16- mavzu. Elektron biznes va Mobil-tijorat Reja: 1


O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari



Download 426,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana27.06.2022
Hajmi426,15 Kb.
#709164
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
16- mavzu. Elektron biznes va Mobil-tijorat

O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari 
Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual 
imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur. 
Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?



Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini 
yaratadi. 

O’zbekiston 
iqtisodiyotining 
barqarorlashishi, 
tovar 
va 
xizmatlarning 
raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport 
imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi. 

Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi 
sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga 
o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab 
chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. 
Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda 
O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. 
O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li 
tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda 
o’z aksini topadi.
MOBIL TIJORAT 
Mobil tijorat (m-tijorat) – elektron tijoratning turi bo’lib, mobil telefonlar, shaxsiy cho’ntak 
kompyuterlari va boshqa simsiz aloqaga ega mobil uskunalar orqali to’lov operasiyalarini amalga 
oshirishni nazarda tutadi. Bunda simsiz aloqaga ega mobil uskunalar qatoriga smartfonlar (iPhone, 
Google Android), planshetlar (iPad, Amazon Kindle), netbuklar va noutbuklar kiradi. M- tijorat 
tovar va izmatlarning online sotuvi imkoniyatlarini kengaytiradi. Boshqacha aytganda, mobil 
tijorat bu mobil telefondan foydalanuvchi interfeysi sifatida qo’llovchi turli tijorat xizmatlari 
(aloqa xizmatidan tashqari) uchun umumiy nomdir. 
Jarayon cho’ntak kompyuterlari yoki smartfonlar yordamida masofaviy aloqa (internet, 
gprs va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. Mobil tijorat masofadagi foydalanuvchilar bilan o’zaro 
aloqa jaryonlarini avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy-apparat yechimidir. 
Mobil savdo atamasi ham uchraydi. Bu savdoni avtomatlashtirish tizimlari bilan uzviy 
bog’langan va eng avvalo buyurtma yig’ishni avtomatlashtirishga qaratilgan biznes yechimdir. 
Ayrim hollarda mobil savdo (mobil sotuv) tushunchasi mobil tijorat tushunchasiga nisbatan keng 
qo’llaniladi. 
Tarixga nazar soladigan bo’lsak birinchi mobil tijorat amaliy jihatdan 1997 yil Finlyandiya 
poytaxti Xelsinki shahrida qo’llanilgan. Shahar ko’chalarida o’rnatilgan ikkita Koka-kola 
kompaniyasining avtomatlari ichimliklarni sms yordamida sotish yo’lga qo’yilgan. O’shandayoq 
Merita bank of Finland banki orqali mijozlarga mobil banking xizmatlari taklif etila boshlangan. 
Mobil tijoratdan quyidagi yo’nalishlarda foydalaniladi: 

Internet 

Telefoniya 

Kommunal to’lovlar 

Avia va temir yo’l biletlari 

Sayohat 

Sug’urta 


Hozirgi kunda mobil tijoratning afzalliklaridan biri bu uning firibgarlik xatarini 
kamaytirish qobiliyatidir. Aynan plastik kartochkalar bilan bo’lgan firibgarlik ular bo’yicha 
operasiyalar amalga oshirishning yuqori ustamalari sababchisidir. Mobil tijorat bilan ushbu 
xatarlar sezilarli ravishda qisqaradi, chunki mobil tijorat mijozning mobil aloqa operatori bilan 
ma’nodosh identifikatsiyasini nazarda tutadi. Shu tariqa, tranzaksiya haqi 2% dan 0,5% va undan 
kam miqdorgacha kamayadi. Bundan tashqari, mobil to’lovlar tizimi qimmat turadigan o’qish 
uskunalarini talab qilmaydi va shuning uchun plastik kartalardan hanuzgacha to’lov qabul 
qilmagan taksi, mayda do’kon va restoranlarda ham qo’llanilishi mumkin. 
Mobil telefondan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishning bir necha turlari 
mavjud: mobil to’lovlarni amalga oshirishning eng sodda turi operator markazi orqali amalga 
oshirish hisoblanadi. Bu holda movil telefon huddi stansionar telefon kabi ishlatiladi. Undan 
avtomatlashtirilgan telefon markaziga qo’ng’iroq qilinadi, u yerda aniqlashtirish amalga oshiriladi, 
qabul qiluvchi va to’lov summasi ko’rsatiladi (tonal rejimda raqamli klavishlar yordamida). 
Prossessing markaziga ushbu ma’lumotlarni yetkazishning boshqa usuli SMS-xabarlardir (Short 
Message Service – qisqa xabarlar xizmati). Qoida bo’yicha bu xazmatdan foydalanish uchun 
avvaldan operatorlik markazi yoki prossessing kompaniyasi bilan hamda to’lovchilar va qabul 
qiluvchilar bilan munosabatlar o’rnatiladi (hisobraqam ochish, identifikasiya uchun parol olish, 
to’lovlarni qabul qiluvchining bank rekvizitlarini ko’rsatish va hokazo). Ayrimlar ushbu xizmatni 
telefon-banking deb ham ataydilar. 
WAP dan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirish. WAP internet tijoratga xos 
bo’lgan to’lov vositalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. 
Mobil o’zaro hisob-kitoblarning boshqa turlari autentifikasiya, saqlash, qayta ishlash va 
axborotni uzatishda maxsus mikroprosessorli uskunani talab etadi. Odatda mobil to’lovlar uchun 
mo’ljallangan telefon dastagi ikkita mikrosxemaga ega bo’ladi, ularning har biri xotira va 
mikroprosessorga ega bo’ladi: birinchisi standart, mobil aloqa operatori SIM kartasida joylashadi; 
ikkinchisi foydalanuvchining barcha bank axborotlarini saqlaydi. Ushbu ikkinchi mikrosxema 
faqatgina maxsus PIN kod orqali aktivlashadi, bu PIN kod telefonda ham plastik karta ham POS 
terminal analogini mujassamlshtiradi. Shu tariqa mobil tranzaksiyalar internet tranzaksiyalardan 
farqlanadi. Moliyaviy axborotlar SMS xabarlar ko’rinishida uzatiladi. Axborotni uzatishning 
ushbu usuli foydalanuvchi uchun boshqalaridan ko’ra qulayroq, soddaroq va kamxarjroq 
hisoblanadi, chunki past narxga ega, xabar yetkazilganligini ma’lum qilish funksiyasi mavjud, 
qimmat narxli aloqa kanallarini talab etmaydi, so’zlashuv kanali band bo’lgan taqdirda ham 
abonentga kelib tushadi. 
Mobil tijorat anchyin katta salohiyatga va biznes yuritishda qator qo’shimcha 
imkoniyatlarga ega: 

Cheklovlar yo’qligi (pochtani olish, zarur axborotni o’qish, xaridni amalga 
oshirish uchun kompyuter yoki internet terminal bilan yonma yon bo’lishning hojati yo’;q, 
bittagina mobil telefonning o’zi kifoya); 

Lokalizatsiya (GPS – Global Positioning System kabi texnologiyalar 
berilgan hududga tegishli axborotni olish imkoniyatini beradi, masalan yaqin orada 
joylashgan do’kondan qiziqtirayotgan tovarni xarid qilish taklifi); 

Shaxsiylashtirish (telefon shaxsiy buyum bo’lib, u orqali egasini aniqlash 
mumkin. Har bir alohida mijiz bilan munosabatlarni o’rnatish bu mobil tijoratning kuchli 
tomonlaridan biridir. Internet treyderlari brokerlik xizmatlarini taklif qilgan holda bu 
ustunliklardan foydalanishlari mumkin. Mobil foydalanuvchilarga xizmatlar taklif 
etuvchilar bunga e’tibor qaratishlari lozimdir). 


Shu bilan bir qatorda sezilarli kamchiliklarni ham sanab o’tish joizdir: 

Tarmoqning o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan bog’liq cheklovlar. Uchinci 
avlod tarmoqlari simli internet bilan qiyoslasa bo’ladigan o’tkazish qobiliyatini va’da 
qilishmoqda, biroq hozirda u eng yaxshi holda 19,2 kbit/s ni tashkil qiladi; 

Ekran o’lchovlari. Hattoki movil telefon ekrani kattalashtirilganida va uning 
texnik xarakteristikalari yaxshilanganida ham u baribir kichikligicha qoladi. Matn terish 
ham unchalik qulay bo’lmaydi. Biroq telefondan foydalanishning shubxasiz afzalliklari 
ham borki, masalan aeroprtda ro’yhatdan o’tish, xarid chog’ida to’lov terminali sifatida 
foydalanishda bu uskunalar salmoqli rol o’ynaydilar. Ayni paytda ekran kichikligi va matn 
terish noqulayligi kabi kamchiliklarni telefon bilan birgalikda noutbuk yoki cho’ntak 
kompyuterini ishlatib bartaraf etish mumkin. 

Download 426,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish