14-mavzu. Yangilanayotgan O`zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja



Download 258,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.01.2022
Hajmi258,84 Kb.
#366979
1   2   3
Bog'liq
14- mavzu matni PDFt)

ustuvor yo`nalishlar. 

Tayanch so’z

 

va iboralar:



 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, strategiya, davlat va jamiyat qurilishi, 

qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizim, elektron hukumat,  iqtisodiyotni 

rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, modernizasiya, 

diversifikasiya, liberalizm, debitor. 

1. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi dunyoda o`z xalqi va kelajagi 

uchun  qayg`uradigan  har  bir  davlat    yuksak  mas`uliyatni  anglagan  holda  o`z 

taraqqiyot  yo`lini  qat`iy  belgilan  oladi.  O`zbekiston  ham  o`z  taraqqiyot  yo`lini 

“Harakatlar strategiyasi”ga namoyon qildi. 

Xoʻsh,  strategiya  nima?  U  xalqning  maqsadlarini  qanday  taʼminlaydi? 

Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi? 

Strategiya  –  bu  taʼlimotni  izlash,  ifodalash  va  rivojlantirish  tizimi  boʻlib,  u 

izchillik  bilan  va  toʻliq  amalga  oshirilganda  uzoq  muddatli  muvaffaqiyatni 

taʼminlaydi. 

XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo 

miqyosida  va  davlat  ichki  hayotidagi  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  hamda  boshqa 

sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga 

qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. 

Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida 

xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi. 

Strategiyaning  asl  mohiyatida  xalqimizning  orzu-umidlari  yoʻgʻrilgan 

gʻoyalardan  tashkil  topgan  milliy  mafkuraning  ifodasi  yotadi.  Mafkuradan  nusxa 

olib  boʻlmaganidek,  davlatning  strategik  maqsadlarini  ham  boshqa  davlat  va 

xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har 

bir  xalqning  oʻziga  xos  siyosiy-ijtimoiy,  demografik,  iqtisodiy,  madaniy  tarixi, 

tabiiy  resurslari  mavjud  boʻladi.  Aynan  shu  omillar  maʼlum  ijtimoiy  sharoit  va 

imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 

Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni 

toʻliq  qamrab  olgan  yaxlit  va  bir  butun  reja  boʻlsa,  uning  muvaffaqiyati 

taʼminlanadi. Mabodo teskari boʻlsa, unda turgʻunlik yuzaga keladi. Bunga sabab, 

notoʻgʻri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona 

foydalana  olmaslikdir.  Strategiyani  baholash  va  nazorat  qilish  strategik 




rejalashtirishni  mantiqiy  yakunlovchi  omili  boʻlib  hisoblanadi.  U  hodisalarning 

qayta  aloqalanishini  taʼminlash  jarayonida  strukturaviy  boʻgʻinlardagi  bogʻlanish 

imkoniyatlarini  tahlil  qiladi,  baholaydi,  aniqlaydi,  xulosalar  chiqaradi.  Zaruratda 

strategik rejalarni oʻzgartiradi. 

Davlat  strategik  rejalari  aniq  va  oʻzgarmas  tamoyillarga  boʻysundirilishi 

muhim.  Ular  islohotlarning  bir  maromda,  izchil  yoʻnalishini  taʼminlashga  xizmat 

qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi 

maʼlumotlar  va  xulosalar  bilan  qurollanmogʻi,  bundan  tashqari,  improvizatsiya 

qilmogʻi,  qo`yilgan  vazifalar  yechimini  topishda  individual  va  kreativ 

yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni 

oʻzgartirish  ehtimoli  yoki  oʻzgaruvchan  vaziyatdan  kelib  chiqib,  qayta  koʻrib 

chiqish imkoniyatini berishi zarur. 

Ushbu  strategiyada  davlat  va  jamiyat  qurilishini  takomillashtirish,  qonun 

ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy 

sohani  yanada  rivojlantirish,  xavfsizlik,  millarlararo  totuvlik  va  diniy 

bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi 

tashqi  siyosatni  izchil  davom  ettirish  kabi  masalalar  taraqqiyotimizning  asosiy 

yo`nalishlari sifatida belgilab olindi. 

1.  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirishning  ustuvor 

yo’nalishlari 

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya 

qilishda  Oliy  Majlis,  siyosiy  partiyalarning  rolini  yanada  kuchaytirish:  davlat 

hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi 

siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan 

parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish; 

Qabul  qilinayotgan  qonunlarning  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-siyosiy, 

ijtimoiy-iqtisodiy  va  sud-huquq  islohotlari  jarayoniga  ta’sirini  kuchaytirishga 

yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish; 

Siyosiy  tizimni  rivojlantirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy 

partiyalarning  rolini  kuchaytirish,  ular  o’rtasida  sog’lom  raqobat  muhitini 

shakllantirish. 

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 

Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining 

kasbiy  tayyorgarlik,  moddiy  va  ijtimoiy  ta’minot  darajasini  oshirish  hamda 

iqtisodiyotni  tartibga  solishda  davlat  ishtirokini  bosqichma-bosqich  qisqartirish 

orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish; 

–  mamlakatni  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  bo’yicha 

vazifalarni  amalgam  oshirishda  o’zaro  manfaatli  hamkorlikning  samarasini 

oshirishga qaratilgan davlat xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy 

etish; 


–  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligini 

ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy 

manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; 

–  «Elektron  hukumat»  tizimini  takomillashtirish,  davlat  xizmatlari 

ko’rsatishning  samarasi,  sifatini  yuksaltirish  va  bu  xizmatdan  aholi  hamda 



tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 

– xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; 

–  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirishning  zamonaviy  shakllarini 

rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; 

– fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy 

faolligini oshirish; 

–  mahalla  institutining  jamiyat  boshqaruvidagi  o’rni  va  faoliyati 

samaradorligini oshirish; 

– ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy 

faoliyatini himoya qilish. 

 

Davlat  dasturining  birinchi  bo`limida  50  dan  ortiq    normativ-huquqiy 



hujjatlar, shuningdek konsepsiya va “Yo`l xaritalari” ishlab chiqish bilan bog`liq 53 

ta  bandni  o`z  ichiga  olgan.  2017  yilni  o`zida  3  ta  qonun,  12  ta  O`zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  farmonlari,  22  ta  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

qarorlari, 1 ta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi va 43 ta O`zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. 

 

O`zbekistonda  davlat  boshqaruvi  sohasidagi  islohotlar  ham  aynan,  oliy 



vakillik tarmog`i bo`lmish, Parlamentni isloh qilishdan boshlandi. 

Birinchi  navbatda,  milliy  Parlament  va  siyosiy  partiyalarning  roli  yanada 

kuchaytirildi. Oliy Majlis palatalari faoliyatida eng muhim o`zgarish – bu Parlament, 

shuningdek  deputat  va  senatorlarning  faqat  kiritilgan  qonun  loyihalarini  ko`rib 

chiqish bilan cheklanmasdan, bevosita joylarga borib, xalqning turmush darajasidan  

xabar olish, uni qiynayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda ishtirok 

etishlari bo`ldi. 

Toshkent  shahrida  tumanlar  darajasida  xalq  deputatlari  kengashlari  ta`sis 

etildi.  Natijada,  Toshkent  shahri  aholisi  ham  o`z  vakillari  –  deputatlar  orqali 

tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ldi. 

 

Davlat  xizmatlaridan  aholi  hamda  tadbirkorlar  foydalanishining  eng  qulay 



imkoniyatlarini  yaratish  maqsadida    electron  davlat  xizmatlarining  soni  oshirildi. 

Davlat  xizmatlari  ko`rsatish  milliy  tizimining  aholi  va  tadbirkorlik  sub`ektlari 

ehtiyojlarini  to`liq  qanoatlantiradigan  sifat  jihatidan  yangi  darajaga  o`tishi  ayrim 

tizimli  muammolarni  bartaraf  etish  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2017  yil  12  dekabr  kuni  “Aholiga  davlat  xizmatlari  ko`rsatishning 

milliy  tizimini  tubdan  isloh  qilish  chora-tadbirlari  to`g`risida”gi  Farmoni  va 

“O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 

faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Mazkur  qaror  davlat  xizmatlarining  sifati,  tezkorligi,  shaffofligi  va 



foydalanish imkonini tubdan oshirish bo`yicha komplekt tashkiliy-huquqiy chora-

tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi 

kerak”  degan  ulug`vor  g`oya  xizmatlar  ko`rsatish  sohasida  “Fuqarolar  emas, 

hujjatlar harakatlanadi” degan muhim tamoyilni joriy etish imkonini beradi. 

 

O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi  Davlat  xizmatlari 



agentligi va uning hududiy bo`linmalari tashkil etildi. Shu farmon bilan 2018-2020 

yillarda  bosqichma  bosqich  joriy  etiladigan,  “yagona  darcha”  tamoyili  bo`yicha 




faqat  Davlat  xizmatlari  markazlari  orqali  ko`rsatiladigan  58  ta  davlat  xizmatlari 

tasdiqlandi. 

Ularning  qatorida  uy-joylarning  suv  ta`minoti,  kanalizatsiya,  issiqlik 

ta`minoti va boshqa bir necha xizmatlar mavjud. 

Fuqarolarning  o`zini-o`zi  boshqarish  organlari  faoliyati  samaradorligini 

oshirish  hamda  mahalla  institutini  aholiga  eng  yaqin  va  xalqchil  tuzilmaga 

aylantirish  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  3 

fevraldagi 

“Mahalla  institutini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq mahalla xodimlari 

soni 2 barobarga ko`paytirildi, 400 dan ortiq mahalla binolari qurildi, rekonstruksiya 

qilindi va ta`mirlandi. 

Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarida tegishli vazifalarni amalgam 

oshirishda  munosib  hissa  qo`shgan  tashabbuskor  fuqarolar  va  jamoatchilik 

tuzilmalari vakillarini rag`batlantirish maqsadida “Mahalla iftixori” ko`krak nishoni 

ta`sis etildi. 

Aholining  murojaatlari  bilan  ishlash  samaradorligini  oshirish,  ehtiyojlarini 

yaxshi  bilish  va  hal  qilish  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi.  

Jismoniy  va  yuridik  shaxslardan  kelib  tushgan  murojaatlar  tizimli  ravishda 

tahlil  qilinib, mavjud  muammolarni  hamda  aniqlangan  qonun  buzilishi  holatlarini  

bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko`rib kelinmoqda. 

2.  Qonun  ustuvorligini  ta’minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh 

qilishning ustuvor yo’nalishlari 

2.1.  Sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  ta’minlash,  sudning 

nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 

sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va 

ijtimoiy  ta’minot  darajasini  oshirish,  sudlarning  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash; 

sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha 

ta’sirchan choralar ko’rish; 

sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud prosessida tomonlarining tortishuvi 

va tenghuquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; 

«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud 

nazoratini kuchaytirish; 

sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; 

sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy 

etish. 


2.2.  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish 

kafolatlarini ta’minlash: 

fuqarolarning  murojaatlarini  o’z  vaqtida  hal  etish,  murojaatlarni  ko’rib 

chiqishda 

sansalorlik,  rasmiyatchilik  va  loqayd  munosabatda  bo’lish  holatlariga  yo’l 

qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan 

huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish; 

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning 




huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; 

fuqarolarning  xususiy  mulkka  bo’lgan  huquqlarini  amalga  oshirish 

kafolatlarini mustahkamlash; 

fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash; 

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. 

2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish: 

jinoyat 

va 


jinoyat-prosessual 

qonunchiligini 

takomillashtirish 

va 


liberallashtirish,  alohida  jinoiy  qilmishlarni  dekriminallashtirish,  jinoiy  jazolar  va 

ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish; 

odil  sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligi  va  sifatini  oshirish,  ma’muriy, 

jinoyat, 

fuqarolik  va  xo’jalik  sud  ish  yurituvining  prosessual  asoslarini 

takomillashtirish; 

jinoyat,  fuqarolik  va  xo’jalik  ishlarini  ko’rib  chiqish  tartibini 

takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish; 

elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini 

joriy etish. 

2.4.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish 

tizimini takomillashtirish: 

jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish 

borasidagi 

faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; 

diniy  ekstremizm  va  terrorizmga,  uyushgan  jinoyatchilikning  boshqa 

shakllariga qarshikurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish; 

korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini 

takomillashtirish  va  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tadbirlarining  samaradorligini 

oshirish; 

aholining  huquqiy  madaniyati  va  ongini  yuksaltirish,  bu  borada  davlat 

tuzilmalarining  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  ommaviy  axborot  vositalari  bilan 

o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish. 

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish 

va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga 

imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish; 

sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  xodimlarini  o’qitish, 

tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotasiya qilish tizimini 

takomillashtirish; 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  xodimlari  orasida 

huquqbuzarliklarni  oldini  olish,  profilaktika  qilish  va  bartaraf  etish  bo’yicha 

idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik 

nazorati  mexanizmlari  samaradorligini  oshirish,  fuqarolarning  huquqni  muhofaza 

qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash. 

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish: 

davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; 




advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik 

ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish; 

notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh 

qilish. 


 

“Sud  xalqparvar  bo`lmaguncha  tizim  takomillashaveradi.  Bundan  buyon 

sudyalarga  xalqning  o`zi  baho  beradi.  Tanqidiy  tahlil,  qat`iy  tartib-intizom  va 

shaxsiy  javobgarlik  bugungi  kunda  davlat  organlarida  faoliyat  ko`rsatayotgan 

barcha  insonlar  qatori  sudyalar  faoliyatining  ham  kundalik  qoidasi  bo`lib  qolish 

zarur” – deb ta`kidlagan Sh. M. Mirziyoyev. 

Davlat  dasturining  II  bo`limida  60  dan  ortiq  normativ-huquqiy  hujjatlarni, 

shuningdek konsepsiyalar va “yo`l haritalari”ni ishlab chiqishni o`z ichiga olgan 71 

ta chora-tadbirdan iborat 63 ta bandni amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Sud tizimini isloh qilish doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy 

xo`jalik  sudi  birlashtirildi,  zamon  talablariga  mos  bo`lgan  sud  korpusini 

shakllantirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. 

Sudyalar vakolat  muddatining ilk  besh  va  o`n  yillik davri o`tganidan  so`ng 

lavozimda muddatsiz bo`lish amaliyoti joriy qilindi. 

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay`ati tugatilib, O`zbekiston 

Respublikasi Oliy sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati tashkil etildi. 

Sud-tergov  amaliyotida  dalillarni  to`plash  va  baholashda  qonuniylik  va 

xolislikni  ta`minlashga  to`sqinlik  qiladigan  holatlarni  bartaraf  etish  maqsadida 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Sud-tergov  faoliyatida  fuqarolarning 

huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar 

to`g`risida” Farmoni qabul qilindi. 

Qonun  ustuvorligini  ta`minlash  maqsadida  korrupsiya  va  jinoyatchilikka 

qarshi  kurashish,  shuningdek  huquqbuzarlikni  oldini  olish  masalalarini  samarali 

yechish davlatimizning ustuvor vazifalarimizdan biri bo`lib qoldi.  

“Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  nafaqat  huquqni  muhofaza  qiluvchi  yoki 

boshqa  davlat  organlarining  vazifasi,  balki  har  bir  fuqaroning  asosiy  kundalik 

vazifasiga  aylanmog`i  lozim”  degan  vazifadan  kelib  chiqib  bu  sohada  aholining 

huquqiy ongini oshirish ishlari tizimli ravishda tashkil qilinib kelmoqda. 

Davlat  rahbari  tomonidan  “Huquqbuzarlik  profilaktikasi  va  jinoyatchilikka 

qarshi  kurashish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to`g`risida”gi 

qarorning  qabul  qilinishi  ham  huquqbuzarlikni  oldini  olish  va  unga  qarshi 

kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Unga muvofiq, jinoyatni aniqlab, shaxsni 

jazolash emas, balki har qanday qonun buzilishlarini barvaqt oldini olish  – barcha 

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi etib belgilandi. 

Jamiyatda  kriminogen  vaziyatni  yaxshilash  hamda  huquqbuzarlikni  oldini 

olish maqsadida haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” 

deb belgilandi. 

Ichki  ishlar  organlari  tizimi  tubdan  isloh  qilindi.  Sohani  takomillashtirish 

hamda  ichki  ishlar  organlari  foliyatida  to`planib  qolgan  jiddiy  kamchilik  va 

muammolarni  bartaraf  etish  maqsadida  30  dan  ortiq  normativ-huquqqiy  hujjatlar 

qabul qilindi.  

Huquqbuzarlikga 

qarshi 

kurashish 

borasida 

uchaska 


profilaktika 


inspektorlarining masuliyatini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda, asosiy 

e`tibor  xalq  ichida  yurgan  huquq  posbonlarining,  ya`ni  uchastka  profilaktika 

inspektorlarining  moddiy-ijtimoiy  ta`minotiga  qaratilib,  bugungi  kungacha  1  600 

dan ortiq inspektorlar avtomabil va turar joy bilan ta`minlandi. 

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari 

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 

o’sish sur’atlarini saqlab qolish: 

makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o’rta  muddatli 

dasturlar  asosida  tarkibiy  va  institusional  o’zgarishlarni  chuqurlashtirish  hisobiga 

yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash; 

xarajatlarning  ijtimoiy  yo’naltirilganini  saqlab  qolgan  holda  Davlat 

byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning 

daromad  qismini  mustahkamlashga  qaratilgan  byudjetlararo  munosabatlarni 

takomillashtirish; 

soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini 

davom  ettirish,  soliq  ma’muriyatchiligini  takomillashtirish  va  tegishli 

rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish; 

ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda 

pul-kredit  siyosatini  yanada  takomillashtirish,  shuningdek  valyutani  tartibga 

solishda  zamonaviy  bozor  mexanizmlarini  bosqichma-bosqich  joriy  etish,  milliy 

valyutaning barqarorligini ta’minlash; 

bank  tizimini  isloh  qilishni  chuqurlashtirish  va  barqarorligini  ta’minlash, 

banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy 

barqarorligi  va  ishonchliligini  mustahkamlash,  istiqbolli  investisiya  loyihalari 

hamda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarini  kreditlashni  yanada 

kengaytirish; 

sug’urta,  lizing  va  boshqa  moliyaviy  xizmatlarning  xajmini  ularning  yangi 

turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni 

jalb  qilish  hamda  korxona,  moliyaviy  institutlar  va  aholining  erkin  resurslarini 

joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; 

xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro 

va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi 

qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya 

va kreditlardan samarali foydalanish. 

3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi 

tarmoqlarini 

modernizasiya 

va 


diversifikasiya 

qilish 


hisobiga 

uning 


raqobatbardoshligini oshirish: 

milliy  iqtisodiyotning  mutanosibligi  va  barqarorligini  ta’minlash,  uning 

tarkibida  sanoat,  xizmat  ko’rsatish  sohasi,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

ulushini ko’paytirish; 

ishlab  chiqarishni  modernizasiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan 

yangilash,  ishlab  chiqarish,  transport-kommunikasiya  va  ijtimoiy  infratuzilma 

loyihalarini amalgam oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish; 

yuqori  texnologiyali  qayta  ishlash  tarmoqlarini,  eng  avvalo,  mahalliy 

xomashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo’shimcha  qiymatli 



tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan  sifat  jihatidan 

yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya 

qilish; 

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish 

hamda  mahsulot  va  xizmatlar  bozorida  monopoliyani  bosqichma-bosqich 

kamaytirish; 

prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu 

asosda  ichki  va  tashqi  bozorlarda  milliy  tovarlarning  raqobatbardoshligini 

ta’minlash; 

ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirishni  rag’batlantirish  siyosatini  davom 

ettirish  hamda,  eng  avvalo,  iste’mol  tovarlar  va  butlovchi  buyumlar  importining 

o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish; 

iqtisodiyotda  energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga 

energiya  tejaydigan  texnologiyalarni keng  joriy  etish, qayta  tiklanadigan  energiya 

manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  mehnat 

unumdorligini oshirish; 

faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat 

zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; 

xizmat  ko’rsatish  sohasini  jadal  rivojlantirish,  yalpi  ichki  mahsulotni 

shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar 

tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan 

o’zgartirish; 

turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini 

oshirish,  turistik  xizmatlarni  diversifikasiya  qilish  va  sifatini  yaxshilash,  turizm 

infratuzilmasini kengaytirish; 

eksport  faoliyatini  liberallashtirish  va  soddalashtirish,  eksport  tarkibini  va 

geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport 

salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 

yo’l-transport  infratuzilmasini  yanada  rivojlantirish,  iqtisodiyot,  ijtimoiy 

soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish. 

3.3. Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish: 

tarkibiy  o’zgartirishlarni  chuqurlashtirish  va  qishloq  xo’jaligi  ishlab 

chiqarishini  izchil  rivojlantirish,  mamlakat  oziq-ovqat  xavfsizligini  yanada 

mustahkamlash,  ekologik  toza  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  agrar 

sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; 

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga 

kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi 

intensiv  bog’  va  uzumzorlarni  joylashtirish  hisobiga  ekin  maydonlarini  yanada 

optimallashtirish; 

fermer  xo’jaliklari,  eng  avvalo,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari 

va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini 

rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor 

oziq-ovqat  hamda  qadoqlash  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  bo’yicha  eng 



zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash 

korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha 

investisiya loyihalarini amalga oshirish; 

qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  saqlash,  tashish  va  sotish,  agrokimyo, 

moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada 

kengaytirish; 

sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va 

irrigasiya  ob’ektlari  tarmoqlarini  rivojlantirish,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish 

sohasiga  intensiv  usullarni,  eng  avvalo,  suv  va  resurslarni  tejaydigan  zamonaviy 

agrotexnologiyalarni  joriy  etish,  unumdorligi  yuqori  bo’lgan  qishloq  xo’jaligi 

texnikasidan foydalanish; 

kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli,  mahalliy  er-iqlim  va  ekologik 

sharoitlarga  moslashgan  qishloq  xo’jaligi  ekinlarining  yangi  seleksiya  navlarini 

hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga 

joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; 

global  iqlim  o’zgarishlari  va  Orol  dengizi  qurishining  qishloq  xo’jaligi 

rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha 

tizimli chora-tadbirlar ko’rish. 

3.4.  Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini 

himoya  qilish  va  uning  ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik  rivojini  rag’batlantirishga  qaratilgan  institusional  va  tarkibiy 

islohotlarni davom ettirish: 

xususiy  mulk  huquqi  va  kafolatlarini  ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash, 

xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni 

bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va 

kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish; 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  uchun  qulay 

ishbilarmonlik  muhitini  yaratish,  tadbirkorlik  tuzilmalarining  faoliyatiga  davlat, 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  tomonidan  noqonuniy 

aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 

davlat  mulkini  xususiylashtirishni  yanada  kengaytirish  va  uning  tartib-

taomillarini 

soddalashtirish, 

xo’jalik 

yurituvchi 

sub’ektlarning 

ustav 

jamg’armalarida  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  davlat  mulki  xususiylashtirilgan 



ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar 

yaratish; 

investisiya  muhitini  takomillashtirish,  mamlakat  iqtisodiyoti  tarmoqlari  va 

hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb 

qilish; 

korporativ  boshqaruvning  zamonaviy  standart  va  usullarini  joriy  etish, 

korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 

tadbirkorlik  sub’ektlarining  muhandislik  tarmoqlariga  ulanishi  bo’yicha 

tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; 

mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlarini  tartibga  solishda 

davlat  ishtirokini  kamaytirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  markazlashtirishdan 

chiqarish  va  demokratlashtirish,  davlat-xususiy  sheriklikni  kengaytirish,  nodavlat, 




jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish. 

3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  jadallashtirish,  xalqning  turmush  darajasi  va 

daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, 

qishloq  xo’jaligi,  turistik  va  mehnat  salohiyatidan  kompleks  va  samarali 

foydalanishni ta’minlash; 

hududlar  iqtisodiyotini  modernizasiya  va  diversifikasiya  qilish  ko’llamini 

kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng 

avvalo,  sanoat  va  eksport  salohiyatini  oshirish  yo’li  bilan  jadal  rivojlantirish 

hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish; 

yangi  sanoat  korxonalari  va  servis  markazlarini  tashkil  etish,  kichik  sanoat 

zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning 

kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar 

va shaharchalarni jadal rivojlantirish; 

sanoat  va  xizmatlar  ko’rsatish  sohasini  jadal  rivojlantirish  hisobiga 

subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning 

daromad bazasini kengaytirish; 

sanoat  korxonalari  va  boshqa  ishlab  chiqarish  ob’ektlarini  joylashtirishga 

qulay  shartsharoitlar  yaratish,  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  hamda 

aholining  turmush  sharoitini  yaxshilash  maqsadida  hududlarning  ishlab  chiqarish, 

muhandiskommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish 

va modernizasiya qilish. 

Davlat  dasturining  III  bo`limiga  ko`ra  70  dan  ortiq  normativ-huquqqiy 

hujjatlarni,  shuningdek  konsepsiyalar  va  “yo`l  xaritalari”ni  ishlab  chiqishni  o`z 

ichiga  olgan  105  ta  chora-tadbirdan  iborat  77  ta  bandni  amalga  oshirish  ko`zda 

tutilgan. 

Harakatlar  strategiyasiga  muvofiq  iqtisodiy  rivojlanish,  avvalo,  aholining 

hayot  darajasi  va  sifatini  oshirishga  qaratilgan  yangi  bosqichga  o`tdi.  Amalga 

oshirilgan  barcha  islohotlar  “Inson  manfaatlari  va  farovonligi  hamma  narsadan 

ustun” degan tamoyilga asoslanadi.  

Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makraiqtisodiy barqarorlikni yanada 

mustahkamlash,  qat`iy  pul-kredit  siyosatini  yuritish,  milliy  valyuta  va  ichki 

bozordagi narxlar barqarorligini ta`minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga 

e`tibor qaratildi. 

Valyuta  bozorini  liberallashtirish  bo`yicha  aniq  maqsadga  yo`naltirilgan 

kompleks  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi  va  2017  yil  5  sentyabrdan  milliy 

valyutamiz – so`mning erkin ayirboshlanishi ta`minlandi.  

Fuqarolarga chet elda ta`lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa 

maqsadlar uchun valyuta mablag`larini hech qanday to`siqlarsiz qonuniy sotib olishi 

va sotish imkoni yaratildi. 

Inflyatsiya  darajasi  hamda  ichki  bozorda  iste`mol  tovarlar  narxlarining 

barqarorligini  nazorat  qilish  kuchaytirildi.    Ushbu  maqsadda  resurs  bazasi  100 

million  dollorga  teng  ichki  iste`mol  bozorida  narx-navoni  barqarorlashtirish 

jamg`armasi tashkil etildi. 



Tashqi  savdoni  liberallashtirish  va  samarador  bozor  iqtisodiyotini  yaratish 

maqsadida bojxona to`lovlari stavkalari ikki barobar pasaytirildi. 

Ichki bozor uchun zarur bo`lgan 8 ming turdan ziyod import tovarlari uchun 

bojxona  to`lovlari  keskin  pasaytirildi,  jumladan, import  boji  bo`yicha  3 550  ta  va 

aksiz  solig`i  bo`yicha  1 122  ta  maxsulotlarga  nisbatan  nol  darajali  stavkalar 

belgilandi. 

Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir o`ziga ustuvor yo`nalishi, bu davlatning 

iqtisodiyotdagi  ishtirokini  qisqartirish,  iqtisodiyotda  xususiy  sektorning  o`rni  va 

ahamiyatini oshirishdir. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  keng  rivojlantirish  uchun  qulay 

sharoit  yaratish  va  ishbilarmonlik  mihitini  yanada  yaxshilash  borasida    hammaga 

yaxshi ma`lum bo`lgan “Agar xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va kuchli bo`ladi” 

tamoyiliga asoslanildi.  

Erkin  iqtisodiy  zonalar  tashkil  etildi,  texnoparklar,  kichik  sanoat 

hududlarining tashkil qilinishi to`g`ridan-to`g`ri chet el investitsiyalarini jalb qilish,  

yangi  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  hududlarning  tabiiy-

iqtisodiy  salohiyatidan  samarali  foydalanishning  omili  bo`ldi.  11  tadan  ortiq 

iqtisodiy zonalar tashkil etildi.  

Milliy  valyutaning  tezkor  o`zgarishining  salbiy  oqibatlarini  yumshatish 

maqsadida  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlari  korxonalariga  moliyaviy  yordam 

berish bo`yicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, neft, gaz, kimyo va 

energetika tarmoqlari korxonalarining yillar mobaynida to`planib qolgan debitorlik 

va  kreditorlik  qarzdorliklari  kamaytirildi,  neft  mahsulotlari  bo`yicha  hisoblangan 

aksiz solig`i neftni qayta ishlash zavodlariga qoldirildi.  

 Yangi  tashkil  etilgan  sanoat  korxonalarida    yetti  mingdan  ortiq  ishlab 

chiqarish  quvvatlari  foydalanishga  topshirildi,  yuzdan  ortiq  yangi  turdagi 

mahsulotlar ishlab chiqarish o`zlashtirildi. Natijada qayta ishlash sanoatining jami 

soatdagi ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil etdi, mehnat unumdorligi qariyb 6 foizga 

oshdi. 

Agrar  sektorni  modernizatsiya  va  intensiv  rivojlantirish,  qishloq  xo`jaligini 

yanada isloh qilish va mamalakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida  

muayyan ishlar amalga oshirildi. 

O`zbekiston  2017-2020  yillarda  yanada  rivojlantirish  bo`yicha    harakatlar 

strategiyasida  barcha  sohalar  qatori  qishloq  xo`jaligini  ham  modernizatsiya  qilish 

borasida  eng  muhim  vazifalar  aniq  belgilanib,  ularni  izchil  amalga  oshirib 

borilayotgan sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo`lib xizmat qilmoqda. 

2017  yilning  o`zida qishloq xo`jaligi  sohasiga oid  5  ta  qonun, 20  dan ortiq 

farmon va qaror qabul qilindi. 2 ta yangi qo`mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq 

va suv xo`jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi. 

Lalmi  yerlarda  tomchilab  sug`orishni  tashkil  etish  orqali  grek  yong`og`i  va 

pista yetishtirish bo`yicha ilg`or texnologiyalar o`zlashtirildi. 570 gektar maydonda 

7, 4 mingta issiqxona tashkil etildi. 

Chorvachilik  tarmog`ini  rivojlantirish  dasturlari  doirasida  baliq,  asal 

yetishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko`plab xo`jaliklar faoliyati 

yo`lga  qo`yildi.  Zotdor  qorabayir  otlarini  ko`paytirish  va  ot  sportini  rivojlantirish 



maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi.  

Chorvachilik  va  parrandachilikni  rivojlantirish  bo`yicha  3  mingdan  ortiq 

loyiha  amalga  oshirildi.  Baliqchilik  sohasini  tiklash  uchun  “O`zbekbaliqsanoat” 

uyushmasi tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo`jaligi kiritildi. 

Pillachilikda yuqori hosil olish muhim ahamiyatga ega bo`lgan, ammo deyarli 

yo`qolib  borayotgan  an`analar  qayta  tiklanmoqda.  Ipak  yetishtirishni  yangi  tizimi 

yo`lga  qo`yildi  va  “O`zbekipaksanoat”  uyushmasi  tashkil  etildi.  Ipakni  qayta 

ishlashga ixtisoslashgan 10 dan ortiq korxonalar ishga tushirildi.  

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari 

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan 

oilalar  sonini  va  aholining  daromadlari  bo’yicha  farqlanish  darajasini  yanada 

kamaytirish; 

byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy 

nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish; 

yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va 

oliy  o’quv  muassasalari  bitiruvchilari  bandligini  ta’minlash,  mehnat  bozori 

mutanosibligini  va  infratuzilmasi  rivojlanishini  ta’minlash,  ishsizlik  darajasini 

kamaytirish; 

mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga 

oshirish  uchun  sharoitlar  yaratish,  ish  kuchi  sifatini  yaxshilash,  ishga  muhtoj 

shaxslarni  kasbga  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini 

kengaytirish. 

4.2.  Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog’liqni  saqlash  tizimini 

takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: 

aholiga  majburiy  ijtimoiy  kafolatlarni  ta’minlash,  aholining  ehtiyojmand 

qatlamlarini  ijtimoiy  himoyasini  hamda  keksalar  va  imkoniyati  cheklangan 

shaxslarni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlashni  kuchaytirish,  ijtimoiy  xizmat 

ko’rsatishni  yaxshilash,  aholiga  ijtimoiy  xizmatlar  ko’rsatishda  davlat-xususiy 

sherikligini rivojlantirish; 

aholiga  tibbiy  va  ijtimoiy-tibbiy  xizmat  ko’rsatish  qulayligi  hamda  sifatini 

oshirishga,  aholi  o’rtasida  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirishga,  tibbiyot 

muassasalarining  moddiytexnika  bazasini  mustahkamlashga  yo’naltirgan  holda 

sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch 

tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; 

oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar 

va  bolalarning  sifatli  tibbiy  xizmatdan  foydalanishni  kengaytirish,  ularga 

ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, 

chaqaloqlar  va  bolalar  o’limini  kamaytirish  bo’yicha  kompleks  chora-tadbirlarni 

yanada kengroq amalga oshirish; 

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat 

boshqaruvidagi  o’rnini  kuchaytirish,  xotin-qizlar,  kasb-hunar  kolleji  bitiruvchi 

qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila 

asoslarini yanada mustahkamlash; 

pensionerlar,  nogiron,  yolg’iz  keksalar,  aholining  boshqa  ehtiyojmand 



toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy 

yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; 

farmasevtika 

sanoatini 

yanada 

rivojlantirish, 

aholi 

va 


tibbiyot 

muassasalarining  arzon,  sifatli  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlari  bilan 

ta’minlanishini  yaxshilash,  dori-darmonlar  narxlarining  asossiz  o’sishiga  yo’l 

qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

aholi  o’rtasida  kasallanish  ko’rsatkichlari  pasayishini  va  umr  uzayishini 

ta’minlash. 

4.3.  Arzon  uy-joylar  barpo  etish  bo’yicha  maqsadli  dasturlarni  amalga 

oshirish,  aholining  hayot  sharoitlari  yaxshilanishini  ta’minlovchi  yo’l-transport, 

muhandislik-kommunikasiya  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  hamda 

modernizasiya qilish: 

aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar 

va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj  boshqa  fuqarolarning  yashash  sharoitini 

imtiyozli  shartlarda  ipoteka  kreditlari  ajratish  hamda  shahar  va  qishloq  joylarda 

arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 

aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, 

eng  avvalo,  yangi  ichimlik  suvi  tarmoqlarini  qurish,  tejamkor  va  samarali 

zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda 

aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash; 

odamlarning  ekologik  xavfsiz  muhitda  yashashini  ta’minlash,  maishiy 

chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning 

moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash,  aholini  chiqindini  yo’q  qilish  bo’yicha 

zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash; 

aholiga  transport  xizmati  ko’rsatishni  tubdan  yaxshilash,  yo’lovchi  tashish 

xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har 

tomonlama  qulay  yangi  avtobuslarni  sotib  olish,  avtovokzal  va  avtostansiyalarni 

qurish hamda rekonstruksiya qilish; 

yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng 

avvalo,  mintaqaviy  avtomobil  yo’llarini  rivojlantirish,  xo’jaliklararo  qishloq 

avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash; 

yangi  elektr  energiya  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  qurish  va  mavjudlarini 

modernizasiya  qilish,  past  kuchlanishli  elektr  tarmoqlari  va  transformator 

punktlarini  yangilash  asosida  aholini  elektr  energiyasi  hamda  boshqa  yoqilg’i-

energiya  resurslari  bilan  ta’minlashni  yaxshilash,  shuningdek,  qayta  tiklanadigan 

energiya  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish  bo’yicha  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish; 

teatr  va  tomosha  maskanlarini,  madaniy-ma’rifiy  tashkilotlar  va  muzeylar 

faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini 

mustahkamlash. 

4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: 

uzluksiz  ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  sifatli  ta’lim  xizmatlari 

imkoniyatlarini  oshirish,  mehnat  bozorining  zamonaviy  ehtiyojlariga  mos  yuqori 

malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; 

ta’lim  muassasalarini  qurish,  rekonstruksiya  qilish  va  kapital  ta’mirlash, 



ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quv-

metodik  qo’llanmalar  bilan  jihozlash  orqali  ularning  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish; 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog’ini  kengaytirish  va  ushbu 

muassasalarda  bolalarning  har  tomonlama  intellektual,  estetik  va  jismoniy 

rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan  yaxshilash,  bolalarning  maktabgacha 

ta’lim  bilan  qamrab  olinishini  jiddiy  oshirish  va  foydalanish  imkoniyatlarini 

ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; 

umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda 

matematika, fizika, kimyo, biologiya  kabi  boshqa  muhim  va  talab  yuqori  bo’lgan 

fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish; 

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda 

san’at  dunyosiga  jalb  qilish  maqsadida  yangi  bolalar  sporti  ob’ektlarini,  bolalar 

musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; 

kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning 

ehtiyojlariga  javob  beradigan  mutaxassisliklar  bo’yicha  tayyorlash  hamda  ishga 

joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; 

ta’lim  va  o’qitish  sifatini  baholashning  xalqaro  standartlarini  joriy  etish 

asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, 

oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish; 

ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya 

yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv 

yurtlari  va  ilmiy-tadqiqot  institutlari  huzurida  ixtisoslashtirilgan  ilmiy-

eksperimental  laboratoriyalar,  yuqori  texnologiya  markazlari  va  texnoparklarni 

tashkil etish. 

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 

jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga 

sodiq,  qat’iy  hayotiy  nuqtai  nazarga  ega  yoshlarni  tarbiyalash,  demokratik 

islohotlarni  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida 

ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 

o’rta  maxsus,  kasb-hunar  va  oliy  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilarini  ishga 

joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; 

yosh  avlodning  ijodiy  va  intellektual  salohiyatini  qo’llab-quvvatlash  va 

ro’yobga 

chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni 

jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; 

yoshlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  yosh  oilalar  uchun  munosib  uy-joy  va 

ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; 

yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishda  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruvi  organlari,  ta’lim  muassasalari,  yoshlar  va  boshqa  tashkilotlarning 

samarali faoliyatini tashkil etish. 

Davlat  dasturining  IV  bo`limiga  ko`ra  100  dan  ortiq  normativ-huquqiy 

hujjatlarni,  shuningdek,  konsepsiyalar  va  “yo`l  xaritalari”ni  ishkab  chiqishni  o`z 

ichiga  olgan  126  ta  chora-tadbirdan  iborat  99  ta  bandni  amalga  oshirish  nazarda 

tutilgan.  



“Hamma  narsa  inson  manfaatlari uchun” tamoyilidan  kelib  chiqib, ijtimoy 

sohada  aholi  turmush  sifatini  o`stirish  bo`yicha  bir  qator  ustuvor  yo`nalishlar 

belgilan olindi. 

Shahar va qishloqlarda aholining haqiqiy ehtiyoji va milliy an`analarni to`la 

hisobga  olingan  turar  joy  qurilishi  va  tegishli  infratuzilma  tarmoqlarini 

kengaytitishga alohida e`tibor qaratildi. 

Jumladan, 

qishloqlarda 

yangi 

ikki 


tipdagi 

yosh 


oilalar 

uchun 


maqbullashtirilgan  yer  uchastkasiga  ega  bo`lgan  2  va  3  xonali  turar  joy  binolari 

loyihasi  ishlab  chiqildi.  Bu  esa,  ularning  narxini  qishloq  aholisining  barcha 

qatlamlari uchun maqbul tarzda  arzonlashtirish imkonini berdi. 

Shaharlarda yuzlab besh va yetti qavatli uylar foydalanishga topshirildi. 

2017  yilda  mamlakatning  bir  qator  shaharlarida  davlat-xususiy  sektor 

sherikchiligi  asosida    maishiy  chiqindilarni  kompleks  qayda  ishlash  klasterlari 

tashkil etildi. Har bir tuman va shaharda “Toza hudud” korxonalari tashkil etilishi 

aholiga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi. 

Sog`liqni  saqlash  sohasiga  e`tibor  qaratildi.  Tibbiy  xizmatlar  ko`lami  va 

sifatini oshirishga qaratilgan 30 dan ortiq farmon va qarorlar qqbul qilindi.  

Qishloqlarda  qishloq  vrachlik  punktlari  qisqartirilib,  ularning  o`rniga  tunu-

kun faoliyat ko`rsatadigan 793 dan ortiq qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilib, 

ularda tez tibbiy yordam shahobchasi hamda kunduzgi statsionar ochildi. 

Sil  bilan  kasallanish  kamaydi.  Qishloqlarda  faoliyat  yuritayotgan  700  dan 

ortiq shifokorlar xizmat uy-joylari bilan ta`minlandi. 

Tez  tibbiy  yordam  bo`limlari  ixtisoslashtirilgan  avtotransport  vositalari, 

asbob-uskuna va jihozlar bilan ta`minlandi hamda ularga ajratilgan dori vositalari 

hajmi 2 baravarga ko`paytirildi.  

Ijtimoiy  ahamiyatga  ega  dori-darmon  vositalari  va  tibbiyot  buyumlarini 

uzkluksiz va arzon narxlarda ta`minlash maqsadida yangi tizim joriy etilib, ularni 

xarid  qilish  uchun  Sog`liqni  saqlash  vazirligiga  500  milliard  so`mdan  ziyod 

qo`shimcha byudjet mablag`lari ajratildi. 

 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  ta`lim 



tizimining takomillashishiga qaratilgan 70 dan ortiq farmon, qaror va farmoyishlar 

qabul qilindi.  

Avvalo, maktabgacha ta`lim sohasini isloh qilish maqsadida 5 yilllik alohida 

dastur  qabul  qilindi.  Hozirga  qadar  bir  necha  maktabgacha  ta`lim  muassasalari 

qurildi,  rekonstruksiya  qilindi  va  kapital  ta`mitdan  chiqarildi.  Davlat  byudjeti  va 

xalqaro  grant  mablag`lari  hisobiga  mingdan  ortiq  bolalar  bog`chasi  zamonaviy 

mebel, rivojlantiruvchi o`yinlar va jihozlar bilan ta`minlandi. 

Bolalarimizni  yetuk  va  barkamol  shaxs  bo`lib  voyaga  yetishida  bog`cha 

tarbiyasi katta ahamiyatga ega ekani inobatga olinib, alohida vazirlik tashkil etildi 

va  uning  zimmasiga  maktabgacha  ta`lim  tizimini  tarkibiy  jihatdan  tubdan  isloh 

qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to`la qamrab olish yuklatildi. 

Maktab  tizimi  qayta  ko`rib  childi.  Tajribali  pedagog,  ota-onalat  va 

o`quvchilar  bilan  o`tkazilgan  muhokamalar  natijasida  9-sinfni  tamomlagan 

o`quvchilar uchun o`qishni ixtiyoriy ravishda kollej va litseyda yoki 10-11 sinflarda 

davom ettirish imkoniyati yaratildi. 70 foiz o`quvchi maktabda ta`lim olishni tanladi.  



Oliy  ta`lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish, xalqaro  standartlar  darajasiga 

mos mutaxasislar tayyorlash maqsadida, tizimli kompleks rivojlantirishga qaratilgan 

5  yillik  dastur  qabul  qilindi  va  unga  joriy  yilda  bir  qator  oliygohlarda  qurilish  va 

ta`mirlash  ishlari  amalga  oshirildi  hamda  zamonaviy  komyuter,  o`quv 

labaratoriyalari bilan jihozlandi. 

O`zbekiston Fanlar akademiyasi a`zolari hamda yetakchi olimlar bilan bo`lib 

o`tgan yig`ilishda bildirilgan takliflardan kelib chiqib, respublika ilm-fan nufuzini 

yuksaltirish  va  rivojlantirish  bo`yicha  bir  qator  tadbirlar  amalga  oshirildi.  Hamda 

zamonaviy labaratoriya jihozlari bilan ta`minlash uchun 450 milliard so`m ajratildi. 

O`zbekiston  Respublikasining  Innovatsion  rivojlantirish  vazirligi  va 

Innovatsion rivojlantirish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi 

tashkil etildi. 

Xalqaro  amaliyotga  muvofiq  oliy  o`quv  yurtidan  keyingi  ta`limning  ikki 

pog`onali tayanch doktarantura va doktarantura tizimi joriy etildi. 

O`zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan Mirzo Ulug`bek 

nomidagi  ixtisoslashtirilgan  davlat  umumta`lim  maktab-internati  Astronomiya  va 

aeronavtika bog`i tashkil etildi. 

Madaniyat va sport sohasida ham bir necha ishlar amalga oshirildi, yutuqlarga 

erishildi. 

Sport  deganda  ko`z  oldimizga  Shahram  G`iyosov,  Rustam  Jangaboyev  va 

boshqa ko`plab hamyurtlarimiz keladi. Ularni g`urur bilan tilga olishimiz mumkin. 

Aholining ehtiyojmand qatlamlari va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish 

va  keksalarni  e`zozlashga  e`tibor  yanada  kuchaydi.  O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2017  yil  14  iyuldagi  qarori  bilan  “Ezgu  maqsad”  xalqaro  xayriya 

jamoat  jamg`armasi  tuzildi,  uning  faoliyati  aholining  ijtimoiy  nochor  qatlamlari 

sog`lig`ini  himoyalash,  yetim  bolalar  “Mehribonlik”  uylari  tarbiyalanuvchilariga, 

“Muruvvat”  va  “Saxovat”  uylarida  yashovchilarga  yordam  ko`rsatishga 

yo`naltirildi. 

Bu  o`rinda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  17  iyuldagi 

“Mehnat faxriysi” ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida”gi qarori muhim voqea 

bo`ldi. Ushbu mukofot bilan ko`p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan 

nafaqa  yoshidagi  yurdoshlarimiz,  shuningdek  hayotini  oilalar  mustahkamligini 

ta`minlash ishlariga bag`ishlab, jamiyatda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi. 

V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda 

chuqur  o’ylangan,  o’zaromanfaatli  va  amaliy  tashqi  siyosat  sohasidagi  ustuvor 

yo’nalishlar 

5.1.  Xavfsizlik,  diniy  bag’rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  ta’minlash 

sohasidagi ustuvor yo’nalishlar: 

O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy 

yaxlitligini muhofaza qilish; 

axborot  xavfsizligini  ta’minlash  va  axborotni  himoya  qilish  tizimini 

takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik 

ko’rsatish; 

fuqarolik,  millatlararo  va  konfessiyalararo  tinchlik  hamda  totuvlikni 

mustahkamlash; 



davlatning  mudofaa  qobiliyatini  mustahkamlash,  O’zbekiston  Respublikasi 

Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; 

atrof-tabiiy  muhit,  aholi  salomatligi  va  genofondiga  ziyon  etkazadigan 

ekologik muammolarni oldini olish; 

favqulodda 

vaziyatlarni 

oldini 

olish 


va 

bartaraf 

etish 

tizimini 



takomillashtirish. 

5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 

ustuvor yo’nalishlar: 

davlat  mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash, mamlakatning  xalqaro 

munosabatlarning  teng  huquqli  sub’ekti  sifatidagi  o’rni  va  rolini  oshirish, 

rivojlangan  demokratik  davlatlar  qatoriga  kirish,  O’zbekistonning  yon-atrofida 

xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish; 

O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda 

olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish; 

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining 

normativ  huquqiy  bazasini  hamda  xalqaro  hamkorlikning  shartnomaviy-huquqiy 

asoslarini takomillashtirish; 

davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish. 

Davlat  dasturining  V  bo`limiga  ko`ra  13  ta  normativ-huquqiy  hujjatlarni, 

shuningdek, konsepsiyalar va “yo`l xaritalari”ni ishlab chiqishni o`z ichiga olgan 29 

ta chora-tadbirdan iborat 28 ta bandni amalga oshirish ko`zda tutilgan. 

O`zbekistonning  ko`p  millatli  xalq  ekanligi,  uning  hayotiy  ehtiyojlari  va 

intilishlarini hisobga olgan holda yangi istiqbolli yo`nalishlar belgilab olindi.  

“Armiya va  xalq birligi” tamoyiliga tayanib yangi qurolli kuchlar armiyasi 

shakllantirildi.  Ayrim  litsey  va  kollejlarda  yigitlarni  oliy  harbiy  ta`lim 

muassasalariga tayyorlash bo`yicha ixtisoslik joriy qilindi. 

Harbiylar, ularning oila a`zolari va Qurolli Kuchlar pensionerlarining ijtimoiy 

himoyasiga  alohida  e`tibor  qaratildi.  Uy-joy  qurilishi  dasturi  doirasida  1200  dan 

ortiq harbiy xizmatchi oilalari uchun 56 dan ortiq uylar bunyod etildi. 

Ekologik muammolarning oldini olish hamda aholi va hududlarni favqulotda 

vaziyatlardan himoya qilish masalalari Hukumatning e`tibor markazida bo`ldi. 

Mintaqa  aholisi  yashash  sharoitlari  va  turmush  tarzini  yaxshilashga  

qaratilgan  2017  –  2021  yillarda  Orolbo`yi  hududini  rivojlantirish  bo`yicha  davlat 

dasturi  ishlab  chiqildi  va  ijrosini  ta`minlash  uchun  8,4  trillion  so`m  mablag`  jalb 

etish rejalashtirildi. 

Yer  usti  raqamli  televideniyesi  tarmog`ini  kengaytirish  ishlari  yakunlandi. 

Tunu  kun  uzluksiz  ishlaydigan  “O`zbekiston  24”  yangiliklar  teleradiokanali, 

shuningdek Xalqaro press-klub faoliyati yo`lga qo`yildi. 

“Markaziy  Osiyo  –  tashqi  siyosatining  bosh  ustuvor  yo`nalishi”  tamoyi 

amalda  qo`llanildi.  Rossiya,  Xitoy,  AQSH,  Yevropa  Ittifoqi,  Turkiya,  Janubiy 

Koreya  rahbarlari  bilan  o`tkazilgan  uchrashuv  va  muzokaralar  xalqaro  hamkorlik 

aloqalarino yanada yaxshiladi.  

Xorijiy  hamkorlar  bilan  340  dan  ziyod  kelishuvlar  tuzildi,  53  milliard 

dollordan ziyod bitimlar imzolandi. 

O`zbekistonning  BMT  Bosh  Assambleyasi  sessiyasi,  SHHT,IHT,MDH  va 




Xitoyda  bo`lib  o`tgan  “Bir  makon  –  bir  yo`l”  forumida  xalqaro  xavfsizlik  va 

mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surilgan 

yangicha  yondashuv  hamda  tashabbuslari  halqaro  miqyosda  keng  qo`llab-

quvvatlandi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tashabbusi  bilan  davlat  va  jamiyat 

hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub islohotlar va tadbirlar kishilarda 

ishchanlik  kayfiyatini  yanada  kuchaytirdi  va  fuqarolik  pozitsiyasini  qat`iy 

mustahkamladi,  davlat  va  jamiyat  boshqaruvida  har  bir  kishining  ishtirokini 

kengaytirdi,  mansabdor  shaxslar  tomonidan  qabul  qilinayotgan  qarorlarda 

odamlarning manfaati yanada kengroq e`tirof etila boshlandi. 




Download 258,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish