Tarbiyachilar! Bolani majburlamang, bolaning erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratib bering. Eng asosiysi, hamma narsa bola uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.1. Eshitish va tushunish malakasini shakllantirish. 1. Impressiv muloqotchanlik. 2. Nutq malakasi. Ekspressiv muloqotchanlik. 2. O‘qish va savodga tayyorgarlik ko‘rish. 1. Kitobning qadr-qimmatini tushunish. 2. O‘qish va savod malakalarini egallash.
Bolaning taraqqiyot jarayoni faqat o‘yin orqali olib borilmay, balki qo‘llar harakati orqali ham olib borilishi mumkin. Bunga biz alohida ahamiyat beramiz. M.Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillaridan biri – «Barmoqlar uchining harakati inson intellektining taraqqiyot qurolidir». Shu tamoyil asosida bolalar turli narsalarning xususiyatlarini: masalan shakarni, tuzni, melni, unni suvga solib, bu narsalarning erib ketishini bilib oladilar. Ular oyoq kiyimlarini krem bilan tozalaydilar, uni yaltiraguncha artadilar, plastmassa pinsetdan foydalanishni o‘rganadilar, paxtani rulondan ajratib olish orqali barmoqlarini harakatga keltiradilar va mashq qildiradilar, xamir bilan ishlashni, sabzavotlarni kesishni, mahsulotlarning xususiyatlarini va sifatlarini to‘g‘ri aytishni o‘rganadilar. To‘rlar yordamida bola yormani guruchdan ajrata olishni o‘rganadi va uni boshqa idishlarga joylashtiradi. Bu jarayonlar bolaning ko‘z bilan chamalash, diqqatni jamlash, irodasini taraqqiy ettirishga yordam beradi. Agar bola nimanidir to‘kib yuborsa yoki sochib yuborsa, shu yerning o‘zida bolaning o‘zi sochiq bilan yoki supurgi va hokandozda uni tozalab olishni bilishi lozim.
Bu yo‘nalishda bolalarning nutqi va ularda shakllanayotgan o‘qish va yozish malakalari orqali muloqot qilishning belgilari rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotda bola:
* Kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.
* Kattalarning savollariga javob bera ola oladi.
* O‘z fikrini kattalarga bayon qila oladi.
* Dialogik nutqdan foydalanib suhbatlasha oladi.
* Istagini so‘z bilan ifodalay oladi.
* Kattalardan so‘z orqali yordam so‘raydi.
* Oilasi va tanishlari to‘g‘risida hikoya qilib bera oladi.
* Kattalar bilan boshqa mavzularda ham so‘zlasha oladi.
* Odob bilan muloqotga kirisha oladi.
* Muomalada nutq va imo-ishoralarni qo‘llay oladi.
* Kattalar bilan muloqot qilishda tanish qonun-qoidalarga rioya qiladi.
* Kattalarga murojaat qilishning turli usullaridan foydalanadi.
* Notanish kattalar bilan muloqotga kirisha oladi. Tengdoshlari bilan muloqotda: * Tengdoshlari bilan yonma-yon o‘ynay oladi.
* Tengdoshlari bilan muloqotga kirisha oladi.
* Tengdoshlari bilan salomlasha oladi.
* Tengdoshlarini ismi bilan chaqiradi.
* Olgan taassurotlarini boshqa bolalar bilan o‘rtoqlasha oladi.
* Tengdoshlari bilan o‘yin qoidalarini birgalikda kelishib oladi.
* Tengdoshlari bilan muloqotda o‘z fikrini ayta oladi.
* Tengdoshlari bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi.
* Tengdoshini so‘z orqali baholay oladi.
* Tengdoshiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qiladi.
* O‘yin davomida tengdoshiga sherik sifatida qaraydi.
* Tengdoshlari bilan muloqotda dialogik nutqdan foydalanadi.
Maktab ta’limiga tayyorgarlik:
1.Jismoniy Psixologik Pedagogik
2.Intellektual
3.Kommunikativ Hissiy-irodaviy
Maktabgacha ta’lim muassasasi, oila oldida - bolalarga to’g’ri so’zlashni o’rgatish ya’ni so’zlardagi barcha tovushlarni tog’ri talaffuz qilish, to’g’ri grammatik shakllarni qo’llashni o’rgatish vazifasi turadi. Shundan kelib chiqadiki, o’rgatuvchining (ota-onaning, tarbiyachining, o’qituvchining) muhim vazifasi bolalar ona tilining barcha grammatik shakllarini iloji boricha oldinroq eshitishlari va asta- sekin ularning ma’nosiga tushunib borishlari haqida qayg’urishdan iborat bo’lmog’i darkor. Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish – o’sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ushbu jarayon ongsiz ravishda amalga oshadi. Biroq, u sifatsiz o’rgatish tufayli to’xtab qolsa, bolaning aqlan rivojlanishi ham kechikadi. Ona tilining grammatik tuzilishini maktabgacha yoshda o’zlashtirmagan bola keyinchalik yomon o’qiydi, chunki u maktabda o’rganilayotgan borliq, hodisasining aloqa va munosabatlarini tushunishga ojizlik qiladi. Bu boradagi vazifalar quyidagilardan iborat:
• Fikr bildirishni grammatik rasmiylashtirishni o’zlashtirishga yordamlashish: so’zlarni o’zgartirish (son, kelishik, zamon va X-K- bo’yicha), ularni turli tarkibdagi gaplarda kelishish, kichraytiruvchi-erkalovchi nomlarni, tugallangan va tugallanmagan ko’rinishdagi fe’llarni hosil qilish;
• Yangi so’zlarni grammatik jihatdan o’zgartirish va ularni gapda o’xshashliklari asosida kelishtirishga undash.
So’zlarni va ularning shakllarini mustaqil ravishda tuzish, so’z ijodkorligidan nomlar o’rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni tadqiq qilishning faqat bolalarga xos bo’lgan usuli sifatida foydalanish. Narsalar va hodisalar o’rtasidagi munosabatlar borasidagi o’z tushunchalarini gapning murakkablashtirilgan tuzilmasi orqali aks ettirish (oddiy yoyilmagan va yoyiq,, bog’langan qo’shma gaplar va ergashgan qo’shma gaplar).
• So’z o’zgartirishning qiyin ko’rinishlarini o’zlashtirishga ko’maklashish (Bosh kelishik va qaratqich kelishikdagi ko’plikdagi otlar, o’zgarmaydigan otlar, fe’llarning buyruq mayli shakllari, fe’llarning tugallangan va tugallanmagan shakllarini hosil qilish).
• Fe’llar, otlar, sifatlardan so’z hosil qilish usullarini shakllantirish. Gaplar tuzilmasini takomillashtirish, gaplarning har xil turlarini -oddiy, murakkab, begonalar nutqi ishtirokidagi gaplarni faol o’zlashtirishda ko’maklashish.
• Grammatik vositalarni o’zlashtirish jarayonida nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatni, to’gri so’zlashga intilishni qo’llab-quvvatlash. Ushbu vazifalar qanday dasturiy tarkibda hal etilishi mumkin, ya’ni ushbu bo’lim bo’yicha ishlarni tashkil etish uchun tarbiyachi qaysi so’zlar va grammatik shakllardan foydalanishi zarur. Tarbiyachi grammatik, to’g’ri nutqni shakllantirishga doir ishlar mazmunini yaxshi bilishi, ayniqsa maxsus metodlar orqali beriladiganini yaxshi bilishi lozim. Grammatik qatorni bola turli nutqiy faoliyat jarayonida mustaqil ravishda o’zlashtiradi. Uch yoshli bola tur, son, zamon, shaxs kabi grammatik kategoriyalardan foydalanadi hamda oddiy va qo’shma gaplarni qo’llaydi. Bola sabab-oqibatli aloqalar, vaqtbay, muhit, miqdoriy va boshqa aloqalarni anglash bilan bir vaqtning o’zida ularni grammatik shakllarda va qurilmalarda (birlik va ko’plik son, ot kelishigi, fe’l zamonlari va turlari; orttirma zamonli murakkab gaplar, maqsad va x;.k.) ifodalash usullarini o’zlashtiradi. Bola grammatik vositalarning keng turini o’zlashtiradi. Masalan, «Nima yo’q?» nomli didaktik o’yinda grammatik shakllardan foydalanadi: mo’yqalam, ruchka, qaychi va h.k; «Sayyohatda» o’yinida o’ziga to’rt oyoqli dostlar tanlaydi: sichqoncha, qurbaqacha, tulkicha, kirpicha; ko’g’irchoq uchun nonushta uyushtirar ekan dasturxonga choynakni, qanddonni va tuzdonni qo’yadi hamda o’ylanib qoladi: qand uchun - qanddon, suxari uchun -suxaridonmi? Bola tildan foydalangan xolda uning xususiyatlarini o’rganadi, so’zlar va grammatik shakllar orqali u bilan sinovlar o’tkazadi. Bolalar aks ma’noli so’zlarning (antonimlar: katta-kichik, kuchli-zaif) o’zaro borliqligini, ma’no jihatidan bir-biriga yaqin so’zlarni (sinonimlar: kuchuk, kuchukcha, olapar), so’z yasovchi juftlikdagi so’zlarni (tulkida - tulkicha, kiyikda - kiyikcha) o’zlashtiradilar. Ko’p ma’noli nomlar bilan tanishadilar (qizchaning qo’li, qo’g’irchoqning qo’li, o’quvchining qo’li, dazmolning ushlagichi, qutining ushlagichi, kastryulning qulog’i, bolaning oyog’i, stulning oyogi, gulning oyog’i, qushning oyog’i). Grammatik mazmunga ega bo’lgan dialogik o’yinlar, mashqlar va muammoli vaziyatlar - bolalar nutqining grammatik jihatdan to’g’riligini, ularning grammatik shakllar sohasidagi qidiruv faolligini rivojlantirishning zarur shartlari hisoblanadi. Bola so’z bilan sinov o’tkazar ekan, to’g’ri shaklni «ushlab ko’rgani» holda jaranglayotgan nutqni tinglaydi, so’zlarni erkin almashtirish, grammatik o’xshashliklarni aniqlash, shakl va so’z yasash qoidalarini yaratishni o’rganadi. Muammoli nutqiy vaziyatlarda («yozma nutq» vaziyati, bunda bola hikoyani aytib turadi, katta yoshli odam esa yozib oladilar), birgalikda to’qish vaziyatida, bunda katta yoshli gapni boshlaydi, bola esa nihoyasiga yetkazadi; «Jonli so’z» o’yinida gap tuzilmasini modellashtirish jarayonida bolalar turli tarkibdagi gaplarni tuzishni, nutqni erkin ravishda tuzatishni o’rganadilar. Afsuski, hozirgi paytgacha bolaning amaliy bilimlarni o’zlashtirishda ortda qolayotganini qanday qilib aniqlash mumkinligi haqidagi ko’rsatmalar (tavsiyalar) ishlab chiqilmagan. Biz bu ortda qolishni bola maktabda hattoki 1- sinf kursini o’zlashtirishga ham qodir emasligi ma’lum bo’lganida va endi biron narsani o’zgartirish qiyin bo’lgan bir paytda payqaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi qoidani o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u taqlid qiladigan grammatik shakllar namunalarini taqdim etadigan tarbiyachilar (ota- onalar)ning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi. Nutqda grammatik shakllarni tushunish (intuitiv) sari o’z vaqtida yunaltirilgan bola esa bunday xatoliklarga yo’l qo’ymaydi, chunki ko’pincha u jim o’tiradi. Shuningdek, bolalar nutqidagi qator grammatik xatoliklarning mavjudligi bolalarning o’zlari qo’llayotgan grammatik shakllar ma’nosini tushunishlari, ammo xali ularni nutqda qanday qilib qo’llashni esda saqlab qolmaganliklari - ya’ni, nutqiy me’yorlarni o’zlashtirib olmaganliklaridan dalolat beradi. So’z yasashdagi grammatik xatoliklar. Bolalar «o’z» so’zlarini o’zlari o’zlashtirib ulgurgan so’zlarga o’xshatib hosil qiladilar. Bunga hayotdan misollarni juda ko’plab keltirish mumkin: chunki, normal rivojlanayotgan har qanday bola o’z so’zlarini «ijod qiladi». Kattalar bolalarning ushbu yangi hosil qilgan so’zlarining grammatik ma’nosini oson tushunadilar, chunki bu erda ma’no jihatidan grammatik xatoliklar yo’q: old qo’shimchalar, suffikslar mutlaqo tushungan holda qo’llanmoda, ulardagi ma’no to’g’ri; bu o’rindagi xatolik shundan iboratki, bolalar ushbu affikslarning adabiy nutqda qaysi o’zak morfemalari bilan qo’llanishini hali eslay olmaydilar. So’z o’zgartirishdagi grammatik xatoliklar. Bolalar nutqidagi so’zni odatda, turlash yoki kelishtirishning mahsuldor turi asosida o’zgartiradilar, samarasiz turni ular odatda, kechroq o’zlashtiradilar, agarda bu borada ularga yordam berilmasa, so’z o’zgartirishdagi xatoliklar maktabgacha yoshda «umr quradi», maktabda esa ularni tuzatish ancha qiyin kechadi. So’z o’zgartirishning samarasiz turiga kichik so’zlar guruhi, ya’ni yemoq, yurmoq, uchmoq kabi fe’llar (ularning har biri alohida tuslanish guruhini tashkil qiladi), nom, ism kabi har xil turlanadigan otlar (10 ta so’z) va boshqalar kiradi, biroq bu so’zlar nutqda uchraydi, shuning uchun ularning xato o’zgartirilganligini doimo payqash mumkin. Bolalar odatda, nutqda fe’lning sifatdosh oborotlari va ravishdosh shakllaridan foydalanishni bilmaydilar, chunki ular buni kattalar nutqida juda kam eshitadilar: kattalar bolalarning tushunmay qolishlaridan qo’rqib bunday grammatik shakllarni iloji boricha kam qo’llashga intiladilar, oqibatda, bolalar maktabda uni o’zlashtirishga tayyor bo’lmaydilar. Natijada bolalar nuyqi grammatik jihatdan birlashtirilgan nutq bo’lib qoladi. Tarbiyachi (va ota-ona) bolalarning shevaga oid nuqsonlariga ham e’tiborni qaratishi zarur. Qayd etish lozimki, bolalar nutqida sheva bilan bogliq nuqsonlarni bartaraf etish ancha qiyin, chunki bola uyda, ba’zan maktabgacha ta’lim muassasasida ham doimo kattalarning shevaga xos nutqini eshitadi.
XULOSALAR:
• Grammatika - fikr bildirish va boshqalar bildirgan fikrlarni tushunish uchun insonga zarur bo’lgan bilimlar umumiyligidir.
• Bola tilga sust emas, balki faol, amaliy yondoshadi, o’zi anglamagan holda doimo til hodisalarini tahlil qiladi.
• Butun til rivojining asosini bolaning predmetli faoliyati tashkil qiladi. Bolaning til borligi elementlari bilan harakatlari xuddi predmetli olam elementlari bilan bo’lgani kabidir.
• So’z hosil qilishni (va suz uzgartirishni) egallashda bola morfemaning tovush qiyofasiga yo’naladi.
• Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.
• Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.
• Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.
• Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.
• Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug’at to’plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o’rganayotgan bola ko’p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olish.
• Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish – o’sib borayotgan insonning ahdi shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi.
• Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi fakt o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi.
• Nutqni rivojlantirishga doyr mashqlar - ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o’qish, rasm chizish, o’yin oynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim.
• Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim.
• Faqat barcha grammatik shakllarni o’zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.
NAZORAT SAVOJLLARI:
• Grammatika deganda nimani tushunish lozim? •
Imitatsiya nazariyasi nimani anglatadi?
• Imitatsiya nazariyasiga qarshi qanday ilmiy dalillar mavjud?
• Butun til rivojlanishining asosini nima tashkil qiladi? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?
• Bolaning grammatik elementlarni o’zlashtirishi qaysi faoliyat negizida ro’y beradi?
• Bola morfemani o’zlashtirishda qaysi bosqichlardan o’tadi?
• Boladagi mavjud qoidalarning shakllanganligi va barqarorligini qanday qilib tekshirish mumkin?
• Bolalar so’z ijodkorligi nimani bildiradi?
• So’z ijodkorligining psixofiziologik negizini nima tashkil qiladi?
• Bolaning ona tili sintaksisini egallash jarayoni qanday amalga oshadi?
• Bolalar nutqida qanday fikr bildirish turlari ajratilgan?
• Bolaning til tizimini egallash, til qobiliyatlariga ega bo’lish jarayonining asosini nima tashkil qiladi?
• Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagog oldida grammatika sohasida qanday vazifalar turibdi? Ularning har birini tavsiflab bering.
• Maktabgacha yoshdagi bolaning grammatik xatoliklari nimadan dalolat beradi?
• Bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
• Bolalarning suffikslar, prefikslar, so’z qushimchalarining grammatik ahamiyatini qay darajada tushunishlaridan dalolat beruvchi grammatik xatoliklariga misollar keltiring.
• Tarbiyachi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarni qanday qilib tuzatishi mumkin?
• Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining asosiy grammatik belgilarini aytib bering.
• Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining grammatik qatori ustidagi ishlarni nimalardan boshlash zarur?
• Besh-olti yoshli bolalar nutqini grammatika nuqtai- nazaridan tavsiflang.
• Besh-olti yoshli bolalar o’z nutqida qaysi asosiy sintaktik munosabatlarni aks ettirishlari mumkin?
• Maktabgacha ta’lim muassasasida qo’shma gaplar ustida ish olib borish metodikasi qanday?
• Bolalarning ona tilining grammatik tizimini o’zlashtirib olishlari nima uchun ularning aqliy rivojlanishida shunchalik muhim ahamiyat kasb etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |