taqsimlash
(distrib‟yutsiya)
– tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi (yoki
o’rtadagi) iste’molchilar, sotuvchi tashkilotlar sari harakatlari, sotuvdan oldingi va
keyingi servis xizmatlaridan iborat logistik faollikdir. “Tashkilotni boshqarish”
yo’nalishidagi entsiklopedik lug’atga ko’ra
tarqatish (taqsimlash, yetkazib
berish)
– tovarning foydalanish sohasiga o’tish jarayonining dastlabki bosqichi;
tovarni tarqatish; tovar oldi-sotdisi. Mazkur lug’atda keltirilishicha,
taqsimot
logistikasi
logistikaning mahsulotni taqsimlash qonun va qonuniyatlarini o’rganish
haqidagi bo’limidir.
Bunday faoliyat bozor ehtiyojlarini o‟rganishdan boshlab
samarali transport-ekspeditsiya xizmatini tashkil etish asosida ularni to‟la-
to‟kis qondirishgacha bo‟lgan taqsimlash zanjirini o‟z ichiga oladi.
A.Kanseni tushunchasiga ko’ra,
taqsimot logistikasi bu
– tayyor
mahsulotni iste’molchiga yetkazish uchun amalga oshiriladigan tashish, ortish-
tushirish, omborlashtirish, axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash kabi
operatsiyalarni rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi fandir.
V.Radionova va boshqa mualliflarning fikricha,
taqsimot logistikasi
material
oqimni turli ulgurji xaridorlar o’rtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan
o’zaro bog’langan funktsiyalar kompleksidir. Bunday taqsimlash kerakli tovarlarni
kerakli manzillarga, o’z muddatida, minimal xarajatlar evaziga yetkazib berish
maqsadida amalga oshiriladi.
Tayyor mahsulotni taqsimlash moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqarish
va ularni iste’mol qilish o’rtasidagi bo’g’in bo’lib, ishlab chiqarishdagi aylanma
vositalarning aylanish uzluksizligini ta’minlovchi muhim omildir. Eski sotsialistik
mamlakatlar iqtisodiyotida uzoq muddat davomida mahsulotni taqsimlash sohasiga
yetarli e’tibor berilmadi. G’arb mamalakatlarida esa bu eng asosiy yo’nalish
hisoblanar edi. Bundan tashqari, mahsulot va tovarlarni taqsimlash hamda yetkazib
berish sohasi oqimlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchigacha bo’lgan
sekinlashuvchi harakati bilan xarakterli edi, bunda qondirilmagan talablar yuqori
darajada, mahsulot va tovarlar yetishmovchiligi, iste’molchi ehtiyojini ishonchli
ta’minlash darajasi va xizmat ko’rsatish sifatining pastligi kabi jiddiy kamchiliklar
mavjud edi.
O’tgan davrlarda mahsulot va tovarlarni taqsimlash sohasi doimo “qoldiq
tamoyili” ostida moliyalashtirilib, boshqaruv rahbariyatida mazkur soha
ahamiyatini kamaytirish va odilona tushunmaslik kamchliklari mavjud edi.
Taqimlash sohasining ko’p turdagi material oqimlarni boshqarish tizimi tashkiliy-
texnologik bazasi va infrastrukturasi o’zaro yetarli darajada bog’lanmagan vertikal
tekislikda markazlashgan tarmoq va hududiy ta’minot hamda tarqatish organlari
tashkil etardi. Ularga misol sifatida sobiq Ittifoq miqyosida faoliyat ko’rsatgan
“Davta’minot”, “Davqurilish”, “Davagrosanoat” va “Davneftmahsulot” kabi
tuzilmalarni ko’rsatish mumkin. O’tgan davrda sobiq Ittifoq tasarrufida bo’lgan
barcha respublikalar ishlab chiqaruvchilari hozirgacha ham ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni sotish va taqsimlashda, bozor qitisodiyotini o’rganishda, iqtisodiy
jihatdan eng ratsional sotuvchi va taqsimlash kanallarini tanlashda katta
qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bunday holatning asosiy sabablari sifatida
logistik xarajatlar yuqoriligi, tovar harakatini ta’minlovchi infratuzilmaning sekin
rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalar tovar harakatida, tashishda, uni
omborlashtirish va saqlashda keng qo’llanilmasligi hamda shu kabi ko’plab
kamchiliklarni keltirish mumkin.
Hozirgi paytda tayyor mahsulotlarni taqsimlashda logistik xizmatlar
autsorsingi ahamiyati oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning logistik funktsiyalari
autsorsingsiz kam va mutlaqo samarasiz bo’lib qoladi. Bu esa ishlab chiqarish va
infratuzilmaga oid faoliyatlar afzalligini tenglashtirib qo’yadi, ko’p hollarda
ularning afzalliklari o’rnini almashtiradi. CHunki autsorsing kompaniya uchun
bajarish mushkul va samarasiz bo’lgan yo’nalishlarda shunday faoliyatga
ixtisoslashgan boshqa firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanishni ko’zda tutadi.
Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqqan va hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti
mexanizmlarini rivojlantirayotgan ko’plab mamlakatlarning xom ashyo, tovar va
materiallar yetkazib berish tizimida Rossiyaga xos deb ko’rsatilgan quyidagi
kamchiliklar mavjud:
-
asosiy diqqat-e’tibor ishlab chiqarishga qaratilganligi hamda
taqsimlash va ta’minlash sohasiga yetarli e’tibor berilmayotganligi;
-
taqsimlash va ta’minlash sohalarining “qoldiq tamoyili”ga ko’ra
markazlashgan holda moliyalashtirilishi;
-
tovar material resurslarning markazlashgan taqsimlash shakllari bekor
qilinganligi va yagona tovar o’tkazish tizimi izdan chiqib ketishi;
-
tovarlarning
ishlab
chiqaruvchilardan
iste’molchilarga sekin
harakatlanishi;
-
qondirilmagan talablar ko’pligi va yetishmovchilik mavjudligi;
-
iqtisodiyotni boshqarishda tovarlarni taqsimlash va ular bilan
iste’molchilarni ta’minlash masalalariga e’tibor sustligi;
-
sanoat va savdo-sotiq sohalarida taqismlash tizimlarini kompleks
rivojlantirish rejalari tuzilmaganligi;
-
tovar aylanishi tizimida xarajatlar yuqoriligi va ulgurji savdo
tashkilotlarida tovarlar bo’yicha ixtisoslashish yo’qligi;
-
omborxona majmuasidan samarali foydalana olmaslik oqibatlari;
-
o’rta va yuqori darajadagi ulgurji savdo tizimlarida tovar bozorlari
tashkil etilmaganligi;
-
tarqatish
va
ta’minot
tizimlarining
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologilari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori
emasligi;
-
avtomobillarda va mulьtimodal tashish tizimlari va terminallarning
texnik, texnologik darajasi yuqori emasligi;
-
jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy transport vositalari
yo’qligi;
-
transport vositalarining eskirib ketganligi;
-
ombor xo’jaligining texnik, texnologik bazasi past darajada ekanligi;
-
yuklarni qayta ishlash, qadoqlash va o’rashga oid zamonaviy
texnologik qurilma va uskunalar yetishmasligi;
-
ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi
pastligi;
-
zamonaviy tara va o’rash vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar
rivojlanmaganligi va sh.k.
Taqsimot logistikasini boshqarish ob’ekti yuqorida ta’kidlanganidek, bu
material oqim va uning harakatini ta’minlovchi axborot, moliya, xizmat va shu
kabi ishlardir. Moddiy oqimlar harakati jarayonini boshqaruvchi sub’ektlar
quyidagilar bo’lishi mumkin:
ishlab chiqaruvchilar;
vositachi institutlar (savdo sotiq va funktsional vositachilar);
oxirgi iste’molchilar
Yuqorida ko’rsatilgan vositachi instiutlarning ko’pligi va ulardan
foydalanish mezonlari va variantlari turlichaligi tovar va mahsulotlarni tarqatish
(etkazib berish) jarayonini optimal boshqarishni qiyinlashtiradi. Bir tomondan
tovar - material oqimini yetkazib berish jarayonining logistik zanjir o’rtasida
turuvchi bo’g’inlarni kamaytirish asosida tezlashtirish maqsadiga intilsak, ikkinchi
tomondan har bir bug’inda bajariladigan funktsiyalarni ixtisoslashtirish istagi
o’rtada turuvchi vositachilar sonining oshishini taqozo etadi.
SHunday qilib, o’rtada turuvchi vositachi institutlar orqali mahsulot va
tovar tarqatish jarayonlarini tizimli takomillashtirish – taqsimot logistikasining
asosiy vazifasi va uning faoliyatini muhim sohasi hisoblanadi.
Taqsimot logistikasining mikro va makro darajalardagi funktsional
ta’minlanishini uning ob’ekti va sub’ekti bilan bog’langan holda aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Taqsimot logistikasining ob’ekti – tovar-material va uni
ta’minlovchi yordamchi oqimlar hisoblanadi. Uning sub’ekti esa –tarqatuvchi
tarmoq ishtirokchilari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, tovar-material oqim harakatini
ta’minlovchi, turli funktsiyalarni umumlashtiruvchi vositachi institutlar va oxirgi
iste’molchilardir. Taqsimot logistikasi sub’ektlariga quyidagi elementlarni kiritish
mumkin:
-
makrodarajada yetkazib beruvchi (tarqatuvchi) tashkilotlar,
taqsimlash markazlari va omborlar, transport tashkilotlari, sug’urta
kompaniyalari, axborot ta’minoti korxonalari, savdo tashkilotlari, konsalьting
firmalar;
-
mikrodarajada logistika bo’limi, taqsimot bo’limi, omborlar,
transport va axborot bo’limlari, moliya, standartlashtirish va sifat bo’limlari;
Taqsimot logistikasining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
-
makrodarajada taqsimlash (tarqatish) kanallari va tarmog’ining
tashkiliy tuzilmasini yaratish, taqsimlash kanallarida distryubьyutiv
markazlar (bazalar, omborlar) va boshqa logistik bo’g’inlarni joylashtirish,
tayyor mahsulotni tashish, taralarni qayta tashib kelish, tarqatish va yig’ish,
omborlar tizimida tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, joylashtirish va
saqlash, zahiralarni boshqarish, tayyor mahsulotga egalik huquqini berish,
tovarlarning buzilmasligi va himoyalanishini ta’minlash;
-
mikrodarajada buyurtmalar olish va qayta ishlashni ta’minlash,
mahsulot va tovarlarni sotishni tashkil etish, ularni o’rash variantlarini
tanlash va komplektlashtirish, mahsulotni jo’natish, iste’molchi manziliga
tashib yetkazilishini nazorat qilish va topshirish, sotuvdan keyingi
xizmatlarni tashkil etish, omborlarda tovar harakatini hisobga olish.
Taqsimot logistikasining ta’minlovchi funktsiyalari standartlashtirish,
moliyalashtirish, tavakkalchilikni sug’urtalash, axborot va ilmiy ta’minot hamda
logistik servisdan iborat bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali
bajariladi:
-
makrodarajada
– tavakkalchilikni sug’urtalash, narxni
shakllantirish, mahsulot va tovarlarni tarqatish va bunda maxsus logistik
funktsiyalarni
bajarishning
axborot-kompьyuter
tizimida
qo’llab-
quvvatlashni amalga oshirish;
-
mikrodarajada – tayyor mahsulot sifatini saqlash borasidagi
standartlar bajarilishini ta’minlash, soliq to’lovlari, mahsulotni yetkazib
berish rejasi bajarilishini nazorat etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |