14-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya Reja


Germaniyada reformatsiyaning boshlanishi



Download 57,54 Kb.
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi57,54 Kb.
#930092
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya

2. Germaniyada reformatsiyaning boshlanishi. Katolik cherkovi boshqa Yevropa xalqlari kabi nemis xalqiga ham katta jabr-zulm yetkazdi. Mamlakatda cherkovga qarashli yerlar kо‘p edi. Reyn daryosi sohillaridagi eng gо‘zal va unumdor yerlar, ularda joylashgan о‘nlab shahar va qishloqlar xristian cherkoviga qarardi. Mamlakatda bir nechta arxiyepiskoplar (xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni, yepiskoplar ustidan nazorat qilish huquqiga ega bо‘lgan kishilar) mustaqil knyaz edilar. Germaniya imperatorini saylab qо‘yadigan yettita knyazning 3 tasi (Kyoln, Mayns, Trir) arxiyepiskopi edi.
Rim papasi (papa. yunon.ota-katolik cherkovi boshlig‘i, 1389 yildan boshlab kardinallar orasidan saylangan) esa Germaniyada ushur sifatida juda katta daromad olardi.
Qirol hokimiyati kuchli mamlakatlarda cherkovning Rimga yuboradigan tо‘lovlari cheklab qoyilgandi. Imperator kuchsiz, kichik knyazliklardan iborat Germaniya elini katolik cherkovi talar edi. XVI asr boshlarida ham Germaniyada katolik cherkovi qudratli edi. Germaniyada oddiy dehqondan tortib, to knyazlargacha о‘z daromadlarining 10/1 qismini cherkovga tortiq qilinardi. XVI asr boshlarida Germaniya aholisining barcha toifalari katolik cherkovidan norozi edilar.
Butun Germaniyada katolik cherkovi uchun don bilan «katta ushur» (ushr.arab.о‘ndan bir-dehqonchilik mahsulotlaridan daromadning о‘ndan biri hisobida olinadigan soliq turi) olinardi. Kо‘p joylarda sabzavot bilan tо‘lanadigan «kichik ushur» va chorva mollari bilan tо‘lanadigan «qon ushuri» ham olinardi.
Germaniyada XVI asr boshida keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar oqimi natijada keng inqilobiy harakatga aylandi. Reformatsiya- XVI asrda katolik cherkovi ta’limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bо‘lib, о‘tgan va XVII asrning I-yarmida G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat natijasida katolik cherkovida bо‘linish yuz berib, yangi oqim-protestantlik vujudga keldi.
Reformatsiya 1517-yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini reforma (isloh) talab qilib chiqishdan boshlandi. Reformatsiyani, knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar qо‘llab-quvvatladilar. Reformatsiya tо‘lqinini kuchayishiga Vittenburg universiteti teologiya (ilohiyot) fanidan dars beruvchi professori Martin Lyuter (1483-1546) katta ta’sir kо‘rsatdi.
Martin Lyuter 1483 yilda Saksoniyaning Eysleben shahrida о‘ziga tо‘q tadbirkor oilasida tug‘ilgan. Uning otasi mis eritish korxonasi va mis konlarining egasi edi. 18 yoshida Lyuter Erfurt universitetiga о‘qishga kirib, u yerda gumanistlar tо‘garagining a’zolari bilan tanishdi. Universitetni tugatgach u monastrga ishga kiradi va monaxlar uni Saksoniyaning Vittenberg shahridagi universitetga dars berish uchun yuboradi. Lyuter tez orada teologiya (ilohiyot) doktori ilmiy darajasini oladi.
Martin Lyuter indulgensiya yorliqlarini sotishga qarshi 1517yil 31 oktabrda cherkov eshigiga о‘zining dindorlarga qarata yozgan mashhur “95 tezis” (yunoncha qoida, isbot) deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qо‘yadi. Bu mashhur “95 tezis” indulgensiyalarni sotishga qarshi e’tirozlar edi. Aslida faqat ilmiy munozara uchun mо‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani tо‘lqinlantirib yuboradi.
Papa vakillari bulla matnini Germaniya bо‘ylab tarqatib, Lyuter asarlarini yoqishni tashkil qildi. Bunga javoban Lyuter 1520 yil 10 dekabrda universitet professorlari va talabalari huzurida papaning farmonini universitet hovlisida gulxanda kuydirdi.
1521 yil boshida Lyuter va uning tarafdorlari cherkovdan haydaldi. Lyuter Rim sudiga borishdan bosh tortdi va 1521 yilda uni Vorms shahridagi imperatorlik sudiga chaqirishdi. Nemis knyazlari katolik qirollar Ferdinand va Izabellalarning nabirasi ispan qiroli Karl I imperator qilib saylashdi. Yangi imperator endi Karl V deb atalardi. О‘z boshida bir necha tojlarni yiqqan Karl V Ispaniya, Niderlandiya, nemis yerlari, Neapol va Sitsiliyaga hukmronlik qilardi. Karl V haqida uni “vatani yо‘q qirol” deyishardi. Niderlandiyada tug‘ilib, u yerda 17 yoshgacha turdi. О‘smirligida Karl har tomonlama ma’lumot oldi, ispan, nemis, fransuz, italyan tillarini bilardi. U dunyo xristianlarining katolik mamlakatini tuzishni orzu qilardi.
Lyuter о‘z tezislarida papa cherkovi bilan aloqani mutlaqo о‘ylamagan edi. Papa Lev X ham dastavval Lyuterning bu chiqishlariga e’tibor bermadi. 1519 yilda Leypsigdagi munozaralarda Lyuter, cherkov papasiz ham yashay oladi, degan fikrni ilgari surdi. U ruhoniylarning alohida bir uyushmaligini rad qildi va xudo qoshida har bir xristian ma’lum darajada о‘zi ruhoniydir, dedi. U Yan Gus bilan hamfikr ekanligini umum oldida e’lon qildi, chex reformatorini gulxanda kuydirganlarni qoraladi. Kо‘p о‘tmay Lyuter papa bullasini haqorat qilib, «Dajjolning bullasiga qarshi» degan pamflet yozdi. Lyuter bu talabnomasida yangi imperator Karl V ga murojaat qilib, Rimni papa qо‘lidan tortib olishni va German imperiyasidagi cherkov yerlarining hammasini musodara qilishni taklif etdi.
1521 yil 28 yanvarda Vorms shahrida imperator Karl V ishtirokida reyxstag ochildi. Imperator papani quvvatladi. Papa imperatorga Fransiyaga qarshi Italiya olib boradigan urushda ittifoqchi sifatida kerak edi. Seymga chaqirib keltirilgan Lyuterga о‘z qarashlaridan voz kechish taklif etildi. Lekin u о‘z qarashlaridan voz kechmadi. “Mendan hamma narsani kutinglar, faqat qochishni va voz kechishni emas. Men qochmayman va eng sо‘nggi kunimgacha tan oladiganim, о‘z ta’limotimdan voz kechmayman!”, degan edi mardlarcha Lyuter.
1521 yil may oyida, reyxstag a’zolari tarqalib ketgandan keyin, Karl V Lyuterni qamoqqa olish tо‘g‘risida edikt (ya’ni qirolning alohida muhim farmoni) ni chiqardi. Vorms shahridagi suddan keyin kо‘pchilik Lyuterni ham Yan Gusning (1369-1415) taqdiri kutyapti, deb о‘ylagandi. Ammo Saksoniya kurfyursti Fridrix III (1463-1525) uning qochishiga yordam berdi, Lyuterni о‘zini qasrlaridan biriga yashirib qо‘ydi. U yerda Lyuter ritsar Georg nomi bilan yashadi bu yerda 1522 yil martigacha ya’ni edikt о‘z kuchini yо‘qotgunga qadar turdi va Injil va boshqa diniy yozuvlarni nemis tiliga tarjima qildi.
Lyuter ta’limotining asosiy mohiyati shundaki, inson “qalbini qutqarish” ga, “gunohlardan forig‘ bо‘lish” ga cherkov va uning marosimlari orqali emas, insonga xudo tomonidan in’om etilgan e’tiqod orqaligina erishish mumkin. U inson e’tiqodini uning xudo bilan aloqasidagi yagona vosita deb biladi. Katolik cherkovining ta’limotiga qarama-qarshi о‘laroq, Lyuter cherkov va ruhoniylar inson bilan xudo о‘rtasida vositachilik qila olmaydi, deb e’lon qildi. Rim cherkovining odamlar “gunohlarini kechirish” ga bо‘lgan da’vosini esa tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yolg‘on deb atadi. Bu, albatta cherkovning mutlaqo keragi yо‘q, degani emas, u boshqacha bо‘lishi kerak, xolos. Ruhoniylar dindorlarga Injilni tushuntirsinlar, ularga muqaddas kitoblarni о‘qishni о‘rgatsinlar.
Lyuter ruhoniylar ham uylana olishlari, odatdagi kiyimlarni kiyishi, oddiy odamlar qanday bо‘lsa, shunday bо‘lishi kerak, deb hisoblardi. Cherkov ham “arzon” bо‘lishi kerak – uzoq chо‘ziladigan marosimlardan ozod bо‘lishi, ruhoniylarning qimmatbaho kiyimidan voz kechmog‘i kerak. Lyuter cherkovi esa dunyoviy hokimlarga –knyazlar va imperatorlarga bо‘ysunmog‘i kerak. Bunday ta’limot knyazlarning ham manfaatlarini ifodalardi. Cherkov islohoti shiori ostida monastrlarning yerlarini tortib olish hollari uchray boshladi.
1529 yili Karl V knyazlarga monastr va cherkov mulkini olib qо‘yishni ta’qiqladi. Shunda Lyuterning izdoshlari unga norozilik bildirdilar. “Protestant” (lot. norozi bо‘lish, kelishmaslik) sо‘zi ana shunday paydo bо‘ldi. Cherkov islohotchilarni protestantlar deb atay boshladilar. Protestantlar ruhoniylarning inson bilan xudo о‘rtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Ularda ruhoniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Cherkov iyerarxiyasi yо‘q, toat-ibodat soddalashtirilgan, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantlar asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiq bо‘yi mamlakatlariga tarqalgan. Ularning umumiy soni 750 mln.ga yaqin.
Germaniyaning shimoli va shimoli-sharqiy yerlari, shuningdek, Markaziy Germaniyaning ham ba’zi bir knyazliklari lyuteranlikni qabul qildilar, janub esa katolikligicha qoldi. Keyinchalik bu diniy urushlarga olib keldi.

Download 57,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish