15. BOSIM OSTIDA ISHLAYDIGAN APPARATLAR MUHOFAZASI.
REJA:
1. Ishlab chiqarishdagi katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskunalar, qurilmalar va idishlarning turlari.
2. Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskunalar, qurilmalar va idishlarni xavfsiz ishlatishning me’yoriy asoslari
3. Katta energiya va bosim ostidagi uskuna, qurilma va idishlarni ishlatganda yuzaga keladigan xavfli holatlar
4. Bosim ostida ishlatiladigan idishlarni tayyorlashga va konstruksiyasiga qo‘yiladigan asosiy xavfsizlik talablari
5. Bosim ostidagi idishlarning xavfsizligini ta’minlovchi saqlovchi va nazorat qiluvchi asboblar
1. Zich (germetik) yopilgan va ichida kimyoviy jarayonlar va issiqlik hosil bo‘lish jarayonlari kechishiga mo‘ljallangan, hamda suyuqliklar va gazlarni siqilgan, eritilgan va suyultirilgan holda saqlash, tashish va ishlatish uchun xizmat qiladigan sig‘imlar bosim ostida ishlovchi idishlar deb ataladi. Idishdagi kirish va chiqish shtutserlari ularning chegaralari hisoblanadi.
Bosim ostida ishlovchi idishlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
− sisterna – temir yo‘l vagoni ramasiga, avtomobil (pritsep) yoki boshqa biror harakatlanuvchi vosita shassisiga muqim o‘rnatilgan idish;
− bochka – bir joydan ikkinchi joyga dumalatib ko‘chiriladigan va toretsga qo‘shimcha tayanchlarsiz o‘tqazilsa bo‘ladigan silindrsimon yoki boshqa shakldagi idish;
− ballon – ventil yoki shtutserlarni mahkamlash uchun bitta yoki ikkita rezbali teshigi (og‘zi) bo‘lgan bosim ostida ishlovchi idish.
Ishlab chiqarishda kuchli energiya va bosim bilan ishlaydigan uskunalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi: bularga siqilgan, eritilgan va suyultirilgan gazlar saqlanuvchi ballonlar, suv isitish va suv bug‘i hosil qilish qozonlari, avtoklavlar, turli toifadagi ko‘chma va muqim turuvchi kompressorlar, kompressor stansiyalaridagi siqilgan havoni yig‘ish idishlari (resiverlar), obyektlardagi yuqori temperaturali va bosimli bug‘ va gaz quvurlari va boshqalar kiradi.
Gaz ballonlari gazlarni siqilgan, suyultirilgan va eritilgan holda saqlash, tashish va ishlatish uchun xizmat qiladi, masalan, kislorod, azot, atsitelen gazlari va boshqa (17.1 – rasm.).
17.1 – rasm. Yuqori bosim ostida ishlovchi ballonlar:
a - kislorod balloni; b - atsetilen balloni; v - propan-butan balloni; 1-qalpoqcha; 2 - ventil; 3 - gorlovina rezbasi; 4 - idish pasporti ma’lumotlari; 5 - uchuvchan massa; 6 - belbog‘; 7 - tayanch boshmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |