O’zbekistonda bulutli hisoblash texnologiyalarini rivojlantirilishi
"O’zbektelekom" milliy telekommunikatsiya operatori 2016 yilning avgust oyida yangi "UZCLOUD" ma’lumotlarni uzatish markazini ishga tushirdi. Mutaxassislarning fikricha, faoliyati to’g’ridan-to’g’ri katta axborot oqimlariga tezkor va samarali ishlov berilishini uzluksiz ta’minlanishiga bog’liq bo’lgan mahalliy kompaniyalar uchun birinchi bo’lgan ma’lumotlar markazi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumot markazining saqlash hajmi joriy konfiguratsiyasi 1 petabaytli 160 bleyd-serverdan tashkil topgan va serverlar sonini 10 petabaytgacha kengaytirish mumkin.
Yaratilgan ma’lumotlar markazining asosiy afzalliklari turli xatoliklarga katta bardoshlilik va mehnat unumdorligidir. To’liq O’zbekiston sharoiti uchun loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. Quyidagi jadvalda O’zbekistonda tashkil etilgan data-markazda o’z faoliyatini yo’lga qo’ygan kompaniyalar to’g’risida ma’lumot berilgan.
2016 yilning noyabr oyida aynan shu yo’nalishda Huawei Tech Investment Tashkent" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Bulutli hisoblash O’zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo’lib o’tdi.
2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasida istiqbolli hamkorlik belgilab olindi.
IaaS bulut texnologiyalaridan O’zbekistonda avvaldan foydalaniladi, bu esa tashkilotlarga resurs talab qiladigan mijoz va tarmoq IT-
infratuzilmasi, ma’lumotlarga ishlov berish infratuzilmasi muammolaridan holi etadi. IaaS infratuzilma autsorsingidan foydalanib xizmatlar iste’molchisi ortiqcha xarajatlardan xalos bo’ladi.
"PaaS" bulut texnologiyalari O’zbekistonning yetarlicha moddiy bazaga ega
bo’lgan kam sonli ishlab chiquvchi kompaniyalar loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladi.
SaaS bulut texnologiyalari O’zbekistonda endigina joriy etib borilmoqda.
Secryptor dasturi kompyuterda joylashgan ma’lumotlar bazasida shakllantirilgan va yaratilgan fayllarni AES 256-bit blokli shifrlash algoritmi asosida shifrlash va deshifrlash imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, “bulutli hisoblash” texnologiyasi asosida ishlovchi Dropbox qismi mavjud bo‘lib, u foydalanuvchi ma’lumotlarini onlayn ko‘rinishda saqlashi mumkin.
“Bulutli hisoblash” hisoblash modeli hisoblanib, ma’lumot, fayl saqlovchilar, ilovalar uchun dinamik infratuzilmani ta’minlash uchun lokal yoki global tarmoqda ulangan ko‘p sondagi tizimlardan tashkil topgan. Bu texnologiya o‘zi bilan birga, hisoblashda xarajatlarni kamaytirish, ilovalar hosti, ma’lumot saqlovchilar va ma’lumot uzatishda katta imkoniyatlarni olib keladi.
“Bulutli hisoblash” texnologiyasi 3 ta katta turga ajratilib, bular quyidagilar:
Dasturiy ta’minot xizmati (Software-as-a-Service, SaaS):Ushbu modelda foydalanuvchiga tugallangan dasturiy ta’minot taklif etilib, cloud tizimida bitta xizmat asosida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Cloudning ushbu xizmat modelida foydalanuvchi kichik foydalanuvchi ilovasi (thin client) yordamida brauzer orqali tizimni boshqaradi. SaaS tizimi o‘zida ko‘plab ilovalarni qamrab olib, ular, ofis ilovalari, turli messenjerlar, to‘lovni amalga oshiruvchi maxsus ilovalar, ma’lumotlarni boshqaruvchi tizim ilovalari, boshqaruvchi ilovalar va ko‘plab turdagi ilovalarni o‘z ichiga oladi.
Platforma xizmati (Platform-as-a-Service, PaaS): PaaS xizmatida istemolchi IaaS xizmatidan foydalanib qurilgan tizim ustida, o‘zining istagan dasturiy vositani yaratish imkoniniga ega bo‘ladi. Ushbu imkoniyatlar dasturlarlash tillari, maxsus dasturlar yoki boshqa qo‘shimcha ilovalar ko‘rinishida bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda PaaS xizmati IaaS tizimida ixtiyoriy dasturlash tillaridan foydalangan holda yangi dasturlarni yaratish imkoniyatini beradi.
Infratuzulma xizmati (Infrastructure-as-a-Service, IaaS): Ma’lumotlar infratuzilmasi boshqa tizimlar, telefon tizimlari, yo‘l tizimlari kabi samarali model tomon harakatlanyapti. Infratuzulma xizmati tashkilotlarni internet tarmog‘i orqali ma’lumot saqlash tizimlari va hisoblash tizimlari bilan ta’minlab, istemolchi o‘zi uchun kerakli infratuzulmani qurishda IaaS xizmati ta’minlagan, serverlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, ma’lumot markazlari, tarmoq jixozlari va hak. aoydalanishi mumkin. Keng tarqalgan IaaS ga misol, Amazon Elastic Compute Cloud, GoGrid, 3 Tera.
15.1-rasm. DropBoxning umumiy arxitekturasi
Ushbu laboratoriya ishidagi Secryptor dasturi bulutli saqlash tizimlaridan biri DropBoxni o‘zida aks etgan. Ushbu xizmat ikki model, infratuzulma va ilova modeli (IaaS va SaaS) asosida ishlab chiqilgan va ushbu ikki modelni o‘zida kompleks ifoda etadi. Ushbu xizmat Python va Go dasturlash tillariga yozilgan bo‘lib, Microsoft Windows, Mac OS X, Linux, iOS, Android, Symbian, BlackBerry OS, va MeeGo Haarmattan operatsion tizimlarini qo‘llab quvvatlaydi.
Ushbu xizmatda dastlabki ulanishda boshlang‘ich 2 Gb hajmdagi joy bepul tarzda beriladi. Ushbu xizmatdan ShK orqali foydalanilganda maksimal bir fayl uchun 10 Gb joy ajratiladi. Ma’lumotni almashinish qulay bo‘lishi va tezkorligi uchun tizimda taqsimlangan katalog (shared folders) mavjud bo‘lib, bunda foydalanuvchi ushbu katalogga boshqa foydalanuvchilar foydalanishi uchun ularga ruxsat beradi. DropBox xizmatining umumiy arxitekturasi quyidagi rasmda berilgan.
Yuqoridagi rasmdagidek, DropBoxda ma’lumotlar va ular haqidagi ma’lumotlar alohida-alohida saqlanadi. Bu esa tizimdan foydalanishni osonlashtiradi.
Shifrlash va ilova xizmati. Ushbu xizmatda ananaviy tizimdagi kabi, ma’lumot shifrlangan holda saqlanadi. Shifrlash va ilova xizmatida ma’lumot bloklarga bo‘linadi va ushbu bloklar shifrlanib saqlanadi.
Ma’lumot saqlash serverlari. Ushbu serverda ma’lumotning shifrlangan bloklari saqlanadi. Ushbu serverda shifrlangan ma’lumotlarni butunligini ta’minlash maqsadida, Content-Addressable Storage (CAS) tizimlaridan foydalaniladi.
Metama’lumot serveri. Ushbu ma’lumotni saqlash tizimlarida ma’lumot haqidagi ma’lumot (uning nomi, turi, hajmi va hak.) saqlanadi. Ushbu ma’lumot foydalanuvchi akkauntiga bog‘liq holda saqlanadi. Ushbu metama’lumotlar MySQL-ma’lumot bazasida saqlanadi va foydalanuvchilar orasida taqsimlanadi.
Xabarlar xizmati. Ushbu xizmat DropBox akkauntlarida o‘zgarishlar amalga oshirilganligi haqida ma’lumot beradi. Ushbu ma’lumot metama’lumot serveriga uzatiladi va ushbu xabar asosida metama’lumotlar almashtiriladi.
DropBox ma’lumotni saqlash tizimi foydalanuvchi ilovasi uchta tizimda: veb, ShK va mobil telefonlar uchun mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |