Bel-dumg‘aza bo‘limi bir-biriga chambarchas birikkan, soni 11-14 tagacha, umurtqalar birlashib bel-dumg‘aza suyak – os. Lumbasacrale hosil qiladi. Bu umurtqalar tos kamarining yonbosh suyagiga birikkan bo‘lib, segmentlari pastki tomondan ko‘rinadi.
Dum umurtqalari –tovuqlarda 5 ta, o‘rdak va g‘ozlarda 7 ta harakatchan birikib lemex shaklida yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi. Dum umurtqasi oxiriga dum suyagi - pygostyl bilan birikkan. Unga dum parlari tutashib turadi. Bu parlar har tomonga uchishni boshqaradi.
Bosh suyagi. Parrandalarda kichik va yengil miya bo‘g‘imi suyaklari bir-biriga sezilarsiz qo‘shilib ketgan, o‘rdak va g‘ozlar jo‘jasining ensa oblastida ikkita miya buloqlari aniq ko‘rinibturadi. Miya bo‘lim suyaklariga: ensa, ponasimon, tepa, chakka, peshona, ko‘z yoshi, panjarasimon suyaklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |