar edi. Kichik korxonalarda, odatda mehnatni boshqarish alohida xizmatlari tashkil qilinmas, ushbu masalalar bilan shug’ullanadigan shaxslar esa boshqa iqtisodiy yoki texnikaviy xizmatlarning tarkibiga kiritilar edi.
Hozirgi sharoitda yirik korxonalarning mustaqil tuzilmalarga ajralishi ro’y bermoqda, kichik xususiy korxonalar tashkil qilinmoqda. Bunday korxonalarda ishlash uchun keng ixtisosdagi mutaxassis tashkilotchilar tobora tez-tez talab qilinmoqda.
Mehnatni boshqarish bilan shug’ullanuvchi xizmatlar turlicha bo’ysunuvda bo’lishlari mumkin edi. Jumladan, kadrlar bo’limi direktorning yoki kadrlar bo’yicha direktor o’rinbosarining bo’ysunuvida, mehnat va ish haqi bo’limi direktor yoki iqtisodiy masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari yoxud bosh iqtisodchining buysunuvida edi. Ya’ni tuzilmaviy bo’linmalar mehnatni boshqarishga taalluqli bo’lgan o’zaro bog’liq masalalarni hal qilib borar ekanlar, boshqaruvning turli pillapoyalaridagi shaxslarning bo’ysunuvida bo’lar edilar. Keyingi vaqtlarda respublikada mehnatni boshqarishga yalpi yondashishni ta’minlash uchun xodimlarni boshqarishning yangi tizimlari shakllantirila boshlandi, ularda kadrlar, mehnat va ish haqi bo’limi, ijtimoiy rivojlanish bo’limi xodimlarni boshqarish bo’yicha direktorning o’rinbosariga bo’ysunadi.
Chet el korxonalarida ko’pincha inson resurslarini boshqarish yagona xizmati ishlaydi va u kompaniya prezidentining o’rinbosarlaridan biriga bo’ysunadi. Bunday xizmatning tarkibida turli bo’linmalar, masalan, ishga yollash va mehnat munosabatlari, ish haqini tashkil etish, xodimlarni o’qitib-o’rgatish bo’linmalari va hokazo bo’linmalar ajratiladi.

Download 25,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish