Agar korxonalarda zahiralarni boshqarish tizimi yetarlicha murakkab bo’lsa, uni modellashtirishda imitatsion usullardan foydalanish mumkin. Har bir holat uchun modellashtirish jarayonining maqsadi bo’lib, qaror qabul qiluvchi shaxsga ba’zi mezonlarni hisobga olgan holda zahira darajasi va uni keltirish muddatlarini aniqlashga yordam berish hisoblanadi. Zahiralarni boshqarishning istalgan tizimida buyurtmalarni berish modelning tsiklliligiga mos ravishda o’zgaradi. Zahiralar darajasining kamayishi jarayoni mos keluvchi talab modeli asosida aniqlanadi. Zahiralarni to’ldirish uchun ayrim nuqtalarda yangi buyurtma beriladi. Ayrim vaqt o’tgandan keyin, ya’ni yetkazib berish vaqti deb ataluvchi vaqtdan so’ng, buyurtmalar qabul qilinadi va zahiralar darajasi ortadi. Bundan so’ng esa zahiralarning yangi tsikli boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |