Ijtimoiy farovonlik bo’yicha xalqaro Kengash (ICSW)
Mazkur Kengash (avval u ijtimoiy ish bo’yicha konferentsiya deb atalar edi) 1928 yilda asoslangan va hozirgi kunda u ijtimoiy xodimlarning Xalqaro Federatsiyasi va Ijtimoiy ish Maktablarining Xalqaro Uyushmasi singari ijtimoiy farovonlik, ijtimoiy adolat va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish bilan shug’ullanadigan uchta eng yirik nohukumat tashkilotlarining biridir.
Mintaqaviy bo’limlarda milliy ijtimoiy, davlat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarini, ijtimoiy soha va sog’liqni saqlash tizimida ishlaydigan ilmiy tadqiqot institutlarini birlashtiradigan mamlakatlarning milliy komitetlari jamoaviy a`zolar hisoblanishadi.
o’z faoliyati kontseptsiyasiga binoan, Kengash hayot, oziq-ovqat, boshpana, ta`lim, salomatlik, g’amxo’rlik va xavfsizlikka bo’lgan asosiy huquqlarni himoya qilar ekan, ularni ozodlik, adolat va tinchlikning poydevori hisoblaydi.
Ijtimoiy farovonlik bo’yicha Xalqaro Kengash kambag’allik, muhtojlik, insonning zaifligi darajasini kamaytirishga; o’zini ifoda qilish erkinligi va ijtimoiy ne`matlarga odamlarning teng daxldorligini ta`minlash, odamlar turmush darajasi o’rtasidagi tafovutni pasaytirishga, ijtimoiy boshpanasiz qolganlar miqdorini ozaytirish, ommaviy migratsiya va irqiy nizolar va boshqalarni yo’q qilishga ko’maklashadi.
Bu vazifalarni bajarish uchun Kengashning tuzilmaviy bo’linmalari axborot to’plash va tarqatish, tadqiqotlar o’tkazish va ularni tahlil qilish, seminar va konferentsiyalar tayyorlash va o’tkazish bilan shug’ullanishadi, nohukumat tashkilotlarni mustahkamlashga qaratilgan choralar ko’rishadi. Kengash jamoa va davlat tashkilotlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirishga katta e`tibor beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi (YUNISEF)
Bosh Assambleyaning 1946 yildagi birinchi sessiyasida urushdan keyingi Evropa va Xitoydagi bolalarning oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechakka bo’lgan eng zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida ta`sis etilgan. Bosh Assambleya qabul qilgan qarorga ko’ra, Jamg’arma faoliyatining asosiy yo’nalishi qilib rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar manfaatlari yo’lidagi dasturlarni amalga oshirish belgilangan.
Gumanitar yordam ko’rsatish va taraqqiyotga ko’maklashish bilan bir qatorda YUNISEF dunyodagi har bir bolaga bolalar huquqlari to’g’risidagi Konventsiyada e`lon qilingan o’zining tayanch huquq va imtiyozlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatlarini ta`minlashi ham kerak.
YUNISEF bola huquqlari masalalari bilan shug’ullananadigan, Konventsiyaning bajarilishini nazorat qiladigan, Konventsiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo’shilgan davlatlarga o’z majburiyatlarini bajarishda yordam beradigan bola huquqlari bo’yicha Komitet bilan hamkorlik qiladi. YUNISEF o’z faoliyatida 1990 yil sentyabrida N’yu-Yorkda bolalar manfaati yo’lida o’tkazilgan oliy darajadagi Umumjahon uchrashuvida qabul qilingan 90-yillarda bolalarning yashashi, muhofazasi va rivojlanishini ta`minlash to’g’risidagi Umumjahon Deklaratsiyasini amalga oshirish bo’yicha harakatlar rejasiga asoslanadi.
Ijtimoiy hamkorlik bo’yicha xalqaro markazlar
Markazlar Ikkinchi jahon urushidan keyin BMT tashabbusi bilan insonning ijtimoiy huquqlari holatini muvofiqlashtirish, o’zaro hamkorlik dasturlari va bolalar, yoshlar, nogironlar, oilalar singari guruhlarga nisbatan ijtimoiy yordam loyihalarini tayyorlash maqsadida vujudga keldi. Ijtimoiy farovonlik bo’yicha siyosat va tadqiqotlar Evropa Markazi 1974 yilda ijtimoiy rivojlanish va mutaxassislar tayyorlash masalalari bo’yicha xalqaro va nohukumat tadqiqot organi sifatida tashkil topdi.
Markaz bolalik ijtimoiy fenomen sifatida; bo’lg’usi ijtimoiy siyosat oqibatlari; ijtimoiy sektordagi o’zgarishlar; qariyalarga yordam ko’rsatish siyosatidagi innovatsiyalar; xususiylashtirishning muqobili bo’lgan ijtimoiy ta`minot xizmatlari tizimidagi shirkatlar singari ijtimoiy hamkorlik loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Ijtimoiy xizmatchilarning Xalqaro Federatsiyasi (IXXF- IFSW)
Bu tashkilotning salafi 1928 yilda ettita milliy Uyushmalar tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro muvofiqlashtiruvchi organ – ijtimoiy xizmatchilarning Doimiy kotibiyati bo’lib, 1956 yilda u eng qudratli nohukumat tashkilotlaridan biriga aylandi. xozirgi kunda IXXT 70 milliy uyushmani, 400 ming a`zoni birlashtiradi. Federatsiyaning asosiy hujjatlari Nizom, ijtimoiy xizmatchi kasbidagilar etikasining Xalqaro Kodeksi va Ijtimoiy sohada axloqiy tamoyillar Deklaratsiyasi hisoblanadi. IXXT kontseptsiyasiga ko’ra “Ijtimoiy ish gumanistik ideallarga tayanadi va u inson ehtiyojlarini qondirishga, shaxs ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan”.
quyidagilar eng muhim maqsadlar sifatida e`lon qilingan: ijtimoiy ishni kasb sifatida takomillashtirish; ijtimoiy rejalashtirish, ijtimoiy siyosatni shakllantirish masalalarida milliy uyushmalarni qo’llab-quvvatlash; butun dunyo ijtimoiy xizmatchilarining tajriba almashishi, o’zaro muloqotlarini kengaytirish; ijtimoiy xizmatchi etikasi Kodeksiga rioya qilish va uni takomillashtirish.
Kasbiy uyushma: axborotni va a`zolar tarkibiga qaratilgan tsirkulyar maktublarni tashkilot byulleteni orqali tarqatadi; kasb muammolarini muhokama qiladi; a`zolari orasida mablag’lar to’playdi; talabalar va endi ish boshlayotgan vakillarni ishga joylashish va malaka oshirish imkoniyatlari to’g’risida xabardor qiladi.
o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar
Ijtimoiy sohadagi qaysi xalqaro tashkilotlarni bilasiz? Ijtimoiy sohadagi tashkilotlardan biri to’g’risida axborot tayyorlang.
V aziyat
Bolalarni giyohvand moddalar iste`mol qilishdan qanday qilib saqlash mumkin? Giyohvandlik va alkogolizmning oldini olish bo’yicha sizning mintaqangiz, shahringiz, tumaningizda qanday dasturlar amal qilmoqda? Sizning hududingizda qancha giyohvand bolalar ro’yxatdan o’tkazilgan? Giyohvand moddalarni ishlab chiqarayotgan, tarqatayotgan va iste`mol qilayotgan odamlarga nisbatan qanday jinoiy jazo choralari ko’rish mumkin? “Giyohvandlikka yo’l yo’q” mavzusidagi rasmlar va plakatlarga tanlov e`lon qiling. Ulardan ko’chma ko’rgazma tashkil qiling, hududingizdagi ta`lim va tibbiyot muassasalarida uning taqdimotini o’tkazing.
Giyohvandlikdan sog’ayish amalda mumkin emas. Bu OITSdan davolanishga o’xshaydi. xozircha vrachlar faqatgina uzoq muddatli remissiyaga – butun hayot bo’yi davom etishi mumkin bo’lgan o’zini tutishga erishishdi. JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) “sog’ayganlar” to’g’risida quyidagi o’rtacha raqamlarni keltiradi: giyohvandlar orasida bir yilgacha davom etgan remissiya 5-7 %. XX asr so’nggida giyohvandlarning o’rtacha yoshi 14 yoshni tashkil qildi, geroin iste`mol qiladigan giyohvandlar orasida 11 yoshlilar, toksikomanlar orasida esa, 5-6 yoshlilar ham uchraydi. Giyohvandlar V va S gepatiti va OITS virusining asosiy tashuvchilari hisoblanadi. Olimlarning prognozlariga ko’ra, 2005 yilga kelib, tomirga in`ektsiya oladigan giyohvandlarning 90 %i o’ziga OITS virusi yuqtiradi.
Amaliy topshiriq
Mijoz shaxsiyati tavsifnomasini tuzish
Ko’pgina tadqiqotlar ko’rsatishicha, ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xizmatchilarning psixologik-pedagogik bilimlarni takomillashtirishni hohlamasligi ular tomonidan mijozni “oddiy turmush” psixologiyasi darajasida tushunishga olib keladi. Odatda, mutaxassislar mijoz shaxsiyati timsolini uning tozaligi, tashqi jozibasi asosida tuzishadi. SHuning uchun ular tomonidan tuzilgan tavsifnomalar chala, psixologik jihatdan esa etarli darajadagi savodxonlikka ega emas. Bunday mutaxassislar mijoz hayotidagi alohida sifat va faktlarni ularning shaxsiyatidan alohida holda idrok etishadi, ularning alohida hatti-harakatlaridagi niyat va maqsadlarni aniqlashadi, shaxsning barqaror etakchi niyatlarini esa tushunishmaydi. Mijozlarga shaxsiyatsiz yondashuv, ularning talablariga, manfaatlariga etarli e`tibor bermaslik o’zaro tushunmaslik, ishonchsizlik konfrontatsiyaga olib keladi.
Savodli tuzilgan tavsifnoma – mijozning yashirin zahiralariga kirib borish, uning xarakteri va qobiyatlaridagi kuchli jihatlarga tayanish va shu tufayli maksimal darajadagi pedagogik samaraga erishish.
Mazkur uslubiyat ijtimoiy xizmatchi tomonidan asosiy psixologik-pedagogik va ijtimoiy-pedagogik bilimlar va ko’nikmalarni egallash darajasini aniqlashdan tashqari kasbiy mahoratni egallashda ko’maklashadigan asosiy sifatlarning rivojlanish darajasi to’g’risida dastlabki xulosa qilishga ham imkon beradi:
odamlar bilan ishlashga barqaror qiziqish va mayl;
kuzatuvchanlik va sabr-toqat;
tahlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish qobiliyati;
ijodiy tasavvur;
pedagogik takt.
Yo’riqnoma: har bir o’quvchi oldindan kelishilgan muddatda kuchli, o’rtacha va zaif bilimlar va ko’nikmalar darajasiga ega guruhlardagi bittadan o’quvchiga individual tavsifnoma taqdim qiladi. Tavsifnomaning tuzilishi, mazmuni, shakli, hajmi va boshqa parametrlari har bir o’quvchi tomonidan mustaqil belgilanadi. Tavsifnomaning taqdim qilinayotgan taxminiy rejasi tavsiya xususiyatiga ega. Mazkur tavsifnomalar haqidagi xulosa (zarur bo’lgan taqdirda) bola, uning ota-onalari va pedagoglari bilan suhbat o’tkazilgandan keyin o’qituvchi yoki psixolog tomonidan chiqariladi.
o’quvchining individual tavsifnomasi rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |