15-mavzu. Xizmatlar sohasi


Oʻzbekistonda xizmatlar sohasiningrivojlanish ko'rsatkichlari



Download 34,74 Kb.
bet2/7
Sana24.04.2023
Hajmi34,74 Kb.
#931409
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-мавзу.Маъруза 1

15.2. Oʻzbekistonda xizmatlar sohasiningrivojlanish ko'rsatkichlari
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish sohasi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning muhim manbai va omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish va o'stirish, aholi bandligini ta'minlash, odamlarning farovonligini oshirishda yetakchi o'rin egallamoqda.
O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi, asosan, uchta bosqichdan oʻtdi.
Birinchi bosqichda, 1991-2000-yillarda, oʻtish davrining muhim dolzarb muammolari hal etilayotgan bir davrda, YaIMda xizmatlar sektorining ulushi 33,8 foizdan 37 foizga ko'paydi.
Xizmatlarning tarkibida ham oʻzgarishlar sodir boʻldi. An'anaviy xizmat turlari – transport, savdo, maishiy va kommunal xizmatlarning ulushi kamayib, bozor xizmatlarining ulushi ortdi. Bu davrda savdo xizmatlari oʻzining taqsimotchi funksiyasini kamaytirdi va bozor munosabatlarining iste'molchiga yoʻnalgan tarkibiy qismiga aylandi. Shu yillarda daromadlar, did va tanlovning oʻzgarishigamos ravishda xizmatlar sifati tez o'sib bordi. Supermarketlar, mini va gipermarketlar, savdo va savdo-ko'ngilochar markazlari paydo boʻldi. Yangi texnologiyalar asosida telekommunikatsiya, biznes va tadbirkorlik ishlari, kasb-malaka sohalari,moliyaviy xizmatlar koʻrsatila boshlandi. Tibbiyot, ta’lim, transport sohalarida ularni qoʻllash imkoniyatlari ortdi. Muzey,kutubxona va san'at sohalarida ham ulardan samarali foydalanishga kirishildi. Bularning barchasi aholi turmush darajasi va sifati yuksalishiga ijobiy ta'sir koʻrsatdi. Ikkinchi bosqichda, 2001–2010-yillarda, xizmatlar sohasini isloh qilish va modernizatsiya qilish faollashdi. Bu davrda xizmatlarning Yalmdagi ulushi 37 foizdan 46,9 foizga chiqdi.
Xizmatlar sohasi rivojlanishi va aholining daromadlari hamda turmush darajasi o'zgarishi o'rtasidagi to'g'ridan to'g'ri bog'liqlik kuchaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi esa xizmatlar bozori segmentlari ko'payishiga olib keldi.
Xalqaro aeroportlar, temiryoʻllar, avtomagistrallarning modernizatsiya qilinishi esa turizm xizmatlarining tarixiy, ekologik, tanishuv, ilmiy, biznes-turizm turlari rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Uchinchi bosqich 2010-yildan keyingi davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda xizmatlar sohasini rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatida ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi, xizmatlarning zamonaviy turlarini jadal rivojlantirishga e'tibor yanada kuchaydi. Bugungi kunda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi amalga oshirilmoqda, qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha keng miqyosda chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Natijada 2010-2016-yillarda xizmatlarning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 46,9 foizdan 49,5 foizga oshdi.
Bu davrda yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boshqa sohalarga nisbatan jadal rivojlandi. Ushbu xizmatlar hajmi 2010-2016- yillarda 4,6 barobar koʻpaydi, birgina 2016-yilda esa 11,7 foizga o'sdi.
Mobil aloqa, yuqori tezlikda ishlaydigan Internet, kabelli televizion aloqa, masofaviy bank xizmatlari, qishloq xo'jaligi texnikasi, avtomobillar va texnologik uskunalarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish turlari tez rivojlanib borayapti.

Download 34,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish