Eshitish organi – quloq. Parrandalarda quloq suprasi yo‘q, uning o‘rniga uncha katta bo‘lmagan teri burmasi bor. Tashqi eshitish yo‘li qisqa va keng, bezli bo‘ladi. Nog‘orasimon parda tashqi tomonga qavargan nog‘orasimon bo‘shliq eshitish naychasi orqali tomoq va bosh suyak qovoqlari bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Eshitish suyakchalari qo‘shilib, bitta suyak ustun – collumella ga aylangan. U bir tomoni bilan nog‘orasimon pardaga, ikkinchisi bilan oval teshikka birlashib, tovush to‘lqinlarini o‘tkazib turadi, quloqchig‘anog‘i nozik, chig‘anoq yo‘li ampulasimon yopiq kenglik hosil qilib tugaydi. Ichki quloqning boshqa qismlari sut emizuvchilarnikiga o‘xshash bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |