holatdagi o‘zgarishi
Uglerod
Karbonat angidrid
Metan (SN
4
)ning
murakkab aldigedlari
Azot
Nitrat (NO
3
),
Azot (N) va NH
2
amidlari,
ammiak
Oltingugurt
Sul`fat (SO
4
)
Vodorod sul`fid (H
2
S)
C. Drenaj -tushunchasi
Bu tuproq qatlamlaridagi erkin yoki gravitatsion
suvlarini tuproq qatlamla-
rida to‘planib tuproqni namiqtirishidan saqlash hamda o‘simliking o‘sishi,
rivojlanishi uchun qo‘lay sharoit yaratish maqsadida ortiqcha suvni chiqarib
tashlashdir.
(i) Zaruriyati
Odatda quruq iqlim sharoitlarida botqoqlanish muammosi yo‘q joylarda
drenaj zarur emas deb hisoblanadi. Lekin, arid mintaqalarning juda ko‘p sug‘ori-
ladigan joylarida, kanallar, suv havzalari va sug‘orish tarmoqlaridan shimilish (suv
o‘tkazuvchnalik) yuqori bo‘lgan joylarda drenaj muhim hisoblanadi. Sug‘orish va
drenaj sistemasi sug‘orish amaliyotida arid mintaqalarda
tuproq suv balansini
optimal saqlashga imkon beradi. Nam mintaqalarda drenaj asosan ortiqcha
yog‘inlar tufayli zarur hisoblanadi. Drenaj uchun quyidagi shartlar talab qilinadi.
• sizot suvlari sathinnig yuqoriligi.
• suvning uzoq vaqt davomida yuzada saqlanishi.
• tuproq pastki qatlamlariga dala nam sig‘imidan ortiqcha namlikning,
ayniqsa loyli tuproqlarda juda sekin o‘tishi.
• sho‘rlanish va ishqorlanish bor joylarda yillik bo‘g‘lanish miqdori yog‘inlar
miqdoridan oshadigan, sizot suvlariingi kapillyar orqali ko‘tarilishi yuqori bo‘lgan
joylari.
• nam hududlarda uzluskiz yoki ko‘p miqdorda yog‘inlar yog‘adigan joylar.
• yaxshi strukturali tekis yer.
• tepaliklar bilan o‘ralgan past tekislik joylari.
(ii) Yaxshi drenaj tizimi xususiyatlari
• doimiy bo‘lishi (ishlashi) kerak.
• butun hudud uchun etarli quvvatga ega bo‘lishi kerak.
• ekin etishtirish ishlari bilan kam bog‘langan bo‘lishi kerak yoki ularning
ta`siriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
• ekin maydonlari yerlari minimal darajada yo‘qotilgan bo‘lishi kerak (yoki
ko‘p yerlarni drenaj zovurlari egallamasligi kerak).
1
• ma`lum vaqt ichida to‘plangan suvlarni qisqa vaqt ichida chiqarib tashlashi
kerak..
(iii)
Drenaj usullari
Drenaj tizimining 2 usuli mavjud; 1. Yuza (sayoz) usuli, 2. Pastki yuza
(o‘tacha sayoz) usuli yuza drenaji - bu birinchi navbatda, tuproq profili yuzasidan
ortiqcha suvni olib tashlash uchun mo‘ljallangan. Bu tuproq qatlamlarida ortiqcha
1
Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. r. 408-409.
suvlar erkin chiqib ketadigan nishabi past joylarda amalga oshirilishi mumkin. U
quyidagi yerlarga to‘g‘ri keladi:
• sekin suv o‘tkazadigan loyli, mayda tuproqli yerlarda.
• kuchli, ko‘p yog‘inlar yog‘adigan hududlar
• etarli darajada suvlar chiqib ketmaydigan dalalarda.
• nishabligi 1,5 % dan kam bo‘lgan dalalar.
bu dalani yaxshilab tekislash va chuqurroq ariqlar qazish orqali amalga
oshirilishi mumkin. Yuza drenaj quyidagi turlarga ajratilib tasniflanadi:
• bosimli ko‘tariluvchan (Lift) drenaj.
• gravitatsion drenaj.
• yuza drenaj.
• zovur drenaj.
2
2. Ochiq zovurlarning rejali joylashtirish, zovurlar orasidagi masofa, chuqurligi va
nishabligi.
Ochiq zovurlar asosan O‘zbekistonning eskidan sug‘orilib keladigan yerlarida
qo‘llaniladi (Mirzachul, Xorazm,
Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida) Ochiq
zovurlar bir-birlariga tutashgan ma`lum chuqurlikda va ma`lum masofada qazilgan
kanal chuqurlardir.
Bunday zovurlar loyhali va loyhasiz bo‘lishi mumkin.
Loyihali zovurlar tekis yerlarda, loyihasiz zovurlar esa adir yoki relefi notekis
bo‘lgan yerlarda qo‘llaniladi.
Ochiq gorizontal zovurlar quyidagi tarmoqlardan iborat bo‘ladi.
1.Zovurlar (gruppa)
2.Yig’ish zovurlari.
3.Kollektorlar.
4.Bosh kollektor.
Ochiq zovurlar ekskvatorlarda qaziladi. Kavlashda zovurlar nishabligi 0,001-
0,002 (1000 m masofadagi farq 1-2 m) va ularning
qiyaligi hamda tuproqning
mexanik tarkibi hisobiga olinadi. Agar tuproqning tarkibi og‘ir soz bo‘lsa 1:0,5,
O‘rtacha bo‘lganda 1:1, va engil tarkibli bo‘lganda esa 1:1,5 nisbatda bo‘ladi. Shu
tarkibda kavlanganda zovurlardan oqayotgan suvning tezligi 0,25-0,40 m/sek
bo‘lishi kerak.
Ochiq zovurlarning chuqurligi 2 ga bo‘linadi: 1.Umumiy chuqurligi-yer
yuzasidan zovurning tubigacha bo‘lgan masofa. 2. Ish chuqurligi-yer yuzasidan
zovurdagi suvning yuzasigacha bo‘lgan masofa.
Zovurlarning chuqurligi sizot suvining satxidan pastda turishi kerak, shunday
chuqurlikda bo‘lgan yerlarda u samarali faoliyat ko‘rsatadi. Zovurlarning chuqur-
ligi sizot suvlarining chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi.
Gruppa zovurlar chuqurligi-2,5-3 m. Yig‘ish zovurlari-3-3,5 m.
kollektorlar-
4-5 m. chuqurlikda kalanishi maqsadga muvofiqdir.
Zovurlarni rejali joylashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Zovurlar yerning
asosiy nishabligi bo‘ylab ikki sug‘orish tarmog‘ini o‘rtasiga joylashtirilgani ma`-
qul. Chunki kanallardan filtir-langan suvlar shu zovurga tushishi kerak. Zovurlar
2
Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. r. 409.
nishablikka nisbatan bo‘ylama joylashtirilganda ko‘ndalang joylashtirishga
nisbatan ancha afzaliklarga ega.
Bo‘ylamada sizot suvlari katta tezlikda oqib
keladi va zovurdan tez oqib
chiqadi kam loyqa bosadi.
Ochiq zovurlar orasidagi masofa quyidagi omillarga bog‘liq buladi: Tuproq-
gruntining suv o‘tkazmaydigan qatlam chuqurligiga, tuproq-gruntning suv-fizik
xossalariga territoriyalarning tabiiy
zovurlashganlik darajasiga, sizot suvlarining
pasayish tezligiga va qabul qilingan sizot suvlarning maqbul sathiga, hamda
zovurlarning oqim moduliga.
-jadval
Zovurlar orasidagi masofaning kattaligi.
Sizot suv
chuqurligi
Tuproqning mexanik tarkibi
og‘ir
o‘rta
Engil
2-3
1-2
0-1
250-300
200-250
100-150
300-400
250-300
150-200
400-600
300-400
200-300
Zovurlarni samarali ishlash-ini aniqlash uchun
zovur oqimi modul aniqlab
boriladi.Zovur oqimi moduli deb - bir gektar yerdan bir sekund davomida zovur
orqali chiqib ketayotgan suv miqdoriga aytiladi.
Zovurlarning o‘rtacha yillik oqim moduli gektariga 0,15-0,25 l/sek, sho‘r
yuvish davomida esa 0,50-0,85 l/sek ga ko‘payshi mumkin.
Amaliyotda kuchli sho‘rlangan va sho‘rxok yerlari o‘zlashtirishda hamda
sizot suvlari yer yuzasiga juda yaqin joylashgan yerlarda ochiq muvoaqqat
(vaqtinchallik) zovurlardan ham keng foydalaniladi.
Ochiq muvaqqat zovurlarning chuqurligi 0,8-1,2 m,
tuproqning mexanik
tarkibi bo‘yicha orasidagi masofa 40-80 m bo‘ladi. Ochiq muvaqqat zovurlar S-
100 markali ikki traktorga tirkalgan KM-800, KM-1200 markali kanal qazigichlar
yordamida olinadi va ular ochiq doimiy chuqur zovurlarga tutash-tiriladi.
Sho‘rlangan va botqoqlangan yerlarda yopiq va tik (vertikal) zovurlardan ham
keng foyda-laniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: