15-amaliy ishi Modda miqdori va sarfini o‘lchash asboblari: toraytiruvchi qurilmalar, bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar yordamida sarfni o‘lchash Nazariy qism
Modda miqdori va sarfini o‘lchash asboblari: toraytiruvchi qurilmalar, bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar yordamida sarfni o‘lchash
Nazariy qism Suyuqliklar, gaz va bug‘ sarfi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Sanoat va laboratoriya qurilmalarida qo‘llaniladigan amaldagi moddalarning sarfini o‘lchash usullari (15) da batafsil ko‘rib chiqilgan. Eng keng tarqalgan moddalar sarfini o‘lchash usullarining ba’zi bir xusussitlarini aytib o‘tamiz.
Kombinasiyalangan bosim trubkasida hosil bo‘ladigan bosim o‘zgarishi rdinamik bosimga teng. Bu o‘zgarishga muvofiq keladigan tezlik quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
=Kt bu yerda Kt-naycha koeffisiyenti (to‘g‘ri tayyorlangan naychalar uchun birga yaqin)
Bosim trubkalari oqim kesimining muayyan bir nuqtasidagi tezlikni o‘lchaydilar. Shuning uchun moddalar sarfini aniqlashda mahalliy tezlik va o‘rtacha tezlik s o‘rtasidagi nisbatni bilish zarur.
Bu nisbat tezliklarning truboprovod kesimi bo‘yicha taqsimlanishi bilan aniqlanadi. O‘qqa nisbatan simmetrik oqimda tezliklar taqsimlanishi reynolds soni Re bilan trubaning g‘adir-budirlik darajasi bilan aniqlanadi. (15)da belgilanganday, truba markazidan 0,762 R masofada sonlarning keng diapazonida Re 4.103 dan 3 .106/c=1±0,005 ga teng. Laminar rejimda bu nisbat truba markazidan 0,707 R masofada o‘rinlidir, bu yerda R-truba radiusidir.
Hozirgi vaqtda sanoatda eng keng tarqalgan usullardan biri moddalar sarfini toraytirish qurilmasi yordamida o‘lchash usulidir. Toraytirish qurilmasining qo‘llanilishi va hisobi qoidalari (16)da reglamentlashtirilgan, hisob uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar (17) da keltirilgan.
Toraytirish qurilmasida hajm Qo yoki massa Qm va bosimlar farqi r o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Qo = αε Fo
Qm = αε Fo
bu yerda Fo – toraytirish qurilmasi teshigining yuzasi, m2; r- toraytirish qurilmasi yonlarida o‘lchangan zichlik kg/m3; α – sarf koeffisiyenti; ε – kengayish koeffisiyenti sarf koeffisiyenti α qiymati toraytiruvchi qurilmaning moduli m va Reynolds Re soni bilan bog‘liq.
Re>Regran bo‘lgan holatda α amalda faqatgina m ga bog‘liq. α ning haqiqiy koeffisiyenti boshlang‘ich αu orqali quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. (sanoat sarf o‘lchagichlar uchun).
α = αuK2 K3 bu yerda K2 – truboprovodning g‘adir-budirligiga tuzatma ko‘paytuvchi; K3 – diafragmaning kirish qirrasini to‘mtoqlashuviga tuzatma ko‘paytuvchi (soplolar uchun /r3=0)
O‘lchashning bu usuli qo‘llanilganda ko‘pincha sarf tenglamalaridagi parametrlar haqiqiy qiymati va hisoblab chiqilgan qiymatlar o‘rtasidagi nomutanosiblik oqibatida xatoliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan. Muhit temperaturasi t hisoblab chiqilgan muxit temperaturasi tp dan chetga og‘ganda muhit zichligi o‘zgaradi, bu sarf o‘lchagich ko‘rsatishining o‘zgarishiga olib keladi. Gaz quruq bo‘lgan holatda R zichligining yangi qiymati normal sharoitdagi zichlik qiymati Rn orqali quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
R=PH bu yerda R va T – muhitning haqiqiy bosimi va absolyut temperatura; RN va TN – normal sharoitdagi muhit parametrlari; R – (16) bo‘yicha aniqlanadigan muhitning siqilish koeffisiyenti.
Suyuqlik o‘lchanganda R zichlik 1 temperaturada quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi R=Pp[1-β(t-tp)], bu yerda Rr – tp temperaturasi hisoblab chiqilgandagi suyuqlik zichligi; β – temperatura intervali tp dan t gacha bo‘lgan holda suyuqlikning hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha koeffisiyenti.