15-mavzu: og’zaki muloqot va uning xususiyatlari reja


So‘zlashuv uslubi va adabiy til uslubi farqlari



Download 282,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana01.06.2022
Hajmi282,76 Kb.
#625890
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-mavzu

So‘zlashuv uslubi va adabiy til uslubi farqlari
So`zlashuv uslubi
–kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til 
birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma'lum ma'noda tildagi boshqa uslublarga 
qarama-qarshi qo‘yish mumkin.
Bu uslubning o‘ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg‘un 
bo‘lishida ko‘rinadi. Ayni paytda bu holat so‘zlashuv uslubidagi me'yoriy holatlarni belgilashni 
qiyinlashtiradi. Chunki tildan foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir 
me'yorni tayin etishga imkon bermaydi. 
Shunday bo‘lsa-da, so‘zlashuv uslubining o‘ziga xos me'yorlari haqida mulohaza yuritish uchun 
ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bo‘lganda ham bu me'yorlarni so‘zlashuv uslubi uchun 
muhim bo‘lgan til va tildan tashqari omillarning uyg‘unligidan axtarish bizni asl maqsadga 
yaqinlashtiradi. 
So‘zlashuv uslubi qanday o‘ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda bo‘ladi. 
Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli bo‘ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning 
mantiqiy davomi bo‘ladi. Ikkinchidan, so‘zlashuv nutqida til birliklari o‘zining ekspressivlik 
imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulguramizmi? degan savolga yo‘q, ulgurmaymiz
deyishdan ko‘ra vaziyatdan kelib chiqib, ulgurib bo‘pmiz, ulgurish qayoqda, ulgurib ham bo‘ldik
singari javoblar birmuncha tabiiy va ekspressivroq bo‘lib chiqadi. 
Uchinchidan, bu uslubda ohang - intonasiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. So‘zlashuv uslubi 
ham boshqa vazifaviy uslublar kabi fonetik, leksik, grammatik o‘ziga xosliklarga ega. 
So‘zlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, assalomu alaykum, 
vaalaykum assalom, xayr, ha, yo‘q, albatta, aha, xo‘p singari so‘zlar nutqda ko‘p ishlatiladi.
Rivojlangan har qanday til, shu jumladan hozirgi o‘zbek tili ikki asosiy funksional turga: 
adabiy til va jonli so‘zlashuv tiliga bo‘linadi. Har bir muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo‘lgan 


elat (xalq) yoki millatning vakillari tomonidan jonli so‘zlashuv tili bolalikdan boshlab egallanadi. 
Adabiy til, uning me'yorlari va qonuniyatlari esa balog‘atga yetgan, kamolatga erishgan shaxs 
tomonidan shakllanish jarayonida o‘rganib, o‘zlashtirib olinadi. Umumxalq tilining yuqori shakli 
hisoblangan adabiy til aniq va muayyan bir tizimda har bir davrning tiliga xos me'yor, tartib-
qoidalarni ifodalaydi. Milliy adabiy tilning eng muhim va asosiy belgi uning muayyan bir 
me'yorga, , tartib-qoidalarga solinganligidir. 
Adabiy til leksikada ham, fonetika va grammatik qurilish sohasida ham o‘z me'yorlari, 
qoidalari bilan ajralib turadi. Bu me'yorlar grammatika darsliklari, qo‘llanmalari va barcha xil 
lug‘atlarda belgilab qo‘yilgan. Bu me'yorlar shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilar uchun umumiy 
va zaruriy hisoblanadi. Umumxalq- tilining qayta ishlanishi negizida shakllanib, mahalliy 
dialektlarning umumiy zaruriy xususiyatlarini o‘ziga singdira borgan adabiy til ayni zamonda 
umumxalq tilining turli ko‘rinishlaridan—jonli so‘zlashuv nutqidan ham, mahalliy shevalardan 
ham, jargonlardan ham farq qiladi. Adabiy tilning muayyan me'yorga solinganligi shundan 
iboratki, uning lug‘at tarkibi ma'lum tartibga keltirilgan bo‘ladi, so‘zlarning ma'nosi va ishlatilishi, 
talaffuzi va yozilishi hamda grammatik shakllar yasalishi yagona, mushtarak qoidaga bo‘ysunadi. 
Adabiy me'yor tarixiy toifa (kategoriya)hisoblanadi.
Adabiy tilning ikki turi — og‘zaki va yozma turi mavjud. Bu shakllar idrok etishning ikki turi, 
ya'ni ko‘ruv va eshituv uchun mo‘ljallanganligi sababli o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga egadir 
Til vositalarini morfologik belgilariga qarab ikki guruhga — og‘zaki va yozmaga ajratishda qat'iy 
chegara yo‘q. Shunga qaramay, bu shakllarning o‘ziga xos ayrim xususiyatlarini ko‘rsatish 
mumkin. Jumladan, adabiy tilning og‘zaki shaklida ot va sifat turkumlariga xos his-tuyg‘u, 
ta'sirchanlikni ifodalovchi shakllar (bolakay, qizgina, erkatoy, kichkintoy, kichkina, kattakon); 
takror, davomiylik, kuchaytirish ma'nolarini ifodalovchi fe'lning tahliliy shakllari (ataylab, oshirib 
yubormoq, kelib qolmoq, turtkilab qo‘ymoq, o‘qib chiqmoq) hamda yozma adabiy shaklga xos ot 
va sifat turkumlaridagi tahliliy shakllar (sezgirlik bilan, telefon orqali, tezkorlik asosida, nihoyatda 
ko‘rkam, g‘oyat baland); -lik, -chilik, -lashtirish kabi affikslar yordamida yasalgan so‘zlar 
(o‘qituvchilik, dehqonchilik, parrandachilik, radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Adabiy tilda sintaqtik qurilish jihatidan ham ikki shaklga xos xususiyatlarni ko‘rish mumkin. 
Ko‘pincha sodda gaplarni, ayniqsa to‘liqsiz gaplarning qisman bog‘langan qo‘shma gaplarni 
ishlatish adabiy tilning og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi. Bu vaqtda ohang, to‘xtam, imo-ishora, 
nutq vaziyati kabi vositalar muhnm rol o‘ynaydi. Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa 
o‘zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo‘shma gaplar, kirish so‘z va 
iboralar, murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan va uyushiq bo‘laklar, murakkab qo‘shma 
gaplar ancha keng ishlatiladi. Adabiy tilning og‘zaki shakli ma'ruza va suhbatlarda, yozma shakli 
esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida 
ishlatiladi. 

Download 282,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish