14-mavzu. Sanoatning maqsadli yo`nalishlari (2 soat)


Sohani rivojlanishning asosiy yo`nalishlari



Download 115 Kb.
bet2/4
Sana17.05.2023
Hajmi115 Kb.
#940347
1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu SANOATNING MAQSADLI YO`NALISHLARI(1)

2.Sohani rivojlanishning asosiy yo`nalishlari
Sanoat taraqqiyotida yoqilg`i – energetika majmuasining o`rni alohida e’tiborga molik. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko`mir qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmuaning hissasi sanoat kompleksida 23,8%dan iborat.
O`zbekiston respublikasi jahondagi 10 ta gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Bu yerda qudratli issiqlik va gidroelektrstantsiyalar mavjud.
Energetika respublika xalq xo`jaligining negiz tarmog`i, respublikada iqtisodiyot va fan-texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O`zbekiston energetika tizimi umumiy o`rnatilgan quvvati 11,7 mln kVt bo`lgan 37 issiqlik va gidravlik elektr stantsiyalari yiliga 55 mlrd dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O`zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km. ni tashkil etadi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 70 minga yaqin xodim ishlaydi.
Bugun O`zbekistonda bir kunda 136 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu 1913 yilda hosil etilgan elektr energiyasiga nisbatan 100 marta ko`pdir.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevraldagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etilgan edi. O‘sha yilning 27 martidagi Prezident qaroriga asosan, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati isloh qilinib, uning negizida «Issiqlik elektr stansiyalari», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» va «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil topdi.
2019-yilda yili mamlakatimizda 6ta yirik loyiha doirasida jami 1076 megavatt elektr energiya quvvatlari ishga tushirildi.
2020-yilda elektr energiyasi iste'moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya'ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda.
2020-yilda issiqlik elektr stansiyalarida 1177 megavatt, gidro elektr stansiyalarida 120 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3 ming 500 megavattli bug‘-gaz qurilmalari, 400 megavattli shamol va shunday quvvatga ega quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar shakllantirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib O‘zbekistonda elektr energiyasi iste'moli hozirgiga nisbatan 2 barobar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois, Energetika vazirligiga keyingi o‘n yilda umumiy quvvati 7 ming 900 megavattni tashkil etadigan yangi issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, investorlarni jalb qilgan holda, 8 ming megavatt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, gidro elektr stansiyalari quvvatini 1 ming 935 megavattga oshirish, kichik gidro elektr stansiyalar barpo etishni xususiy sektorga berish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Mutasaddi tashkilotlarga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita ishlaydigan o‘rta va kichik bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha korxonalari rahbarlari hisobot berdi, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yoqilg`i sanoati. Respublika yoqilg`i sanoati yer qarida topilgan va qazib olinayotgan ko`mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan va rivojlanib bormoqda. Respublikada 160 ga yaqin neft va gaz konlari ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro va Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 neft, gaz va gaz kondensat konlari, 2 ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo`yilgan.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish