Pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi munosabatlarimizni yanada rivojlantirish;
Markaziy Osiyo mantaqasidagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini tobora kuchaytirish.
Muxtasar qilib aytganda ushbu 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan taraqqiyot strategiyasidan ko‘zlangan bosh maqsad, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, mamlakatimizni barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahonda eng taraqqiy topgan ilg‘or 50 ta mamlakat qatoridan o‘rin olishini ta’minlashdir.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi hamkor xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, butun jahon hamjamiyatida katta qiziqish uygʻotmoqda. Bir qator nufuzli xorijiy va xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholamoqda.
Mamlakatimizga 2021-yil 28-noyabr — 7-dekabr kunlari tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi Fionnuala Ni Aolayn Oʻzbekistonning qonun ijodkorligi va xalqaro hujjatlar qabul qilishda tashabbuskorlik koʻrsatish sohalarida yetakchi ekanini eʼtirof etgan holda, xususan, “Mehr” operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitatsiya va reintegratsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlarimizni yuksak baholadi.
Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong Prezident Shavkat Mirziyoyevning milliy parlamentlarning rolini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini toʻla qoʻllab-quvvatlashi haqida bayonot berdi.
Xalqaro “Diva International” jurnali bosh muharriri Marit Foss esa, Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzini tom maʼnodagi demokrat sifatida namoyon etayotganiga eʼtibor qaratgan. Xalqaro ekspert qayd etishicha, Oʻzbekiston Prezidentining asosiy maqsadi — inson qadrini taʼminlash. Bu, oʻz navbatida, inson huquqlarini himoya qilishni anglatadi. Mamlakatda nomarkazlashtirish siyosati olib borilayotgani, yaʼni markaziy davlat organlarining ayrim muhim vakolatlari mahalliy hokimiyat idoralariga oʻtkazilayotgani toʻgʻri va oqilona yoʻldir.
Fransiyaning “Newly” onlayn nashri yozishicha, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakat milliy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi. Ayniqsa, “inson — jamiyat — davlat” ustuvor tamoyili jamiyatda ijtimoiy muhitni tubdan oʻzgartirishning muhim mezoniga aylanadi.
Davlatimiz rahbarining Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shu maqsadda milliy darajada: taʼlimning maktablardan toki oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan barcha bosqichlarida yoshlarimiz ongu vatanparvarlik, milliy gʻurur gʻoyalarini mustahkamlab, kuchli gʻoyaviy immunitet hosil boʻlishiga xizmat qiladi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini hayotga izchil tatbiq etish jarayonlari Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marta Oʻzbekiston Prezidenti lavozimini rasman bajarishga kirishgan sanadan boshlangan. Shundan soʻng orada oʻtgan 80 kun mobaynida 6 ta qonun, Prezidentning 7 ta farmoni va 17 qarori qabul qilindi.
Bu oʻrinda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan qabul qilingan “Favqulodda holat toʻgʻrisida”, “Tadbirkorlar kunini belgilash toʻgʻrisida”, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi yangi qonunlarni va bir qator qonunlarga kiritilgan muhim oʻzgartirishlarni alohida taʼkidlash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliyotga izchil joriy etilayotgan ushbu qonun hujjatlarining barchasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar va eng muhim vazifalarning soʻzsiz bajarilishiga qaratilgan.