15- MA’RUZA. Payvandlashning maxsus turlari. Reja: 1. Koinotda payvandlash. 2. Suv ostida payvandlash. 3. Biologik to‘qimalarni payvandlash. Yuqori vakuum oqibatida va nisbatan yuqori harorat tufayli koinot sharoitida zich yoy qilgan detallarning ixtiyoriy ravishda bo‘ladigan diffuzion payvandlash (birikish) yuz beradi. Kosmik apparatlarni qurishda bu hodisani bartaraf etuvchi himoya choralari ko‘riladi. Koinot sharoitida payvandlash yirik kosmik kemalarni va orbital stansiyalarni yig‘ishda montaj qilishda, kosmik apparatlarning qurilmalari va qismlarini ta’mirlashda, shuningdek yerda hosil qilib bo‘lmaydigan alohida xususiyatlarga ega materiallar va buyumlarni tayyorlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Kosmik fazo sharoitida payvandlanadigan materiallar - alyuminiy, titan qotishmalari, zanglamaydigan va issiqbardosh po‘latlardir. Kosmik fazodagi sharoitlar payvandlashning quyidagi turlari uchun nihoyatda qulaydir: diffuzion, sovuqlayin, elektronnurli, kontaktli payvandlash. Yoyli va plazmali payvandlash ishlarini bajarish esa, ayniqsa payvand vannasi hajmi katta bo‘lganda istiqbolli bo‘lsa xam, bir qator xollarda suyuq, qattiq va gazsimon fazalarning ajralishi sharoitlari o‘zgarib turganda vaznsizlik tufayli texnik jihatdan ancha qiyinlashadi, bu choklarda g‘ovaklar paydo bo‘lishiga, nometall kirishmalarning ortishiga va xokazo xolatlarga olib kelishi mumkin. Bir qator xolatlarda haroratning katta gradienti yoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kosmik muhitning noqulay ta’sirlarini bartaraf etish yuqori darajada ishonchlilik va havfsizligi bilan ajralib turadigan, massasi uncha katta bo‘lmagan, past energiya sig‘imiga ega bo‘lgan, shuningdek foydalanishda oddiy bo‘lgan qurilmani va payvandlashning maxsus usullarini ishlab chiqishni talab etadi. Ayniqsa bunda avtomatik va yarimavtomatik payvandlash qurilmalari yaroqlidir. Dunyoda birinchi marta koinotda payvandlash ishlari 1969 yilning 16 oktyabrida “Soyuz-6” kosmik kemasi fazogirlari V.N. Kubasov va G.S. Panin tomonidan E.O. Paton nomidagi Elektrpayvandlash institutida ishlab chiqilgan “Vulkan” avtomatik qurilmasida amalga oshirilgan edi.
Suv ostida payvandlash. 1987 yilda N.N. Benardos professor D.A. Lachinov bilan xamkorlikda laboratoriya sharoitida birinchi marta burchakli elektrod bilan suv ostida yoyli kesishni amalga oshirishdi. 1932 yilda sovet olimi K.K. Xrenov suv ostida payvandlash uchun elektrodlar ishlab chiqdi va ularni Qora dengizda tabiiy sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. 1936-1938 yillarda suv ostida dastaki yoyli payvandlash “Boris” paroxodini suv ostidan ko‘tarishda qo‘llanildi. Yigirmanchi asrning 50-60 yillarida chet mamlakatlarda truboprovodlarni suv ostida payvandlash uchun suv ostida quruq payvandlashni ishlab chiqilib, bu usul truboprovodning ta’mirlanadigan qismida o‘rnatiladigan va quvurlarning kirish va chiqish joylarida germetizatsiya qilinadigan maxsus kameralarni qo‘llanishga asoslangan. “Suv ostida quruq payvandlash” nihoyatda qimmatbaho jarayon hisoblanib, bunda manevr qilish va universallik mavjud emas.
Suv ostida ho‘l usulida suv ostida dastaki payvandlash usulini tahlil qilish quyidagilarni namoyon qildi: yoy suv bug‘lari, ularning emirilishi maxsulotlari va elektrod materiallarining gazsimon ajratmalari bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bug‘ gaz hajmi orasiga olingan bo‘ladi. YOy atrofida mavjud bo‘lgan suvning parchalanishi maxsulotlari - vodorod va kislorod payvand birikmasining mexanik xossalarini pasaytiradi;
asosiy metall va chok metallining suv bilan bevosita yaqin aloqasi tufayli metallning issiqlik berishi ortadi, bu esa toblash tuzilmalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin;
g‘avvos-payvandchi suv o‘tkazmaydigan kostyumda bo‘ladi va uning xarakatlanishiga qarshilik ko‘rsatuvchi zich muhitda bo‘ladi;
metall sterjen va buyum o‘rtasida yonayotgan yoy moylash ayvonchasi bilan yopilgan bo‘ladi, bu esa chokning shakllanishini kuzatishni qiyinlashtiradi.
Asosiy metallga mustaxkamligi teng bo‘lgan payvand biriktirilishni ta’minlovchi istiqbolli usul E.O. Paton nomidagi Elektrosvarka institutida ishlab chiqilgan kukunli o‘zini himoyalovchi sim bilan yarimavtomatik suv osti payvandlash usuli hisoblanadi.
Biologik to‘qimalarni payvandlash. Payvandlash fan va texnikasining ulkan yutuqlaridan biri ultratovush tebranishlari energiyasi yordamida biologik to‘qimalarni biriktirish va ajratishning yangi texnologik jarayonlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Akademik G.A. Nikolaev va professor V.I. Loshimov raxbarligidagi N.O. Bauman nomidagi MOTU “Payvandlash jarayonlari mashinalari va avtomatlashtirish” kafedrasi muxandislari, shuningdek Travmotologiya va Ortopediya markaziy instituti shifokorlari xamkorligida olib borilgan ishlar natijasida suyak va yumshoq biologik to‘qimalarni biriktirish va ajratishning yangi uslublari, shuningdek suyakdagi nuqsonlarning o‘rnini qoplash uslubi - ultratovushli payvandlash, kesish va eritish usullari ishlab chiqildi.
Ma’lumki, suyaklarni biriktirish operatsiyalarida metall shtiftlar, plastinkalar, mixlar, boltlar, simlar, to‘sinlar va xokazolardan foydalaniladi. Suyaklarga va yumshoq to‘qimalarga kiritilgan metall konstruksiyalar organizm uchun, ularga tegib turadigan to‘qimalar uchun zararsiz emas. Bundan tashqari, metall osteosintez ikkilamchi operatsiyaning - maxkamlovchi konstruksiyalarni olib tashlashni albatta amalga oshirishni talab etadi. Boshqa bir muammo ham - suyaklardagi turli xil nuqsonlarni to‘ldirish muammosi xam juda muximdir. Ma’lumki, suyaklarda amalga oshiriladigan turli xil jarrohlik operatsiyalari ajratishning mexanik usullarini nazarda tutadi va ma’lum bir jismoniy kuchlanishlarni, vaqt sarfini talab etadi, hamda ko‘pincha suyaklarda yoriqlar, bo‘laklanish, uchib tushish va shu kabi holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Jarrohlikda yana bir muhim muammo yumshoq biologik to‘qimalarni (kichik diametrli qon tomirlarini) biriktirish hisoblanadi.
Suyak va yumshoq biologik to‘qimalarni ultratovush energiyasi yordamida biriktirish uslublari payvandlash deb ataldi, chunki murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida, shu bilan birga mutlaqo isitmasdan, diffuzion singib kirish xududi bilan ishchi yuklanishlarni eltuvchi ajralmas birikish vujudga keltiriladi. Olingan biriktirish vaqtincha bo‘ladi - u biologik to‘qimalarni tutib turib, yangi paydo bo‘layotgan to‘qimalarning tabiiy regeneratsiya jarayonlari davriga o‘rnini bosib turadi.
Maxsus to‘lqin eltuvchi asboblar yordamida to‘rtta asosiy jarayon bajariladi:
Etil-a-sianakrilat o‘tqazish materialini qo‘llanib singan suyaklarni ultratovushli payvandlash bajarilib, u suyak qipig‘i va boshqa hayotiy muhim komponentlar bilan birgalikda ishchi yuklanishlarni eltuvchi, chokni ifodalovchi mustaxkam konglomerat bo‘lib qattiqlashadi.
Suyak to‘qimalarini ultratovushli eritish amalga oshiriladi. Bu usul qisqa vaqt oralig‘ida suyaklarning shish bilan shikastlanishida, ko‘p bo‘lakli sinishlarda va o‘q otish qurollari bilan jarohatlanishda yuzaga keladigan suyakdagi nuqsonlarning o‘rnini bosishni ta’minlovchi mustaxkam konglomerat olishga imkon beradi. Eritilgan konglomerat hajmi regeneratsiya vaqtida o‘zining to‘qimasi bilan almashtirilishi kerak.
Ham suyak, ham yumshoq biologik to‘qimalarni ultratovushli kesish xam muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. To‘lqin eltgich asboblarga arra, skalpel, parma va dolotani bo‘ylama ultratovush tebranishlari ko‘rinishida qo‘yish jarrohlik maydonining cheklangan sharoitlarida to‘qimalning xam shikastlantiradigan, kam mehnat talab etadigan va manevrchan ajratilishini ta’minlaydi.
Biror sintetik o‘tkazish materialini qo‘llanmasdan yumshoq biologik to‘qimalarni ultratovushli payvandlash bajariladi, bu tegishli qulay rejimlarda keyingi regeneratsiyaga va yangi hosil bo‘lgan to‘qimaning to‘la o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan payvand chokini olish imkonini beradi.
Biologik ob’ektlarga gaz alangali ishlov berish.Keyingi vaqtlarda biologik ob’ektlarga, xususan chigitga gaz alangali ishlov berish keng tarqalmoqda. Jinlash jarayonida paxta xomashyosiga ishlov berishda yigiriladigan tola va tushirilgan paxta urug‘lari (chigitlar) olinadi. YUqori darajada tushirilganligi sababli paxta urug‘lari (chigitlar) ularning yomon sochiluvchanligi va ilashuvchanligi oqibatida bo‘laklar hosil bo‘lishi tufayli ekish uchun foydalanib bo‘lmaydi, bu esa bir tekis mashinada ekishga imkon beradi.
Tushuvchanlikning pasayishi natijasida ekiladigan urug‘lar sochiluvchan bo‘lib qoladi, bunda urug‘lar sarfi kamayadi, ularni tayyorlash, tashish va dorilash xarajatlari kamayadi, kurtaklarining unib chiqishiga mehnat sarfi kamayadi. Ekiladigan paxta urug‘larining (chigitlarning) tushishini kamaytirishning sanoatda qo‘llaniladigan mexanik, kimyoviy va kimyoviy-mexanik usullarida urug‘larning mexanik shikastlanishi yuqori bo‘ladi, ishchi organlarni chet eldan xarid qilishni talab etadi, qimmat va ekologik jihatdan zarali hisoblanadi.