15-mavzu: Veb autentifikatsiya va identifikatsiya


ASP.NET Identity kutubxonasini qo‘shish



Download 1,68 Mb.
bet2/14
Sana09.06.2022
Hajmi1,68 Mb.
#646265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
autentifikatsiya, avtorizatsiya, seanslar

ASP.NET Identity kutubxonasini qo‘shish
NuGet paketlaridan foydalanib, Identity bilan ishlash uchun kutubxonalarni tezda qo‘shish mumkin. Buni amalga oshirish uchun Paket menejeri konsoliga quyidagi buyruqlarni kiritish kerak:
Install-Package Microsoft.AspNet.Identity.EntityFramework –Version 2.0.0
Install-Package Microsoft.AspNet.Identity.OWIN -Version 2.0.0
Install-Package Microsoft.Owin.Host.SystemWeb -Version 2.1.0


Web.config faylini yangilash
Identity bilan ishlashga tayyor bo‘lish uchun Web.config fayliga ikkita o‘zgartirish kiritish kerak. Birinchidan, oldin yaratilgan ma’lumotlar bazasiga ulanish satrini qo‘shish kerak. Ikkinchidan, OWIN modulini ishga tushiradigan klass nomini aniqlash kerak. Quyidagi misolda Web.config faylining tarkibi ko‘rsatilgan:

...




connectionString="Data Source=.\SQLEXPRESS;Initial Catalog=IdentityDb;Integrated Security=True;MultipleActiveResultSets=True"/>


...


...

OWIN ASP.NET global klassi (HttpApplication-dan voris va Global.asax faylida aniqlangan) bilan bog‘liq bo‘lmagan, dasturni ishga tushirishning o‘ziga xos modelini belgilaydi. Yuqoridagi misolda owin:AppStartup parametrini uzatdik, u OWIN modulini ishga tushirishda uning konfiguratsiyasini olish uchun ishlatiladigan klassni belgilaydi.


Entity Framework uchun klasslar modeli. Membership API da mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni sozlash imkoniyati endi ASP.NET Identity-da mavjud, lekin Entity Framework ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda foydalanadigan ma’lumotlar modellari sinfini qo‘lda yaratish kerak bo‘ladi.
Foydalanuvchi klassi. Veb dastur foydalanuvchisi obyektini tavsiflaydi. Ushbu klass Microsoft.AspNet.Identity.EntityFramework nomlari maydonida aniqlangan IdentityUser klassidan voris qilib yaratilishi kerak. IdentityUser foydalanuvchining voris klassiga xossalarni qo‘shish orqali kengaytirilishi mumkin. Quyidagi jadvalda IdentityUser-ning asosiy xossalari tasvirlangan:



Xossa

Tavsif

Claims(Tasdiq)

avtorizatsiya borasida qaror qabul qilishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar. Ushbu ma’lumotlar tashqi manbalaridan, shuningdek lokal identifikatsiya ma’lumotlar bazasidan olinishi mumkin.
M-n: manbalardan olinadigan ma’lumot sifatida foydalanuvchining IP adresi, davlati, regioni, jinsi,

Email

Foydalanuvchining Elektron pochtasi adresi

Id

Foydalanuvchining takrorlanmas identifikatori

Logins

Foydalanuvchining loginlari ro‘yxati

PasswordHash

Foydalanuvchining parolining xesh qiymati

Roles

Foydalanuvchining rollari ro‘yxati

PhoneNumber

Foydalanuvchining telefon nomeri

SecurityStamp

Foydalanuvchining biron ma’lumot o‘zgargan vaqtda o‘zgaradigan qiymat

UserName

Foydalanuvchining nomi

https://professorweb.ru/my/ASP_NET/identity/level1/1_9.php


Microsoft.AspNet.Identity.EntityFramework nomlari maydonida aniqlangan klasslar Microsoft.AspNet.Identity nomlar maydoni interfeyslarining konkret tatbiqi. Masalan: IdentityUser klassi IUser interfeysini realizasiya qiladi.


Shuni ta’kidlash kerakki, IdentityUser klassi faqat foydalanuvchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi: nomi, login, pochta va hokazo. Agar foydalanuvchi haqida biron bir qo‘shimcha ma’lumot kiritish kerak bo‘lsa, IdentityUser dan voris klassga qo‘shimcha xossalarni qo‘shish kerak bo‘ladi.
Ilovan uchun maxsus klass yaratish uchun AppUserModels.cs faylini Models papkasiga qo‘shing. Ushbu faylda quyidagi misolda ko‘rsatilgandek AppUser klassini yarating:
using System;
using Microsoft.AspNet.Identity.EntityFramework;

namespace Users.Models


{
public class AppUser : IdentityUser
{
// Foydalanuvchini ifodalovchi qo’shimcha xossalar shu yerda yaratiladi
}
}



Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish