Ayrisimon bez. Ayrisimon bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan.Uning vazni chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish davrigacha 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog' moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning vazni 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda-15g, 70-yoshda-6 g bo'ladi.Ayrisimon bez-juft, pallali a‘zo bo'lib, ikki andozasi bir xil bo'lmagan pallalardan iborat.Bu pallalar biriktiruvchi to'qima orqali o'zaro bog‘langan. Ayrisimon bezning har bir pallasi yana pallachalarga bo'linib, ularda po'stloq va mag'iz qavatlari mavjud. Po'stloq qavati parenximalardan tashkil topgan, unda ko'p miqdorda limfotsitlar bo'ladi.Mag'iz qavatda esa epitelial va lipoid hujayralari bor.
Ayrisimon bez qon tomirlari bilan o'ralib olingan va shu bois qondan juda boy. Bezning innervasiyasi parasimpatik (adashgan) va simpatik asablar orqali amalga oshadi. Bu tolalar pastki bo'yin va yuqori ko'krak simpatik tugunlaridan boshlanadi.
Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati. Oxirgi yillarda ayrisimon bez gormonlari va ularning fiziologik ahamiyati to'liq o'rganib chiqilgan. Bezda timozin, timopoetin, timus gormoni omili degan polipeptid tabiatli moddalar ishlanib chiqariladi.Ayrisimon bezning immunitetga katta ahamiyati o'rganilgan. U organizm immuniteti jarayonining boshqarilishida, antitelalarning hosil bo'lishida, limfotsitlarning rivojlanishi va taqsimlanishida hamda organizmning immun reaktsiyalariga bevosita ishtirok etadi. Olimlarning fikricha suyak ko'magida hosil bo'luvchi birlamchi suyak hujayralari umumiy qon aylanish doirasi orqali ayrisimon bezga yetib boradi, bezda ular ko'payib, T-limfotsitlarga aylanadi.Bu limfositlar hujayra immunitetining rivojlanishi uchun javobgar ekanligi olimlar tomonidan taxmin qilmoqda. Ayrisimon bez gormonlarining hosil bo'lishi va ajralishi gipotalamo- gipofizar tizimi tomonidan boshqariladi. Gipofiz oldingi bo'lagining somatotropin gormoni ayrisimon bez gormonlarining qonga o'tishida ishtirok etadi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, ayrisimon bez bolalik davrida yaxshi
rivojlangan bo'ladi. Balog'atga yetganda bezning rivojlanishi to'xtatiladi va atrofiya bo'laveradi. Shu sababli bo'lsa kerak, bez organizm o'sishini rag'batlantirib, jinsiy tizim rivojlanishini to'xtatadi, degan ilmiy g'oyalar kam emas.Boshqa bir guruh olimlar tomonidan ayrisimon bez faoliyatiga boshqacha baho berilgan. Masalan, bez kalsiy va nuklein kislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi degan g'oyalar juda ko'p.
Bezning yana bir asosiy fiziologik ahamiyati shundaki, bu yerda juda ko'p miqdorda vitamin C sintezlanadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha timus buyrak usti bezidan keyin organizmda ikkinchi o'rinni egallaydi.
Mavzu bo‘yncha savollar:
Odam organizmida qanday bеzlar bo‘ladi?
Ichki sеkrеtsiya bеzlarining qanday ahamiyati bor?
Gipofiz bеzi qaеrda joylashgan?
Gipofiz bеzining oldingi bo‘lagidan qanday gormonlar ishlab chiqiladi?
Epifiz bеzi qaеrda joylashgan va qanday gormonlar ishlab chiqadi?
6.Qalqonsimon bеz qaеrda joylashgan va qanday gormonlar ishlab chiqadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |