O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari
Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual
imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur.
Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?
Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini
yaratadi.
O’zbekiston
iqtisodiyotining
barqarorlashishi,
tovar
va
xizmatlarning
raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport
imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.
Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi
sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga
o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab
chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi.
Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda
O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi.
O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li
tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda
o’z aksini topadi.
MOBIL TIJORAT
Mobil tijorat (m-tijorat) – elektron tijoratning turi bo’lib, mobil telefonlar, shaxsiy cho’ntak
kompyuterlari va boshqa simsiz aloqaga ega mobil uskunalar orqali to’lov operasiyalarini amalga
oshirishni nazarda tutadi. Bunda simsiz aloqaga ega mobil uskunalar qatoriga smartfonlar (iPhone,
Google Android), planshetlar (iPad, Amazon Kindle), netbuklar va noutbuklar kiradi. M- tijorat
tovar va izmatlarning online sotuvi imkoniyatlarini kengaytiradi. Boshqacha aytganda, mobil
tijorat bu mobil telefondan foydalanuvchi interfeysi sifatida qo’llovchi turli tijorat xizmatlari
(aloqa xizmatidan tashqari) uchun umumiy nomdir.
Jarayon cho’ntak kompyuterlari yoki smartfonlar yordamida masofaviy aloqa (internet,
gprs va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. Mobil tijorat masofadagi foydalanuvchilar bilan o’zaro
aloqa jaryonlarini avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy-apparat yechimidir.
Mobil savdo atamasi ham uchraydi. Bu savdoni avtomatlashtirish tizimlari bilan uzviy
bog’langan va eng avvalo buyurtma yig’ishni avtomatlashtirishga qaratilgan biznes yechimdir.
Ayrim hollarda mobil savdo (mobil sotuv) tushunchasi mobil tijorat tushunchasiga nisbatan keng
qo’llaniladi.
Tarixga nazar soladigan bo’lsak birinchi mobil tijorat amaliy jihatdan 1997 yil Finlyandiya
poytaxti Xelsinki shahrida qo’llanilgan. Shahar ko’chalarida o’rnatilgan ikkita Koka-kola
kompaniyasining avtomatlari ichimliklarni sms yordamida sotish yo’lga qo’yilgan. O’shandayoq
Merita bank of Finland banki orqali mijozlarga mobil banking xizmatlari taklif etila boshlangan.
Mobil tijoratdan quyidagi yo’nalishlarda foydalaniladi:
Internet
Telefoniya
Kommunal to’lovlar
Avia va temir yo’l biletlari
Sayohat
Sug’urta
Hozirgi kunda mobil tijoratning afzalliklaridan biri bu uning firibgarlik xatarini
kamaytirish qobiliyatidir. Aynan plastik kartochkalar bilan bo’lgan firibgarlik ular bo’yicha
operasiyalar amalga oshirishning yuqori ustamalari sababchisidir. Mobil tijorat bilan ushbu
xatarlar sezilarli ravishda qisqaradi, chunki mobil tijorat mijozning mobil aloqa operatori bilan
ma’nodosh identifikatsiyasini nazarda tutadi. Shu tariqa, tranzaksiya haqi 2% dan 0,5% va undan
kam miqdorgacha kamayadi. Bundan tashqari, mobil to’lovlar tizimi qimmat turadigan o’qish
uskunalarini talab qilmaydi va shuning uchun plastik kartalardan hanuzgacha to’lov qabul
qilmagan taksi, mayda do’kon va restoranlarda ham qo’llanilishi mumkin.
Mobil telefondan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishning bir necha turlari
mavjud: mobil to’lovlarni amalga oshirishning eng sodda turi operator markazi orqali amalga
oshirish hisoblanadi. Bu holda movil telefon huddi stansionar telefon kabi ishlatiladi. Undan
avtomatlashtirilgan telefon markaziga qo’ng’iroq qilinadi, u yerda aniqlashtirish amalga oshiriladi,
qabul qiluvchi va to’lov summasi ko’rsatiladi (tonal rejimda raqamli klavishlar yordamida).
Prossessing markaziga ushbu ma’lumotlarni yetkazishning boshqa usuli SMS-xabarlardir (Short
Message Service – qisqa xabarlar xizmati). Qoida bo’yicha bu xazmatdan foydalanish uchun
avvaldan operatorlik markazi yoki prossessing kompaniyasi bilan hamda to’lovchilar va qabul
qiluvchilar bilan munosabatlar o’rnatiladi (hisobraqam ochish, identifikasiya uchun parol olish,
to’lovlarni qabul qiluvchining bank rekvizitlarini ko’rsatish va hokazo). Ayrimlar ushbu xizmatni
telefon-banking deb ham ataydilar.
WAP dan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirish. WAP internet tijoratga xos
bo’lgan to’lov vositalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Mobil o’zaro hisob-kitoblarning boshqa turlari autentifikasiya, saqlash, qayta ishlash va
axborotni uzatishda maxsus mikroprosessorli uskunani talab etadi. Odatda mobil to’lovlar uchun
mo’ljallangan telefon dastagi ikkita mikrosxemaga ega bo’ladi, ularning har biri xotira va
mikroprosessorga ega bo’ladi: birinchisi standart, mobil aloqa operatori SIM kartasida joylashadi;
ikkinchisi foydalanuvchining barcha bank axborotlarini saqlaydi. Ushbu ikkinchi mikrosxema
faqatgina maxsus PIN kod orqali aktivlashadi, bu PIN kod telefonda ham plastik karta ham POS
terminal analogini mujassamlshtiradi. Shu tariqa mobil tranzaksiyalar internet tranzaksiyalardan
farqlanadi. Moliyaviy axborotlar SMS xabarlar ko’rinishida uzatiladi. Axborotni uzatishning
ushbu usuli foydalanuvchi uchun boshqalaridan ko’ra qulayroq, soddaroq va kamxarjroq
hisoblanadi, chunki past narxga ega, xabar yetkazilganligini ma’lum qilish funksiyasi mavjud,
qimmat narxli aloqa kanallarini talab etmaydi, so’zlashuv kanali band bo’lgan taqdirda ham
abonentga kelib tushadi.
Mobil tijorat anchyin katta salohiyatga va biznes yuritishda qator qo’shimcha
imkoniyatlarga ega:
Cheklovlar yo’qligi (pochtani olish, zarur axborotni o’qish, xaridni amalga
oshirish uchun kompyuter yoki internet terminal bilan yonma yon bo’lishning hojati yo’;q,
bittagina mobil telefonning o’zi kifoya);
Lokalizatsiya (GPS – Global Positioning System kabi texnologiyalar
berilgan hududga tegishli axborotni olish imkoniyatini beradi, masalan yaqin orada
joylashgan do’kondan qiziqtirayotgan tovarni xarid qilish taklifi);
Shaxsiylashtirish (telefon shaxsiy buyum bo’lib, u orqali egasini aniqlash
mumkin. Har bir alohida mijiz bilan munosabatlarni o’rnatish bu mobil tijoratning kuchli
tomonlaridan biridir. Internet treyderlari brokerlik xizmatlarini taklif qilgan holda bu
ustunliklardan foydalanishlari mumkin. Mobil foydalanuvchilarga xizmatlar taklif
etuvchilar bunga e’tibor qaratishlari lozimdir).
Shu bilan bir qatorda sezilarli kamchiliklarni ham sanab o’tish joizdir:
Tarmoqning o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan bog’liq cheklovlar. Uchinci
avlod tarmoqlari simli internet bilan qiyoslasa bo’ladigan o’tkazish qobiliyatini va’da
qilishmoqda, biroq hozirda u eng yaxshi holda 19,2 kbit/s ni tashkil qiladi;
Ekran o’lchovlari. Hattoki movil telefon ekrani kattalashtirilganida va uning
texnik xarakteristikalari yaxshilanganida ham u baribir kichikligicha qoladi. Matn terish
ham unchalik qulay bo’lmaydi. Biroq telefondan foydalanishning shubxasiz afzalliklari
ham borki, masalan aeroprtda ro’yhatdan o’tish, xarid chog’ida to’lov terminali sifatida
foydalanishda bu uskunalar salmoqli rol o’ynaydilar. Ayni paytda ekran kichikligi va matn
terish noqulayligi kabi kamchiliklarni telefon bilan birgalikda noutbuk yoki cho’ntak
kompyuterini ishlatib bartaraf etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |