Tomoshagoh muassasalar – kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari, tsirklar - Teatrlar, kinoteatrlar, shlar, kontsert-filarmoniyalarning tomosha zallari 20-jadval ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
- Balkonli, lojali, pog’onali zallarning maydoni ajratib turuvchi konstruktsiyalarchegarasida aniqlanadi, jumladan: kinoteatrlar uchun - estradani qo’shgan holda, teatrlar, kontsert zallari, universal zallar uchun – estradaning yoki avansahnaning oldi chegarasigacha (yoki orkestr chuqurligi to’sig’igacha).
- Tomosha zallarining o’lchamlari sahnadan yaxshi ko’rinish va eshitish texnologik talablarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Tomosha zalining uzunligi dramatik va musiqa-dramatik teatrlarda sahnaning qizil chizig’idan oxirgi qatorgacha bo’lgan uzunlik uzoqlashuvi - 25-27m, opera-balet teatrlarida 30-35 m qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |