Kauchuk asosidagi yelimlar. Rezinalarni uzaro (masalan, avtomobil kameralarini ta’mirlashda), shuningdek rezinani shisha, metall, va boshqa materiallarga biriktirishda sovuqlayin qotadigan rezina yelimlaridan (VKR-15,16,17, KLM-1,4508 va boshqalar) foydalaniladi. Ular tabiiy yoki sintetik kauchuklarni organik erituvchilarda, ko’pincha «Galosha» benzinida (benzinning 80-1200C haroratlar oralig’ida qaynab bug’lanadigan tor fraktsiyasi) eritib tayyorlanadi. Xona haroratida yelimlab biriktirish uchun 24 soat kifoya. Lekin sovuqlayin yopishtirilgan birikmaning mustahkamligi, issiqqa chidamliligi past (60-800C) bo’ladi (VKR-16,17 yelimlarniki 1500C). qaynoq opzida vulkanizatsiya qilish jarayoni 140-1500C haroratda bajariladi. Bunda olinadigan birikmalarning mustahkamligi ko’pincha asosiy materialnikidan qolishmaydi. Vulkanizatsiya qilinmaydigan kauchukdan tayyorlangan buyumlarni pulatlar, alyuminiy, latunga mustahkam yopishtirish uchun qaynoq leykonat yelimidan foydalaniladi. Birikma 1500C gacha haroratda ishlay oladi. Tayyor yelimni 1,5 yil saqlash mumkin. Bu yelim elastik, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli birikma hosil qiladi.
Uz-o’zidan vulkanizatsiyalanadigan 88N va 88Np yelimlaridan amalda foydalanish qulay (elim tarkibida vulkanizatsiyalanishni tezlatgich va aktivlashtirgich bo’lgani sababli u xona haroratida bir soptka davomida vulkanizatsiyalanadi) olingan birikma ancha mustahkam chiqadi. Agar biriktirish yelimini 500C gacha qizdirib bajarilsa, birikmaning mexanik mustahkamligi yanada ortadi. Neft mahsulotlari ta’siriga chidamaliligini pastligi bu yelimlarning kamchiligidir. Agar kremniyorganik kauchukdan olingan issiqqa chidamli rezinalarni metallarga biriktirish lozim boplsa, KT-25,KT-30 va boshqa yelimlarni ishlatish mumkin. Bu yelimlar kremniyorganik smolalar asosida tayyorlanadi, 2000C haroratgacha chidash beradi.
Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada tayyorlashni talab qiladi. Mustahkam birikma olish uchun sirtlar bir xil g’adir-budurlikka ega bo’lishi kerak. Buning uchun alyuminiy, qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir kog’oz bilan, qora metallar, qattiq qotishmalar, bag’zi plastmassalarga pitra bilan ishlov beriladi. Yog’och buyumlar egov bilan tozalanadi. Bag’zi metall va qotishmalar (alyuminiy, magniy, mis, xromlangan buyumlar) uchun sirtlarni kislota yoki ishqorli vannalarda xurushlashga va boshqa operatsiyalarni bajarishga to’g’ri keladi. polietilen va bag’zi boshqa plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga sulüfat kislota eritmasi bilan ishlov beriladi. Yopishtirishdan oldin detallar benzin, atseton, yuvish vositalari bilan yog’sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan detallarni ta’mirlanayotganda ulardagi eski yelimni qirib tashlash zarur.
Buyalgan sirtlar yuvish vositalari bilan yuviladi va jilvir qog’oz bilan ishqalanadi (kuch tushmaydigan konstruktsiyalar-ni sirtlari) yoki buyoq qatlami boptunlay qirib tashlanadi. Tayyorlangan sirtga yelim, odatda, cho’tka bilan kamdan kam opzilarda pulüverizator yoki shpatelü bilan yelim pastalari surtiladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalashtirish uchun ko’pincha yelim surtadigan jihozlardan foydalaniladi. Hajmiy detallarga yelimlarni eletrostastik maydonda surtish qullanila boshlandi.
Îdatda, biriktiriladigan sirtlar va yelim pardasining issiqdan chiziqli kengayish koeffitsenti turlicha bo’ladi. SHu sababli yelimni sirtga mumkin qadar yupqa qilib surtish zarur. Faqat shundagina birikma mustahkam chiqadi. Yelim pardasining qalinligi 0,25 mm dan oshmasligi kerak.
Yopishqoq lentalardan foydalanish sohasi ancha kengaydi: ular izolyatsiyalarni ta’mirlashda, metallarning korroziyalanishdan saqlashda, sirtlarni buyash yoki galüvanik qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ular buyumlarni markalashda, urashda ham ishlatiladi. Lentalar qog’oz, tselofan, polietilen, lavsan, polivinilxloriddan tayyorlanadi va ularga yelim surtiladi. Ularning afzalligi shundaki ular deyarli barcha sirtlarga yaxshi yopishadi, yopishtirish uchun maxsus uskuna talab qilmaydi. Tayyor opzida chiqariladi.
Nazorat savollari
poliefirakrilatli yelimlar.
polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelimlar.
Yog’och buyumlarni biriktirish uchun yelimlar.
Yuqori haroratlarda ishlatiladigan yelimlar.
Kauchuk asosidagi yelimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |