15-Tajriba
Mavzu: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma‟lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish
Ishdan maqsad: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma‘lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: C++ dasturlash tilining ma`lumotlar bazasi bilan ishlashga mo`ljallangan komponentalardan foydalanib ma`lumotlar bazasiga ma`lumotlarni kiritish, o`zgartirish va o`chirish amallarini bajarish. Bu amallarni DBNavigator komponentasi va so`rovlar orqali hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Uslubiy ko`rsatmalar: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma‘lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish uchun kerakli komponentalarni ishga tushirish zarur. Bu komponentalarni asosini 18 laboratoriyada ko`rilgan komponentalar tashkil qiladi. Bu laboratoriya mashg`uloti yuqoridagi laboratoriya mashg`uloti davomi sifatida qaraladi. ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma‘lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda BDNavigator komponentasi ishga tushuriladi(Boshqa asosiy komponentalar 18 - laboratoriyada ishlatilgan. Bu uning davomi sifatida ishlatiladi).
Ishni bajarish tartibi
1. ―ADOConnection‖da ―connected‖ni truega va ―Login Prompt‖ni falsega o`zgartiramiz va ―ADOTable1‖ da rejimni ―Active‖da truega o‘zgartirib Connectionda ADOConnection1 ni tanlaymiz va ADOTabledan ―Table name‖dan kerakli jadval nomini tanlaymiz. Natija ko‘rinishi uchun Data Source1 dan ADOtable1 ni DataSet menyusida tanlaymiz. Buni bajarilishi 19.1-rasm va 19.2-rasmda ko`rsatilgan.
108
19.1-rasm. Ma‘lumotlar bazasini C++ ga bog‘lashda amalga oshiriladigan amallar.
19.2 – rasm. Object inspector qismida ADOTable1ni tanlash amali.
2. Shunda quydagi natijaga erishamiz va Data Navigatorni ham Data table 1 ga bo‘glaymiz. Bu bizga element qo`shish, o`chirish,
109
yangilash uchun kerak bo‘ladi.(19.3-rasm)
19.3 - rasm. Data Navigatorni Data table1ga bog‘lanishi.
3. Form1ni ishlatib ko‘ramiz va bir nechta ustun qo‘shib o‘chirib ko`ramiz. (19.4 rasm)
19.4 – rasm. Form1 oynasini ishga tushirish natijasi.
19.5 - rasm. C++ Builder 6 dasturining komponentalari.
110
19.5 – rasmda ko`rsatilgan komponentalardan foydalanib interfeys orqali ma`lumotlar bazasiga ma`lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish amallari bajariladi.
Endi o`zimizning bazamizda bu jarayonlarni amalga oshiramiz. 4. DBNavigator komponentasidan foydalanib ma`lumotlar ustida amallar bajarishni ko`rib chiqamiz. DBNavigator komponentasi Data Control komponentalar bo`limida joylashgan.
19.6 - rasm. Dastur oynasi.
19.6-rasmda interfeys keltirilgan bo`lib, unda DBNavigator komponentasi ishga tushirilgan. U komponentani o`lchamlarini o`zgartirish imkoniyati mavjud.
Ma`lumotlar ustida amallar bajarish uchun DBNavigator komponentasining DataSourckomponentasi DataSource komponentasi nomiga moslashtiriladi (19.7 rasm).
19.7 - rasm. DBNavigator xususiyati.
111
19.7 - rasmda DBNavigator komponentasining xususiyatlari keltirilgan.
Bu xususiyatlar orqali komponentani o`lchamlarini o`zgartirish, formada joylashgan o`rnini aniqlash, DataSourceni tanlash kabi xususiyatlarini ko`rish mumkin.
Barcha sozlamalarni o`rnatib bo`lgandan keyin loyixa ishga tushiriladi va DBNavigator bilan Data Source bog`langanligi tekshirib ko`riladi (19.8 rasm).
19.8 - rasm. Loyixaning kompilyatsiya jarayoni.
Interfeys orqali ma`lumotlar ustida amal bajarish uchun boshqa usullardan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun Edit va Button komponentalaridan foydalaniladi.Qidirilayotgan mahsulot nomi Editda yoziladi va Button orqali qidiruvni amalga oshirishni ko`rib chiqamiz.
19.9 - rasm. Edit va Button komponentasidan foydalanish.
19.9 – rasmda ko`rsatilgan sichqonchani chap tugmasi ikki
Button komponentasi ustiga marta bosiladi va dasturning
kod qismiga o`tiladi. Button komponentasining kod qismiga o`tilgandan keyin quyidagi C++ operatorlari ketma ketligi yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |