16- mavzu: Fiskal va monetar siyosat Reja: Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari. Davlat byudjeti xarajatlari



Download 135,36 Kb.
bet2/11
Sana10.02.2022
Hajmi135,36 Kb.
#441515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16-Mavzu —

2. Davlat byudjeti xarajatlari.

Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi 5-jadvalda keltirilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tarkibini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, 2000-2006 yillarda Davlat byudjeti xarajatlarining YAIMga nisbatan ulushi kamayib bordi 29,5 foizdan 20,2 foizgacha tushdi. Bu holat avvalo byudjet daromadlarining YAIMga nisbatan ulushi kamayganligi, shuningdek byudjet xarajatlarini optimallashtirish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirilishi bilan izohlanadi Byudjet xarajatlari dinamikasi va tarkibida o’zgarishlar tendensiyasi 2002-2006 yillarda keskin o’zgarmaganligini hisobga olib keyyingi uch yildagi o’zgarishlaprni chuqurroq tahlil qilamiz.


Davlat byudjeti xarajatlarining YAIM ga 2005 yilda 22,5%gacha sezilarli bo’lmagan pasayishi markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari (YAIMga nisbatan 2004 yildagi 2,7%dan 2005 yilda 2,4%ga) va boshqa xarajatlarning (YAIMga nisbatan 2004 yildagi 5,6%dan 2005 yilda 5%ga) qisqarishi hisobiga ro’y berdi.
2005 yilda YAIMga nisbatan 3,0%ni, jami byudjet xarajatlariga nisbatan esa 13,3 % ni tashkil qildi. Ijtimoiy soha va ijtimoiy himoyaga ajratiladigan xarajatlarning biroz ko’payganligi kuzatildi. birgalikda) jami xarajatlar tarkibidagi ulushi 2004 yildagi 47,5%dan 2005 yilda 50,2%gacha o’sdi. Shunday qilib, Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko’pi quyidagilarga yo’naltirildi:
– byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarning miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqoriroq darajada oshirish. Bundan ko’zlangan maqsad, respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishdan iborat;
Byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganlik darajasini yanada kuchaytirish maqsadida ijtimoiy soha va ijtimoiy himoya uchun sarflangan xarajatlarning (2005 yilda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini amalga oshirishga bo’lgan xarajatlar bilan
– jamiyatni yangilash va o’tkazilayotgan islohotlarning asosiy bo’g’ini sifatida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini amalga oshirish uchun. Buning doirasida, umumta’lim maktablari o’qituvchilarining turmush tarzini yaxshilash, ijtimoiy-maishiy va moddiy shart-sharoitlar yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida umumta’lim maktablarining o’qituvchilarining, birinchi navbatda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mehnatlarini moddiy rag’batlantirishni kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
Bundan tashqari mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining tutgan o’rniga e’tibor qaratilib va iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar talablaridan kelib chiqib byudjet mablag’lari, eng avvalo quyidagi masalalarni yechishga: qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; sug’oriladigan yerlarni suv bilan yetarlicha ta’minlash; fermer xo’jaliklarini rivojlantirish; qishloq joylarda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish; bozor prinsiplariga mos ravishda qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning uyushgan boshqaruv tizimini joriy etish; qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning erkinligini oshirishga qaratilgan.
2007 yilda davlat byudjeti xarajatlari 20,7 % ni tashkil etdi. Barcha rejalashtirilgan xarajatlar ishtimoiy-iqtisodiy dasturlar uchun to’la hajmda moliyalashtirildi, davlat byudjeti xarajatlari prognozga nisbatan 109 % da bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’nalishi saqlab qolindi ( byudjet xarajatlarining 50 % i). Ijtimoiy muhofaza, ish haqi to’lovlari, nafaqalar va stependilar o’z vaqtida va to’laqonli moliyalashtirildi.
Maorifga yo’naltirilgan xarajatlar ulushi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab quvvatlashga, umumiy xarajatlarning 59,4 %ini tashkil etdi va o’tgan yilga nisbatan 1,1 % ga oshdi. Bu esa Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan kollejlar va litseylar sonining kengaytilganligi natijasi hisoblanadi. Sog’liqni saqlashga xarajatlar ijtimoiy xarajatlarning 22,4 %ini tashkil etdi (2006 y. 22,6 %).
2007 yilda “Ijtimoiy himoya yili” dasturini amalga oshirish munosabati bilan va aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish hamda ko’lamini kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tajbirlar amalga oshirilishi natijasida ehtiyojmand, nogiron va yolg’iz keksa odamlarga yordam ko’rsatish uchun byudjetdan 226,5 mlrd. so’m ajratildi.
Bu yillarda boshqaruv organsarini moliyalashtirish xarajatlarining YAIMdagi ulushi keskin o’zgarmadi va 0,5-0,6 % darajasida saqlvnib qoldi.
Iqtisodiyotga qilingan xarajatlar suv xo’jaligi ob’yektlari va aholi punktlari infratuzilmalari faoliyatini va zaruriy moddiy texnika taraqqiyotini ta’minlagan bo’lsa-da, jami xarajatlar tarkibida xarajatlar tarkibida ularning ulushi 2004-2007 yillar davomida qisqardi va 2007 yilda YAIMga nisbatan 2,3 % nitashkil etdi.
Tahlil qilinayotgan davrda markazlashgan investitsiyalarning byudjet xarajatlaridagi ulushining kamayishi tendensiyasi barqaror bo’ldi.
Agar 2002 yilda Markazlashgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 4,7 %ni ( Byudjet xarajatlaridagi ulushi 18 %ni) tashkil etgan bo’lsa 2005 yilda bu ulush 2,4 % (10,7%)ni tashkil etdi. 2007 yilda markazlashgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 1,7% ni , jami byudjet xarajatlaridagi ulushi esa 8.2 %ni tashkil etdi. Soliq stavkalarining pasaytirilishi , soliq imtiyozlarining ko’paytirilishi natijasida korxonalar moliyaviy ahvolining yaxshilanishi natijasida ularning jami investitsiya manbalaridagi ulushining ortishi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda davlat byudjeti mablag’lari sarfini kamaytirish va tejalgan mablag’larni ijtimoiy sohaga yo’naltirish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Deputatlar O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqdilar.
Deputatlar ta’kidladilarki, joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgan kuch-g’ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar tushumlarining qo’shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek ularni jalb etish hisobiga byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YAIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda.
Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e’tirof etilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilganligi ko’rsatib o’tildi. 2018 yilda YAIM 290,6 trln. so’m miqdorida bo’lishi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, iste’mol narxlari indeksi 12-13 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetini YAIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlash taklif etildi.
Shu bilan birga, 2018 yilgi soliq siyosatining xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirishni, mahalliy byudjetlar daromadini oshirishni nazarda tutuvchi asosiy yo’nalishlari belgilanganligi alohida e’tirof etildi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif etildi. Shuningdek bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega bo’lgan soliqlar va to’lovlarni birlashtirish yo’li bilan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar sonini qisqartirish taklif etilmoqda.
Prognoz ko’rsatkichlar 2018 yilda ijtimoiy sohani qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlar davom ettirilishidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln. so’mni tashkil etadi.
Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil’ parkini yangilash, respublika va hududiy muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining ma’lumotlarini yagona uzatish tarmog’iga birlashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirishga taalluqli takliflarni qo’llab-quvvatladilar. Ana shu maqsadlar uchun 141 mlrd. so’m ajratish rejalashtirilmoqda.


Download 135,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish