PIYOZDOSHLAR OILASI-ALLIACEAE.
Morfologik ta'rifi. Piyozdoshlar oilasining vakillari ko‘p yillik, piyoz
boshli va maxsus hidli o‘t o‘simlikdir. Ular er sharining hamma qismida, uchraydi.
Barglari etli, tasmasimon yoki naychasimon.To‘pguli oddiy soyabonsimon. Gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6ta, asosiy qismlari
qo‘shilgan. Changchilar 6ta, urug‘chisi 1ta, 3 mevabargchaning qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha.
Ahamiyati. Bu oila vakillari, sabzavot o‘simligi sifatida ko‘plab ekib
o‘stirilib, ovqatga ishlatiladi va dorivor o‘simlik sifatida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |