15-Mavzu: Korruptsiya-xufyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi
Ma’ruza rejasi:
15.1. Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.
15.2. Korruptsiya-iqtisodiy muammolar manbai.
15.3. BMTning Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha universal
konventsiyasi.
15.4. O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning qonuniy asoslari.
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar:
axborot xavfsizligi, iqtisodiy
xavfsizlik, axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, axborot xavfsizligiga
tahdidlar, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi.
2.7.1.Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.
"Korruptsiya" atamasi lotincha "corruptio" so‘zidan kepib chiqqan bo‘lib,
"buzish", "sotib olish" degan ma'noni anglatadi. Ushbu ikki so‘z korruptsiyaning
mazmun va mohiyatini belgilab beradi. Masalan, Rossiyada chop etilgan “Yuridik
korruptsiya”ning entsiklopediyasida mansabdor shaxslarning o‘zlariga berilgan
huquq va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishlaridan
iborat bo‘lgan siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat"
1
deb
ta’riflangan.
1979 yil 17 dekabr qabul qilingan “Mansabdor shahslarning huquq-tartibotni
saqlash borasidagi axloq kodeksida: "...korruptsiya tushunchasi milliy huquqda
tariflanishiga muhtoj" deyilgan, biroq, ushbu hodisaning taxminiy ta’rifi berilgan:
«...mansabdor shaxsning mukofot beruvchi shaxs manfaati yo‘lida mansab
yuriqnomalarini buzib yoki buzmay mansab vakolatlari sohasida amalga oshirgan
har qanday shakldagi harakati yoki harakatsizligi»
2
.
Korruptsiyani bunday tushunish rossiyalik olimlar tomonidan yaratilgan
kriminologiya fanida ham mavjud. Masalan, A.I.Dolgova korruptsiyani «davlat
1
Юридическая энциклопедия. 2-е изд., перераб. — М., 2003.
2
Уголовный кодекс Республики Казахстан. — Алматы, 2007.
xodimlari yoki boshqa xizmatchilarning sotilishi va shu asosda ularning rasmiy
xizmat vakolatlari, ular bilan bog’liq, obro‘si va imkoniyatlaridan shaxsiy yoxud tor
guruxiy, koriorativ manfaatlari yo‘lida foydalanishlarida ko‘rinadigan ijtimoiy
hodisa»
3
sifatida ta’riflagan.
N.F.Kuznetsova korruptsiyani «davlat apparati va nodavlat tuzilmalarining
xizmatchilarini sotib olishda ifodalanadigan ijtimoiy xavfli xodisa»
4
deb ta’riflagan.
Biroq, korruptsiyani faqat sotilish, poraxo’rlikdan iborat bo‘lmagan ijtimoiy hodisa
sifatida kengroq tushunish to‘griroq bo‘ladi.
«Korruptsiya» tushunchasini АQSh olimlari chuqurroq va har tomonlama
o‘rganganlar. Аmerikalik tadqiqogchilar ushbu hodisani siyosiy arboblar, davlat
apparatining xodimlari, tadbirkorlar va boshqa shaxslarning shaxsiy, oilaviy yoki
guruhiy manfaatlar yo‘lida boyish hamda o‘z ijtimoiy maqomini oshirish maqsadida
o‘zlarining rasmiy majburiyatlari va davlat funktsiyalarini bajarishdan bo‘yin
tovlashlari deb ta’riflaydilar
5
.
Davlat xizmatchisi ham davlat funktsiyalari ijrosining zanjiridagi xalqa bo‘lib,
o‘z mavqeidan ko‘nikmagan taqdirda davlat faoliyati shakllanadigan butun zanjirga
zarar yetkazishi, ya’ni qonunga xilof ish qilishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik
uchun davlat amaldorini zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajarishga undovchi
sharoitlar yaratish kerak, aksincha emas
6
.
Korruptsiyaning yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarini tahlil qilib, umuman
olganda, korruptsiyaga quyidagi belgilar xosligini ko‘rsatish mumkin:
-
bu, avvalo, aniq, yuridik ta’rifi bo‘lmagan ijtimoiy hodisa;
-
oxir-oqibatda u rivojlanayotgan butun fuqarolik jamiyati va davlatning
chirishiga olib keladi, bunda korruptsion ko‘pchishlar jamiyat hayotining kundalik
normasiga aylanadi;
3
Криминология / Под ред. А.И. Долговой. - М., 1997.
4
Криминология / Под ред. Н. Ф. Кузнецовой, Г. М. Миньковского. - М., 1994.
5
Михайлов. А.В. Борьба с коррупцией в СШ А (80-е годы) / / Вопросы истории. — 1994. — №5.
6
Каранг: Исмагулов Д. К. Причины и условия коррупционных правонарушений в государственных органов.
/ / Материалы научной конференции молодых ученых Казахстана. Проблемы и перспективы развития
Казахстана как правового и демократического государства: взгляды и суждения молодежи. — Алматы, 2007.
-
mazkur huquqbuzarlik subyektlarining muayyan doirasi mavjud (bular,
avvalo, davlat funktsiyalarini bajarish vakolatiga ega bulgan xizmatchilar, shaxslar,
shuningdek, xususiy sektorda boshqaruv funktsiyalarini bajarishga vakolatli
shaxslardir);
-
mazkur subyektlarning o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining
huquqiy maqomi va obrusidan (fuqaro sifatida o‘zining emas, balki aynan lavozim-
ning obrusidan) xizmat (ya’ni davlat xizmati va xususiy sector tashkilotlaridagi
xizmat) manfaatlariga hamda huquq va axloqning belgilanganlariga xilof tarzda
foydalanishlari;
-
mazkur subyektlarning ham shaxsiy boyish maqsadida, ham boshqa shaxslar
manfaatlari yoxud korporativ manfaatlar yo‘lidagi faoliyati.
Shunday qilib, korruptsiya-jamiyat va davlatning chirishidan iborat ijtimoiy
hodisa bo‘lib, bunda davlat xizmatchilari, davlat funktsiyalari va o‘zga boshqaruv
funktsiyalarini, jumladan, xususiy sektordagi funktsiyalarni bajarish vakolatlariga
ega bo‘lgan boshqa shaxslar o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining
maqomi va obro‘sidan xizmat manfaatlari hamda belgilangan huquq va axloq,
qoidalariga xilof tarzda shaxsiy boyish yo‘lida foydalanadilar.
Hokimiyat organlaridagi korruptsiyaga kelsak, bizningcha, uni quyidagicha
ta’riflash mumkin: korruptsiya — davlat hokimiyatining chirishidan iborat ijtimoiy
hodisa bo‘lib, bunda davlat xizmatchilari, davlat funktsiyalari va uzga boshqaruv
funktsiyalarini, jumladan, xususiy sektordagi funktsiyalarni bajarish vakolatlariga
ega bo‘lgan boshqa shaxslar o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining
maqomi va obro‘sidan xizmat manfaatlari hamda mavjud huquq va axloq,
qoidalariga xilof tarzda shaxsiy boyish yoki guruxiy manfaatlar yulida foydalanish
tushuniladi.
Jahon tajribasiga ko‘ra, nodavlat tashkilotlari yoxud xususiy sektordagi
korruptsiya hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti)
rahbari uning nizomida ko‘rsatilgan vazifalarga rioya etishi shart, biroq, u huddi
davlat amaldori singari o‘z shaxsiy g’araz manfaatlari yo‘lida yoki boshqa birov
foydasiga o‘ziga tegishli bo‘lmagan boyliklarni tasarruf etish, tashkilot manfaat-
lariga zid harakatlar qilish imkoniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |