15-MA’RUZA: ISPRING DASTURIDA MANBALAR YARATISH
Reja:
iSpring dasturi yordamida taqdimot shaklida multimediali o’quv ilovalarini yaratish.
iSpring Quiz Maker dasturi yordamida test savollarini yaratish.
iSpring Kinetics dasturi yordamida electron kitob, glosariy hamda kataloglar yaratish.
iSpring dasturi yordamida taqdimot shaklida multimediali o’quv ilovalarini yaratish.
iSpring Pro barcha slaydlar PowerPoint 2003,PowerPoint 2007, PowerPoint 2010, Point
2013 da slaydlar o‘zgarishi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. PowerPointdagi barcha harakatlarni nomlari bilan keltirilgan
3.1-rasm. iSpring Pro dasturining interfeysi
3.2-rasm. iSpring Pro dasturining ish qurollari
iSpring Pro ning PowerPointdagi uskunalar paneli iSpring o‘quv kursining asosi PowerPointda tuzilgan taqdimotlardir.
iSpring Pro yordamda PowerPoint dasturida tuzilgan taqdimotlarni,,
kompyuterga, e-mail pochtaga, FTP tarmog‘iga saqlash
fayl boshqaruvini sozlash,
ekran o‘lchamlarini sozlash
taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun Action Script API;
video tasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
YouTube ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyatlari mavjud.
iSpring Pro dasturining PowerPointdagi menyular satridagi uskunalar panelida 5 ta bo‘lim
bo‘lib, ularda quyidagi 15 ta nishonlar mavjud
1) Publish – saqlash bo‘limi;
Quick Publish – tez saqlash nishoni, biz nishon orqali tayyor sozlamalar orqali
taqdimotni saqlashimiz mumkin ;
Publish – saqlashni sozlash nishoni, bu nishoni orqali taqdimotni bir necha usulda
saqlashimiz mumkin, bu usullar quyidagi bloklar orqali amalga oshiriladi,
Web blogi taqdimotni web saytlar uchun mo‘ljallangan, kompyuter, E-mail, FTP tarmog‘i uchun va standart flash player fayli sifatida saqlashimiz mumkin;
CD blogida web blogidan farqli o‘laroq taqdimotni E-mail, FTP tarmog‘i uchun va standart flash fayl sifatida saqlash imkoniyatlari mavjud emas; iSpring online blogi esa taqdimotni to‘g‘ridan to‘g‘ri imkoniyatini beradi, lekin bu blog
faylni web blogidagi kabi saqlash imkoniyatlari bermaydi,
LMS blogi ham deyarli o‘xshash faqat HTML va EXE fotmatlarida taqdimotni konvertatsiyalashimiz mumkin emas.
Har bir blog oynasida General, Playback Navigation, Compession, Advanced,
Protection bo‘limlari mavjud
General saqlanayotgan fayl nomini, saqlanish joyini, fayl kengaytmasini (HTML, EXE,
Flash) tanlash, Flesh player ko‘rinishini tanlashimiz mumkin bo‘ladi,
Playback Navigation taqdimotdan foydalanish jarayonida tugmachalar va sichqoncha bilan boshqarishni sozlash bo‘limi,
Compession saqlanayotgan fayl sifatlarini belgilash va boshqarishni sozlash,
Advanced bo‘limida ekran o‘chamlari, ekran foni, macromedia flash dasturi versiyasi, aminatsiyalarni o‘tishi kabi sozlamar mavjud.
Protection himoya belgisini qo‘yish, internet adresini kiritish,himoya parolini kiritish, foydalanish vaqtini belgilash va taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina aylantirilishi ta‘minlash kabi sozlamalarni amalga oshiradi;
3.3-rasm iSpring Pro ning saqlash oynasi Presentation – taqdimot;
3.4-rasm taqdimot yaratuvchilarini tanlash
Presentation Explorer – taqdimot yaratuvchilarini tanlash, taqdimotdagi har bir slayd uchun aloxidadan yaratuvchi tanlash imkoniyati;
Links – sayt bilan bog‘lash, sayt adresi ko‘rsatiladi va u saytga taqdimotni
3.5-rasm taqdimot yaratuvchisini tanlash to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqarish imkoniyati bo‘ladi
Presenters – taqdimot yaratuvchilari, yuqorida aytib o‘tilgan taqdimot
yaratuvchilarini kiritish;Narration – Audio,Video fayllar bilan sinxronlash;
Record Audio–ovoz yozish,taqdimotga audio fayl biriktirish;
Record Video–Video yozish, taqdimotga video fayl biriktirish;
Manage Narration – sinxromlashni boshqarish, Audio, Video fayllarni va
animatsiyalarni biriktirishni boshqarish; (48-rasm)
2) Insert – fayllarni biriktirish;
Flash – Flash fayllarini biriktirish;
Quiz – iSpring Quiz maker dasturi fayllarini biriktirish;
Interaction – iSpring Kinetics dasturi fayllarini biriktirish;
You tebe – You Tube saytidagi video fayllarni biriktirish;
About – dastur haqida;
Help – yordam;
3.6-rasm sinxronlashni boshqarish oynasi
Update – yangilash;
About – dastur haqida;
Yuqoridagilardan bilishimiz mumkinki iSpring dasturi elektron va masofaviy ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun katta xizmat qiluvchi dasturlardan biri hisoblanadi biz bu dasturning iSpring Pro ilvasi orqali Microsoft office dasturlar paketiga kiruvchi Microsoft office PowerPoint dasturi menyular qatorida joylashadi va bu dasturda tayyorlangan taqdimotlarni swf, html va exe fayl kengaytmasi ko‘rinishlarida , E-mail, FTP tarmog‘iga, to‘g‘ridan to‘g‘ri internet saytiga va kompyuterning o‘ziga saqlash imkoniyatlari, taqdimotni yaratuvchsining mualliflik huquqini ta‘minlash, to‘g‘ridan to‘g‘ri audio va video fayllarni yozib, iSpring dasturining boshqa ilovalari fayllarini va You Tube saytidan video fayllarni biriktirish imkoniyatlari mavjudligi bilan boshqa dasturlardan ajralib turadi va ustunlik qiladi.
3.7-rasmga qarang iSpring Pro dasturini Publicatsiya oynasining Web bo‘limi 1) Главнаya – Flash taqdimotning chiqarish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |