14-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi Reja


“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini



Download 415,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana03.02.2022
Hajmi415,4 Kb.
#427451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5458799426287963808

“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli 
ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, 
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, 
iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va 
protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning 
xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. Zero, 
mazkur yo‘nalishdagi islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab 
beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Ammo islohotlarning ijobiy natijalari, 
xalqning erishgan va erichayotgan yutuqlarini dunyo hamjamiyati e’tiboriga 
taqdim etish alohida chora-tadbirlarni, maqsadli saʼy-harakatlarni talab etishi ham 
turgan gap. Bunda xalqaro reyting agentliklarining xizmati katta. 
Har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘tkazar ekan, birinchi 
o‘rinda aholi turmushi farovonligini oshirish, huquq va manfaatlarini taʼminlash, 
mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashni asosiy maqsad qilib 
belgilab oladi. Mamlakatlarning ana shu iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarini turli 
reyting agentliklari baholab boradi, ular ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni aslo 
e’tiborsiz qoldirmaydi. Xalqaro hamjamiyatning e’tiborini, xorijiy investorlarning 
qiziqishini qozonish ko‘p hollarda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining 
baholariga bog‘liq bo‘ladi. 
So‘nggi to‘rt yil mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarini 
qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi xalqaro 
hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, xalqaro reyting agentliklari o‘z 
indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta boshlayotgani mustaqillik 
yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz uchun, xalqimiz uchun juda 
katta yutuq. Masalan, O‘zbekiston Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” 
indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 
pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi. Xalqaro reyting 


agentliklarining o‘zi Prezident SHavkat
 
Mirziyoev boshchiligida O‘zbekistonda 
olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning qisqa vaqtda erishilgan natijalari 
sifatida ularni jahon afkor ommasiga ma’lum qilinmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4210-sonli qarori hamda 2020 yil 2 iyundagi 
«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash 
hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi 
mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi PF-6003-sonli Farmoni ana shu saiy-
harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu Farmonga muvofiq, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash 
bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan 
xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini quyidagilar orqali 
yaxshilashdan iborat: 
- mamlakatimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
siyosiy-huquqiy 
taraqqiyot 
darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub 
o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur yo‘nalishdagi ishlarning 
samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish; 
-davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni 
demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi 
sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish; 
-davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan 
NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga taʼsiri nuqtai nazaridan 
kompleks baholab borish. 
Kengashning ishchi organlari – Moliya va Adliya vazirliklari. Ishchi organlar 
bo‘yicha taqsimlangan ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda 
mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab 
chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik 
olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o‘rnatiladi. 
Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mamlakatimizning 
o‘rnini yaxshilash – mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati 
samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biridir.
Oliy 
Majlis 
Qonunchilik 
palatasida 

iyun 
kuni 
«O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida 
parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusidagi seminar ham 
aynan ushbu masalada bo‘ldi. So‘nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini 
oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 ta farmon va qarori 
qabul qilingan. 


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash bo‘yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va 
idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash 
metodologiyalarining tahlili, ularda O‘zbekistonga berilayotgan baholarga sabab 
bo‘layotgan omillar o‘rganib borilmoqda. 
Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning 
aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Jumladan, Jahon banki, Birlashgan 
millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet 
hamkorligi, INSCEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit 
kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo‘lga 
qo‘yildi. SHuningdek Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro 
reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur 
yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini 
yaratadi. 
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda 
chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni 
sezilarli darajada o‘sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro 
reyting agentliklarining bahosiga ko‘ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit 
reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda. 
Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 
2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga 
oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon 
bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi. 
SHuningdek 2019 yilda O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 
mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi. 
2019 
yilning 
sentyabr 
oyida 
Jahon 
bankining 
Boshqaruv 
sifati 
indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi 
bir 
qator 
indikatorlardan 
yaxshilanganligini 
ma’lum bo‘ldi. Xususan, 
«Korruptsiyani nazorat qilish» indeksida 1 pog‘onaga, «Hukumat samaradorligi» 
indeksida 3 pog‘onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog‘onaga, «Qonun 
ustuvorligi» indeksida 4 pog‘onaga, «So‘z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 
pog‘onaga ko‘tarildi. 
Jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksidagi – 
korruptsiyaning mavjud emasligi indeksida O‘zbekiston 128ta davlat orasida 89-
o‘rinni egallagan. 2019 yilning sentyabr oyida e’lon qilingan 2018 yil bo‘yicha 
Jahon bankining boshqaruv sifati indikatorlarining – korruptsiyani tiyib turish 
indeksida O‘zbekiston 209 ta davlat orasida 28,6 ball bilan 183-o‘rinni egallab, 1 
pog‘onaga ko‘tarilgan. 


 SHuningdek 2020 yilning yanvar oyida e’lon qilingan Transparency 
International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 2019 yil bo‘yicha 
korruptsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 180ta davlat orasida 25 ball bilan 
153-o‘rinni egallab, 5 pog‘onaga ko‘tarilgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 23 ball 
bilan 158-o‘rinni tashkil etgan. 
Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti hisobotida ushbu 
reyting bo‘yicha so‘nggi yillarda O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari oshib 
borayotganligi, 
ommaviy 
axborot 
vositalariga 
qo‘yilgan 
cheklovlar 
yengillashtirilganligi e’tirof etilgan. 
Prezidentning 2020 yil 2 iyunda farmon bilan, O‘zbekiston uchun ustuvor 
bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim 
ko‘rsatkichlari qayd etildi. 
Unga ko‘ra: 
- Korruptsiyani qabul qilish indeksi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini 
joriy yilda 27 balldan 2030 yilda 65 ballga 
- Korruptsiyani tiyib turish indeksi bo‘yicha joriy yilda 31 balldan 2030 yilda 
71,6 ballga 
- Korruptsiyaning mavjud emasligi indeksi bo‘yicha joriy yilda 0,39 balldan 
2030 yilda 0,60 ballga yetkazish belgilandi. 
SHu bois, Bosh prokuratura tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish 
bo‘yicha xalqaro reytinglardagi O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlar 
davom etmoqda. 
Mamlakatimizning reyting agentliklari va dunyo indekslarini tuzuvchilar 
bilan o‘zaro aloqalarni davom ettirishga tayyorligi O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro hamkorlikka ochiqligini, mamlakat rahbariyatining islohotlar jarayonining 


shaffofligi va oshkoraligini, demokratik islohotlar siyosatining ochiqligini 
ta’minlash bo‘yicha qatiy irodasini tasdiqlaydi. 

Download 415,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish