Patient strategiyasi - tor ixtisoslashgan firmalarga xosdir. U ma’lum iste'molchilar doirasi uchun maxsus, g'ayrioddiy mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Patient kompaniyasining bozor kuchi shundaki, ularning mahsulotlari mijozlar guruhi uchun almashtirib bo’lmaydiagn hisoblanadi. Kommutant strategiya – kichik ko’lamdagi bozor ehtiyojlarini (mahalliy) maksimal moslashuvchan qoniqishni etadigan raqobatbardosh kurash strategiyasi. Ushbu strategiyaga amal qiladigan kichik firmalar odatda samarali uskunalar, ilmiy-texnik yoki maxsus sohada maxsus bilimlarga ega emaslar. Shuning uchun ular ko'pincha "kulrang sichqonlar" deb nomlanadi, ammo bu ularning bozorda gullab-yashnashiga to'sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |