15-mavzu. Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar
F.Teylor va Dj. Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va ularning
umumiy tavsifi. Dinning xissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari. Diniy
arxitektura.
Mustaqil Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1998 yilda bo’lib o’tgan
bir guruh tarixchilar bilan bo’lgan suhbatida, har qanday tsivilizatsiya ko’pdan-
ko’p xalqlar, millatlar, ellatlar faoliyatining va samarali ta’sirining maxsulidir» -
deb ta’kidlar ekan, «Biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz, o’zbekchiligimiz
haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak» degan muhim masalani o’rtaga
qo’ydi.
Har qanday xalqning kelib chiqishi (etnogenezi) murakkab va dolzarb muammo
bo’lib, umum tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu kunlarga
qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi to’g’risidagi masala alohida fan
sifatida shakllanib etmagan, ammo yaqin kelajakda o’zida qator ijtimoiy va tabiiy
fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fanining yuzaga kelishiga shubha
qilmasa ham bo’ladi.
Tarix, arxeologiya, tilshunoslik, toponomiya, etnografiya kabi fanlarning jahon
miqiyosida qo’lga kiritgan yutuqlarini, ilmiy jihatdan muhim fikr mulohazalari va
xulosalarini mensimay, tor millatchilik doirasidan chiqa olmay muloxaza yuriti
nafaqat fanda, balki siyosatda ham eng katta zararli xolatlarga olib kelishi mumkin.
Shu sababli ham o’zbek, tojik, turkman, kirgiz va boshqa Markaziy Osiyo elat va
xalqlarning etnogenezi, ya’ni kelib chiqishi muammolarini faqat jaxon fani
yutuqlariga tayangan xolda to’g’ri, ob’ektiv va xolisona xalq etish mumkin.
O’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nixoyatda murakkabva juda uzoq
tarixga ega bo’lgan jarayondir. Bu soxada fan xozirgi kunga qadar ma’lum
yutuqlarga
erishgan.
Xususan,
Farg’ona
vodiysidagi
Selung’ur
va
Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari
O’zbekistonda, Afrika va Old Osiyo xududlari bilan bir qatorda, xozirgi zamon
odamlarining paydo bo’lishi jarayoni yuz bergan xudud tarkibiga kirishi fanda
uzil-kesil isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan «Markaziy Osiyo,
jumladan O’zbekiston, qadimiy davrlardagi mongoloid irq shakllangan xududga
kiradi», degan fikrning ilmiy asossizligini antropologik ma’lumotlar tasdiqladi.
O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganish qancha uzoq ya’ni eng qadimgi
davrlardan boshlansa, shunchalik uning tarkibiga hozirgi kunga qadar saqlanib
kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri va
uning nisbiy miqdori to’g’risida kengroq fikrga ega bo’lamiz.
Keyingi davrda o’tkazilgan tadqiqotlarda, Markaziy Osiyoda, jumladan xozirgi
O’zbekiston xududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik jihatdan evropeoid
irqining janubiy yoki O’rta Er dengizi pushtiga yaqin ekanligi isbotlangan.
O’zbeklarning janubiy evropeoid irqining o’ziga xos pushti ekanligi janubiy
O’zbekistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste davriga oid
paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali isbotlash mumkin.
Mazkur irqqa o’xshash tiplarning O’rta Er dengizi, Old va Janubiy Osiyoning
ayrim rayonlarida topilganligi diqqatga sazovordir.
Surxandaryo va Farg’ona vodiysining turli joylaridan topilgan har xil qurol va
buyumlar, madaniy qatlamlar bu erda yashagan aholi, teshiktoshliklar singari,
ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanib, olovdan keng foydalanganliklari
to’g’risida xulosa qilishga imkon berdi.
Demak, arxeologik va poleantropologik tadqiqotlarga qaraganda, tarixiy-madaniy
va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston insoniyat taraqqiyotining
eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog’liq bo’lgan. Balki paleolit davrida
Markaziy Osiyoga axoli Old Osiyodan kuchib kela boshlagan va keyinchalik ovchi
va terimchi qabilalarning ko’chish jarayoni davom qilib turgandir. Bunga Machoy
g’oridan topilgan mezolit (eramizdan avvalgi UP-U! ming yilliklar) davriga oid
odam suyagi qoldiqlari va juda ko’p moddiy buyumlar dalil bo’ladi.
Bu makondagi madaniy qatlamlarga o’xshash topilmalar Toshkent voxasida,
Turkistonda Janubiy Kozog’iston va OlD Osiyo mamlakatlaridagi mezolit
obidalaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Paleontropologik tadqiqotlar mazkur
makonlarda yashagan axoli evropeoid irqiga mansub ekanligini tasdiqlagan.
Topilmalar Markaziy Osiyo axolisining eng qadimiy davrlardan qo’shni elatlar,
ayniqsa davrlardan janubiy va g’arbiy qabilalar bilan aloqada bo’lganligini
isbotlaydi.
Arxeologik tadqiqotlarning natijalariga qaraganda Markaziy Osiyoda yashagan
xalqlarning paydo bo’lishi mazkur xo’jalik-madaniy tiplarning tarixi bilan bevosita
bogliq bo’lib, ularning etnik xususiyatlarini belgilab bergan. Markaziy Osiyoning
janubida, shu jumladan Farg’onada eneolit va bronza (Mil. Avv. II ming yillik
boshlarida (sun’iy sug’orish dehqonligi, tosh qurollar bilan birga ilk metall
qurollarining ishlatilishi, ham eshitdan qurilgan uylarning, charxda yasalgan
bezakli sopol idishlarining paydo bo’lishi maxalliy qabilalarning joylashishi va
ularning aloqalari qanday bo’lganligidan dalolat beradi. Arxeologlarning fikricha,
eramizdan avvalgi II ming yillik o’rtalarida Amudaryo qo’yi oqimida paydo
bo’lgan Tozabog’yob madaniyati Janubiy Ural bo’yi davlatlarida shakllanib,
Xorazmga Shimol-Sharq Orolbo’yi orqali kelgan, deb faraz qilinadi. Tozabog’yob
madaniyatining tarqalgan davri Xorazmda eng qadimgi irigatsiyaning paydo
bo’lishiga to’g’ri kelgan.
Eramizdan avvalgi II ming yillik o’rtalarida Xorazmga Tozabog’yob madaniyatiga
oid qabilalarning kelishi hind-evropa va xind -eronlik qabilalarning shimoli-
g’arbdan katta ko’chishi bilan bog’liq bo’lishi extimoldan xoli emas. Keyingi
vaqtda o’tkazilgan qazilmalar ham Markaziy Osiyoning janubiy mintaqalarida
Tozabog’yob madaniyatining ta’siri kuchayganligidan, dasht qabilalarining
Markaziy Osiyoga yirik ko’chishlardan darak beradi. Bunday qabilalarning janub,
janubi-shark tomon kuchli harakati er. Avval. II ming yillik oxiri 1 -ming yillik
boshlarida ro’y berganligi tarixdan ma’lum. Bu xarakatda suerg’on madaniyatiga
ega qabilalar ham ishtirok qilgan. Arxeologik materiallar mazkur chorva
qabilalarining (mil.avv. XMX asrlarda) O’zboy, Atrek, Tejen, Murg’ob,
Amudaryo, Sirdaryo kabi daryolar bo’ylab ko’chib o’tganligini tasdiqlaydi.
Paleontropologik ma’lumotlarga qaraganda, paleolit davrida Old Osiyodan shimoli
-g’arb tomon, ya’ni O’rta Osiyoga ochilgan ko’chish yo’li keyingi neolit va jez
(bronza) davriga kelib yanada kuchayadi. Yangi davrda mazkur tarixiy -madaniy
va etnik aloqalar yanada kuchayganligini arxeologik qazishmalar ham tasdiqlaydi.
Ayniqsa jez (bronza) davriga oid topilgan ko’p sonli qabrlar o’sha vaqtda yashagan
aholining antropologik tuzilishini aniqlashga yordam beradi. Antropolog olim T.K.
Xo’jayov ta’rificha, O’zbekistonga shimoliy-g’arbiy tomondan Evropaning yuqori
paleolit, mezolit va neolit aholisi vakillari kela boshlagan, janubda esa, janubiy
evropeoid tiplar kelib, O’zbekiston axolisining ko’pchilik qismini tashkil qilgan.
Uning taxminicha, o’sha davrdan boshlab o’zbek xalqining shakllanishida o’ziga
xos evropeoid komponentlar asos bo’lgan. Mazkur fikrni arxeologik kashfiyotlar
ham tasdiqlaydi. (I.Jabborov. O’zbek xalqining etnografiyasi. _T., «O’qituvchi»,
1994,58-bet).
Eramizdan avvalgi I ming yillikda Markaziy Osiyoda ijtimoiy iqtisodiy
o’zgarishlar ro’y berdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shaxar-
qal’alarning paydo bo’lishi, yirik sug’orish va mudofaa inshootlarining qurilishi
dastavval tekin ko’l mexnatisiz mumkin eamas edi.
Milodiydan avvalgi USh-UP asrlarda tashkil topgan qadimgi Baqtriya va
Xorazmda yashagan xozirgi o’zbek, tojik va qisman turkmanlarning ajdodlari
asosan eroniy tillarning sharqiy shaxobchasi va qisman turkiylashgan sak yoki skif
tillarida gapirishganlar.
O’zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig’i irqining shakllanish davri,
makoni va tarixi masalalarida fanda yaqin-yaqingacha yagona fikr yo’q edi. Bir
gurux olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi gurux mutaxasislar 3
ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi guruh olimlari esa XVI asrlarda
shakllandi, deb hisoblar edilar. Antropologik izlanishlar natijasida mualliflar ikki
daryo oralig’idagi irqning shakllanishi, juda boy antropologik ma’lumotlar asosida,
bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganligini isbotladilar. Qator ilmiy asarlarda
o’zbek xalqining shakllanishida bir qator muhim darlar sanab o’tilgan. Bular
qatorida Ahamoniylar, Iskandar Zulqarnayn Arab xalifaligi, mug’ullar istilosi tilga
olinadi. Haqiqatan, bu bosqinchiliklar Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston
xalqlari madaniyatiga tiliga, turmush tarzga, tabiiyki, o’z ta’sirini o’tkazgan.
Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlarning brqiy va etnik tarixiga ta’siri o’ta
kam bo’lganligini alohida ta’kidlash kerak! Antropologik nuqtai nazardan
qaraganda,
ular
mahalliy
xalq
qonini
yoki
gegetikasini
tubdan
o’zgartiraolmaganlar, o’zgartirishlari ham mumkin emas edi. Chunki hech qachon
kelgindilar mahalliy aholidan ustun bo’lishi mumkin bo’lmay, balki ko’psonli
mahalliy axoli tarkibiga ular ketib, mahalliy aholi, xususan, O’zbekiston hududida
barcha tarixiy davrlarda (maxsus antropologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha
(mahalliy xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo’lgan.
Bu masalaga Prezident I.Karimov tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda aniq
va ravshan hamda mutlaqo inkor etib bo’lmaydigan o’z nuqtai nazarini bildirib,
fikrimizcha, oxirgi nuqtani qo’ydi:
«.. Movarounnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib
kelmagan, qo’p yillar, balki, asrlar davomida yurtimizda ne-ne o’zga sulolar
hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so’z bilan aytganda, ming yillar davomida
yurtimizga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr
keldi, Arabistondan Qutayba, Mo’g’ilistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari
keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo’sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki
kuch- qudratiga o’zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan o’troq
yashagani, ilm-ma’rifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bo’lgani, o’z urf-
odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi? .. » Islom Karimov yana shuni
ta’kidlab aytdilarki:
«.. Dunyo xalqlari va xususan, yurtimiz taraqqiyot yo’lining asosiy qonuniyatlarini
mantiqiy taxlil qilsak, shu narsa ayon bo’ladiki, Aleksandr ham (uni Sharqda
ko’proq Iskandar Zulqarnayn degan nom bilan bilishadi), Qutayba ham,
Chingizxon ham general Chernyaev ham, umuman, kim bo’lmasin, yurtimizga bir
necha un ming yo bir necha yuz ming lashkari bilan kelgan, ishg’ol qilgan va bu
erdagi siyosiy hokimiyatni qo’lga olgan. Yana takrorlayman: siyosiy hokimiyatni.
Tamom, to’g’ri hukmronliklari mobaynida ular mamlakatimizning iqtisodiy,
savdo, ilmiy madaniy imkoniyatlardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga zo’r
berganlar. Biroq, shu erda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini,
uning ko’p ming yillik madaniyatini yo’q qilolmaganlar, qilolmasdilar ham! «Tarix
-xalq ma’naviyatining asosidir»
O’zbek xalqining etnik shakllanish tarixi asosan uchta tarixiy davrga bo’linadi:
Birinchi davr: Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdan milodiy VIII asrga bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Mil. Avv. III-II asrlarda Markaziy Osiyo dasht
mintaqalarida hozirgi o’zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllana boshlagan.
Bu esa fanda yaqingacha keng tarqalgan fikrlar,ya’ni o’zbeklarga xos Markaziy
Osiyo ikki daryo oralig’i irqi avvalo Volga daryosi bo’ylarida va Uralda sarmot
qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi, degan yoki bir irq
Baykal ko’li atrofida shakllanib tayyor xolda mahalliy aholiga o’z irqini tarqatdi,
degan fikrlardan voz kechishni taqozo etadi.
Tadqiqotlarga ko’ra, Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona, Parkana, Toxariston, Choch
xududlarida o’troq va ko’chmanchilik bilan shug’ullanib kelgan ajdodlarimizning
turmush tarzi bir biriga chambarchas bog’liq bo’lganligi aniqlangan. Shu
xududlarda asrlar davomida yashab kelgan massagetlar saklar, xorazmiylar,
baxtrlar, sug’diylar, toxarlar, davonliklar o’zbek xalqining asosini (etnogenezi) ni
tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqotlar o’zbeklarga xos antropologik qiyofasi,
dastavval, Sirdaryoning o’rta xavzasi tumanlarida, ya’ni Toshkent voxasi,
Farg’ona vodiysi, qisman Xorazmda va janubiy Qozog’istonning Chimkent
viloyati, Ettisuv mintaqasida mil. Avv. I ming yillik oxirida shakllana
boshlaganligi aniqlanadi. Mil. Avv. III-II asrlarda bu axoli bir necha yo’nalishda
Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlariga kirib borgan. Bu
antropologik tadqiqot natijalari yozma manbalarda ma’lum bo’lgan xalqlarning
janubga yurishi va Yunon -Baqtriya davlatining tor-mor etilishi va Buyuk Kushon
saltanatining barpo bo’lishi davriga mos keladi.
O’zbeklarning kelib chiqishi qadim tarixida saqlar, massagetlar, toxarlar nomi
bilan mashxur bo’lgan va qadim zamonlarda Markaziy Osiyo hamda uning tevarak
atrofida ko’chib yurgan xalqlarga Sug’d, Xorazm, Baqtriya, Parkana (Farg’ona) va
Shoshning qadimiy xalqlariga borib taqaladi. O’shanda ular yashab turgan voxa
nomi bilan sug’diylar, xorazmiylar, baqtriyaliklar, parkanaliklar, toshkentliklar deb
atalib tarixda qolgan.
O’zbek va tojikning xalq bo’lib shakllanishida mil. Avv. Birinchi ming yillikning
oxirlari va milodiyning dastlabki asarlarida Jayxun va Sayxun oralig’iga ko’chib
o’tgan bir qator turkiyzabon xalqlar va Jayxunning janubidan ko’chib o’tgan fors
tilida so’zlashuvchi qabilalar, shuningdek IV-V asrlarda bu erga shimol tarafdan
ko’chib o’tgan xionit kidarit va eftalit deb ataluvchi xalqlar va nixoyat, UGUP
asrlarda Markaziy Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatgan G’arbiy Turk
hoqonligining turkiyzabon xalqi katta rol o’ynaydi.
O’zbek xalqining etnik shakllanishidagi ikkinchi muxim davr bu IX-XII asrlar
hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekiston hozirgi
o’zbeklarga xos qiyofa mahalliy aholining asosiy qismini tashkil etgan. Ilgarilari
bu jarayonni faqat XIXII asr etnik jarayonlari bilan bog’lab qurilgan. Keyingi
yillardagi topilgan shu davr materiallarini ikki tarixiy davrga ya’ni IX-X va XI-XII
asrlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. IX asrda
O’zbekiston xududida, tadqiqotlar natijasiga qaraganda, axolining antropologik
qiyofasida keskin o’zgarishlar yuz bergan. Bu o’zgarishlar arxeologik qazishmalar
natijasida ham kuzatilgan. O’zbeklarning elat sifatidagi shakllanish davri fanda XI-
XII asrlar bilan izlanib kelinar edi. Tadqiqot natijalari bu jarayonni IX-X asrlarga
oid deyilishiga asosdir.
O’zbeklarning etnik tarkibi IX-XII asrlarda boyidi va takomillashdi. X asir oxiri -
XI asr boshlarida qoraxoniylar bilan birga Oltoy, Ettisuv va Sharqiy Turkistondan
Movarounnaxrga
ko’chib kelgan bir talay aholining etnik jihatdan
takomillashuviga ta’sir qildi. Qoraxoniylar davrida o’zbek tiliga asos bo’lgan
qorluq-chig’il lahjasi rivojlandi va yozma adabiyot darajasiga ko’tarildi va ushbu
lahja o’zbek xalqining umumiy tiliga aylandi.
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilik», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’at
at -turk», Hoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari» asarlari o’sha davrning ajoyib
mahsulidir.
XSh asr boshlarida yurtimizga Chingizxon katta qo’shin bilan bostirib kirdi. Bu
qo’shin tarkibida mo’g’ullar bilan bir qatorda ko’plab turklar va turklashgan
mo’g’ullar bilan bir qatorda ko’plab turklar va turklashgan mo’g’ullar ham bor edi.
Bu qabilalar, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik tarkibini boyitdi.
Afsuski, fanda mo’g’ul istilosi Markaziy Osiyo axolisini keskin mo’g’ullashtirib,
o’zgartirib yubordi, degan fikr ham bor. Lekin olimlarimizning olib borgan maxsus
tadqiqotlari bu masalaga oydinlik kiritdi. Mo’g’ul istilosi O’zbekiston axolisining
tashqi qiyofasiga sezilarli izlarini qoldirmaganligini ta’kidlamoq kerak. Sababi,
Chingizxon XP asr oxirida tashkil etgan yirik Mo’g’ul davlatida mo’g’ullar soni
taxminan 0,7 million kishidan iborat bo’lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka
olingan bo’lsa. Unda mo’g’ul qo’shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat
bo’lgan. Lekin o’sha davrdagi 80 million axolisi bo’lgan Xitoyga yurishi davrida
mo’g’ullar o’z qo’shinlarining ko’p qismini yo’qotganlar. Ular Movarounnaxrning
bostirib kelganida qo’shinlarning ko’pchiligi turkiy xalqlardan tashkil opgani
ma’lum. Bu davrda Muxammad Xorazmshox davlatida 20 million axoli yashagan.
Tabiiyki mo’g’ul qo’shinlari ko’p sonli maxalliy axoli tarkibiga o’z asoratini
o’tkaza olmagan. Shuning uchun ham maxxalliy axolida mo’g’ul irqi alomatlari
deyarli namoyon bo’lmagan.
O’zbek xalqining etnik shakllanishida uchinchi davr XU asr oxiri - XVI asr
xisoblanadi.
Bu davrda siyosiy va iqtisodiy jixatdan ancha bo’shashgan Markaziy Osiyoda
maxalliy hokim va podsholar orasidagi taxt talashishlar, xalq ommasining og’ir
axvolga tushib qolishi qo’shni kuchlanchi o’zbeklarga qo’l kelgan edi. Temuriylar
sulolasining oxirgi hokimlari, jumladan Farg’ona hokimi Bobur va Xirot hokimi
Xusayn Boyqarolar Dashti Qipchoqdan kelgan qudratli Shayboniyxon
boshchiligidagi ko’p sonli qo’shinlar oldida ojizlik qiladilar. Shunday qilib, hozirgi
O’zbekistonning Zarafshon, Surxandaryo va Qashqadaryo vodiylarida, Xorazm
voxasi va boshqa rayonlarda Shayboniyxon bilan kelgan «o’zbek» nomli turkiy
tildagi qabilalar ham o’rnasha boshlaydi, maxalliy axoli bilan aralashib ketadi.
Ular yangi zamindor (feodal) larni barpo etib, ko’p erlarni zo’rlab musodara qilib
olganlar, Amir Temur yillar davomida to’plagan barcha boyliklarni o’z qo’llariga
kiritganlar.
O’sha davrda adabiy va tarixiy asarlar, xususan, «Shayboniynoma»,
«Nusratnoma», «Abdullanoma», «Alpomish» kabi asarlar o’zbek tilida keng
tarqaladi.
«O’zbek» atamasi ilmiy jixatdan hali to’liq aniqlanmagan. Dastlab bu so’znoi arab
muallifi Usam ibn Munqiz (XP asr oxirlari) asarlarida uchratamiz. Keyin
Rashididdin solnomalarida Jaloliddinning xarbiy navkarlaridan biri ham «o’zbek»
ismi bilan tilga olinadi. Atoqli tarixchi Hamdulloh Kazviniy (XU asr) Oltin O’rda
O’zbekxon bo’lgani, tegishli o’lkani esa «Mamlakati o’zbek» deb ataydi.
Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiylar o’beklarni Oltin O’rda nomi
bilan bog’liq degan fikrni bildiradilar. Boshqa manbalarga qaraganda, XU asar
oxiri - XU! asr boshlarida Abdulxayrxon va uning nabirasi Shayboniyxon
qarmog’idagi barcha qadila va elatlar birikmasiga umuman «o’zbeklar» deb nom
berilgan. Abdulg’ozining «Shajarai turk» asarida yozilganidek, Oq o’rda podshosi
Tuktaguxon o’lganda so’ng o’n uch yoshli o’g’li O’zbekxon taxtga kelgan. U ota-
bobosining dasturi bilan elni zabt etib, har kimni martabasiga loyiq hurmat qilib,
in’omlar bergan. «Barcha xalq uch soxibi davlatning sababindin sharafi islom
musharraf bildilar. Andin so’ng barcha Juchi elin o’zbek edi dedilar» (Abulg’rzi
Shajarai turk»).
Prezident I.Karimov bir gurux tarixchi olimlar, ziyolilar bilan bo’lgan suxbatida
o’zbek nomining qachon paydo bo’lganligi to’g’risidagi masalani qo’ydi. «Sovet
tarixshunoslarining yozishicha - dedi I.Karimov - go’yo XVi asrda bizning
zaminimizni qipchoq xonlari ishg’ol qilgandan keyin o’zbek nomi paydo bo’lgan
emish. Axir, biz Movarounnaxr deb ataydigan ikki daryo oralig’ida ungacha ham
xalq yashagan-ku!»
Biz Sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak, millatimiz tarixi mana shu
navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan degan noto’g’ri xulosa kelib
chiqmaydimi? Unda bizning necha ming yillik tariximiz qaerda qoladi?
Samarqand, Xiva ham, Buxoro ham o’zbeklarniki ekan, bu erlarda o’zbek davlati
bo’lgan ekan, necha endi o’z tariximizni XU! asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini
qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz kerak? Ungacha ham bu erda o’troq xalq
yashaganku! Bu erda ana shu o’troq xalqning madaniyati bo’lgan-ku! Kim
kelmasin, masalan, mo’g’ullar kelgan, XSh asrning 20 yillarida XIV asrning 70-
yillariga qadar hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati maxalliy madaniyatiga
singib ketgan. Bunda maxalliy xalqning madaniyati albatta, asos bo’lgan, ustunlik
qilgan. Biz xalqni nomi bilan emas balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz,
tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz. (I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak
yo’q» 17 bet)
XU!-XGX asrlar davomida o’zbeklarning etnik shakllanishi davom qilib,
o’zlarining urug’-qabilaviy nomlarini to bizning asrimiz boshlarigacha saqlab
kelganlar. Ular nafaqat etnik jixatdan balki turmush tarzi va ijtimoiy tuzumi bilan
ham o’zaro oz farq qilganlar. Ayrim o’zbek qabilalari o’troq dehqonchilikka to’la
o’tmagan ko’chmanchilik xo’jaligi va turmush an’analarini saqlab yarim o’troq
xolatda yashaganlar. Ular tillaridagi (shevasidagi) farq jixatdan ham ancha ajralib
turganlar.
Ammo Turki ston o’lkasi va o’zbek xonliklari rus mustamlakasi tufayli jaxon
kapitalistik munosabatlari girdobiga tortila boshlanadi. Shu davrda asta-sekin
milliy uyg’onish kurtak otaboshlaydi. Milliy burjuaziya paydo bo’ladi. Ular
o’zlarining mafkurachilari bo’lmish jadidlar orqali milliy g’urur va xis-tuyg’ular,
an’anaviy turmush tarzi va madaniyat ravnaqi uchun jiddiy kurash boshlaydilar.
Chor hokimiyatining mustamlakachilik siyosati mazkur jarayonga to’siq bo’lib,
o’zbek elining jaxon miqiyosidagi ijtimoiy chiqishini cheklab qo’yadi. Butun
Markaziy Osiyoning chorizm davrida sun’iy ravishda Turkiston general-
gubernatorligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligiga bo’linganligi ham maxalliy
elatlarning, shu jumladan o’zbeklarning milliy birligiga jiddiy to’siq bo’ldi.
Adabiyotlar.
1.
Stolyarenko V.E. «Antropologiya - sistemnaya nauka o cheloveke: uchebnoe
posobie dlya studentov VUZov». - 2-oe izd., Rostov-na-Donu: Feniks, 2004-384 s.
2.
Klod Levi-Stross. Strukturnaya antropologiya. - Moskva: Eksmo- Press, 2001.
3.
Orlova E.A. Vvedenie v sotsnalnuyu i kulturnuyu antropologiyu. M.,1994
4.
Umarov E. Kulturologiya. - T.: 2006.
5.
Ashirov.A, Atadjanov SH. Etnologiya: O‘kuv ko‘llanma. - Toshkent., 2007.
1.
Ashirov.A. O‘zbek xalqining qadimiy ehtiqod va marosimlari. - Toshkent.,
2007.
2.
Jabborov I. O‘zbek xalq etnografiyasi. T.: O‘kituvchi, 1994.
3.
Madaniy va ma’rifiy ishlar. Lug‘at. T„ 1996.
4.
Xolbekov A„ Idirov U. Sotsiologiya. T„ 1999.
5.
O‘rolov A„ Xojixonov M. Temuriylar ma’naviyati va madaniyat. Sug‘diyona,
1996.
6.
Mamajonova M. Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda madaniy
merosning axamiyati. Ijtimoiy fikr. Inson xuquqlari. 2002. № 1.
7.
Buddizm: istoriya i kultura. - M„ «Nauka», 1989
Do'stlaringiz bilan baham: |