o’tgandan keyin dastlabki vaziyatiga qaytariladi. Keskichning harakatlanish
sxemasi 5.31-rasm, a da ko’rsatilgan. O’tishlar soni rezba kesiladigan materialning
fizik-mexanikaviy xossalariga, talab etiladigan tozalik va aniqlikka, shuningdek,
kesiladigan rezbaning qadamiga qarab tanlanadi. 5.31-rasm, b da keskichlar bilan
kesilgan uchburchakli rezbaning sxemalari keltirilgan. 5.31-rasm, 1 sxema asosida
metrik va dyuymli rezbalar kesish keskichning ikkita kesuvchi qirrasi bir vaqtda
ishtirok etishi tufayli qiyinlashadi. Keskichning har bir qirrasi bo’ylab borayotgan
qirindilar bir-biri bilan to’qnashib, kesish jarayonini qiyinlashtiradi va titrashga
sabab bo’ladi, bular natijasida esa kesilgan rezbaning sifati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: