Partsiallik fenоmenini yo‗qоtish.
2.
Miya faоliyati xaqidagi yangi qa rashlarning vujudga kelishi.
ONF tiplari xususida I.P.Pavlov nazariyasi.
Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik mexanizmlari
keyingi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi hamda bu borada
ishlanilishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan
hissa qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P. Pavlov (1849-1936) hisoblanadi.
I.P. Pavlov hayvonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda
shartli reflekslarning paydo bo‘lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari
insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa temperamentda ham uchrashi
mumkinligini kashf etadi. I.P. Pavlov temperament ham shartli reflektor
faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin, degan xulosachiqaradi. I.P. Pavlov ta‘limoti bo‘yicha, shartli
reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining
sabablari nerv tizimi xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif asab tizimining uchta
asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat boradi, chunonchi, 1) qo‘zg‘alish jarayoni va
tormozlanish (to‘xtalish) jarayonining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan
tormozlanish kuchi
o‘rtasidagi
muvozanatlik darajasi (nerv tizimining
muvozanatlashgami); 3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinishi tezligi
(nerv jarayonlarining harakatchanligi). Uning ko‘rsatishicha, har bir hayvonning
temperamenti ham mazkur xususiyatlarining u yoki bunisiga aloqador bo‘lmay,
balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga bog‘liqdir. I.P. Pavlov
shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga
aloqador nerv tizimi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb
nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli,
muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, I. P. Pavlov ta‘limotida temperamentning
psixologik ta‘siri asab tizimining barcha xususiyatlari bilan aloqadorligi yoki uning
tipiga tegishli ekanligi tushuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u yoki bu
xususiyati asab tizimining birorta xislati bilan emas, balki xususiyatlarning
turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta‘sirida asab tizimi xususiyatlarining
miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham sifat o‘zgarishini
yasaydi.
Yigirmanchi asrning 60—70 yillarida ushbu soha bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, temperamentning psixologik tavsifi bilan I. P.
Pavlovning tiplari o‘rtasida aloqa hukm surishiga hech qanday shak-shubha
yo‘qtsir. Temperamentga taalluqli asab tizimining tiplari ham insonga, ham
hayvonlarga tegishli bo‘lib, ular umumiy tiplar deb nomlanadi. Binobarin,
temperamentning fiziologik asosi — bu asab tizimining umumiy tiplaridir. Biroq
I. P. Pavlovning tiplari — bu nerv tizimi xususiyatlarining tanho tipik birikmasi
emasdir, chunki keyinchalik bu borada yangi birik- malar topildi. Lekin ajratilgan
tiplarning barchasi bir tekis ahamiyatga molik emasligi tufayli ularning eng
asosiylari kuchli va kuchsiz tiplardan tashkil topadi.
Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi.
Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda,
albatta I. P. Pavlovning ta‘limotini eslash maqsadga muvofiq, chunonchi, irsiyat
yo‘li bilan shartlangan tip — bu genotip demakdir. Hozirgi davrda asab tizimining
umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq ekanligi haqidagi ma‘lumotlar, omillar juda
ko‘p bo‘lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o‘rganishda topilgandir.
Masalan, asab tizimining kuchi, epchilligi hayvonlarni chatishtirish yo‘li bilan
yuzaga keltirilgan, lekin barcha xususiyatlar to‘g‘risida bunday dadil fikrlarni
bildirish mumkin emas.
Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlar
tarzida tushunish Gippokrat tomonidan talqin qilingan temperament to‘g‘risida
tushuncha ma‘nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha krasis
so‘zi bilan belgilagan va u lotincha temperament atamasiga mos bo‘lib, nisbatan,
munosabat degan ma‘noni anglatadi. Nerv tizimining umumiy tiplari bilan
fiziologi k jihatdan temperament tiplari I. P. Pavlovdan keyin Gippokrat tiplari,
ya‘ni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu
tushunchalar hozirgi zamon psixologik ma‘lumotlar munosabati bilan yangicha
mazmun va mohiyat kasb etgan. SHu boisdan asab tizimining to‘rtta tipi
temperamentning to‘rtta tipiga bog‘liq deb e‘tirof etishimizga haqqimiz yo‘q,
chunki ular gippokratcha tiplarning ayrimlari, xolos. Shuning uchun yangi omillar
mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta tahlil qilishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |