14-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar


Valyuta bozori va valyuta operatsiyalari



Download 103,73 Kb.
bet6/11
Sana16.03.2022
Hajmi103,73 Kb.
#494547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14 mavzu Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta kredit va moliyaviy

2.Valyuta bozori va valyuta operatsiyalari

Valyuta bozori deganda valyutalarni oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlarga aytiladi.


Valyuta bozorining 3 turi mavjud:

  1. Milliy valyuta bozori.

  2. Mintaqaviy valyuta bozori.

  3. Jahon valyuta bozori.

Milliy valyuta bozori 2 qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Valyuta birjasi

  2. Birjadan tashqari valyuta bozori.

Oʻzbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja bozori hisoblanadi.
Milliy valyutamiz—so‘mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasida aniqlanadi.
Respublikamizda so‘mning nominal biija kursi valyutalarning buyurtmali savdosi asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, OʻRVBga a’zo bo‘lgan tijorat banklari ikki xildagi buyurtmalami biijaga beradilar: a) AQSH dollarini sotib olish maqsadida so‘mda berilgan buyurtmalar; b) AQSH dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (dollarda berilgan buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalami qabul qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi buymqni bergandan so‘ng har ikkala xildagi buyurtmalar bo‘yicha jami nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin so‘mda berilgan buyurtmalarning jami summasini AQSH dollaridagi buyurtmalar summasiga bo‘lish yoii bilan o‘zbek so‘mining 1 AQSH dollariga nisbatan nominal biija kursi aniqlanadi. So‘mning valyuta kursini 1 AQSH dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so‘mning to‘g‘ri kotirovka rejimiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi hamda moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar valyuta tushumlarining ma’lum qismini majburiy tartibda sotishda qo‘llaniladi.
Respublikamizda valyuta operatsiyalarining asosiy qismi tijorat banklari orqali o‘tadi.
2018-yilning 1-yanvar holatiga, respublikamiz bank tizimida 28 ta tijorat banki mavjud. Shundan:

  • davlat banklari — 3 ta

  • aksiyadorlik-tijorat banklari - 12 ta

  • xususiy banklar- 8 ta

  • xorijiy kapital ishtirokidagi banklar- 5 ta

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning amaliyotida, xususan, AQSH, Yaponiya, Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi fiksing shaklida aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, maklerlar va tijorat banklari dilerlari ishtirokida kun davomida amalga oshiriladigan valyuta savdosi jarayonida shakllangan talab va taklif asosida, operatsion kunning aniq bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan birja kursi aniqlanadi. Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi flksing deb ataladi.
Biijadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta savdosi tijorat banklari dilerlarining telefon yoki intemet orqali so‘z!ashuvlari orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalami sotish kursi bilan sotib olish kursi o'rtasidagi farq sifatida daromad oladilar. Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi aktivlami qayta baholash, mavjud bitimga qarama-qarshi operatsiyalami amalga oshirish orqali ham tijorat banklari valyuta operatsiyalaridan daromad oladilar.
2002-yilning 1-yanvaridan boshlab naqd Yevroning muomalaga kiritilishi natijasida Yevropa banklari Germaniya markasi, Fransiya franki, Italiya lirasi, Belgiya franki, Avstriya shillingi, Ispaniya peseti kabi qator naqd valyutalarning muomaladan chiqib ketishi yuz berdi va buning natijasida ular 5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi spred shaklidagi daromaddan mahrum bo‘lishdi.
2003-yilning 8-oktabrida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro Valyuta Fondi Nizomi VIII moddasining 2-bo‘lim a bandi, 3 va 4 boiimlari bo‘yicha belgilangan majburiyatlami qabul qilinganligi va uning o‘sha yilning 15 oktabridan boshlab kuchga kirganligi konversion operatsiyalarni rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Ushbu majburiyatlar so‘mni to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha xorijiy valyutalarga erkin almashtirishni o‘z ichiga oladi. VIII moddaning 2- bo‘lim a bandiga muvofiq, mamlakatimiz hukumati joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy cheklashlami joriy qilishga haqli emas. Ushbu moddaning 3-bo‘limiga muvofiq, O‘zbekiston hukumati diskriminatsion valyuta siyosatini amalga oshirishga haqli emas. Nihoyat, VIII moddaning 4-bo‘limiga muvofiq, boshqa davlatlar tomonidan taqdim etilgan so‘mlar yo o‘sha mamlakatning milliy valyutasiga yoki SDRga konvertatsiya qilib berilishi lozim. Ammo 2003-yilning 15-oktabriga qadar olingan so‘mlar bo‘yicha O'zbekiston hukumati 4-bo‘lim majburiyatlarini o‘z zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarining fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ishlab topilgan so'mlar faqat joriy operatsiyalardan ishlab topilgan bo‘lishi kerak.
Xalqaro valyuta bozorlari valyutaviy cheklashlar mavjud bo‘lmagan mamlakatlarning yirik shaharlarida joylashgan: London (Buyuk Britaniya), Nyu-York (AQSH), Frankfurt-na-Mayne (GFR), Tokio (Yaponiya), Tsyurix (Shveytsariya) va h.k.
Valyuta operatsiyalarining hajmi bo‘yicha dunyoning eng yirik oltin bozori bo‘lib, London bozori hisoblanadi. Bu esa, Londonning yirik xalqaro moliya bozori ekanligi bilan izohlanadi.

  1. rasm maMumotlaridan ko‘rinadiki, 2016-yilda yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan valyutalar hajmi sotib olingan valyutalar hajmiga nisbatan sezilarli darajada katta bo‘Igan. Bu esa, respublikamizga xorijiy investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb etilayotganligi tufayli asbob-uskunalar importining oshib borayotganligi bilan izohlanadi.




Download 103,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish