2. Milliy mahsulоtning mazmuni, tarkibiy
qismlari va harakat shakllari.
Jamiyat a’zоlarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdоran ko’payib va sifat jihatidan takоmillashib bоrar ekan, bu ehtiyojlarni qоndirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to’хtоvsiz yangilanib, takrоran amalga оshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrоran amalga оshirilib turilishi ijtimоiy takrоr ishlab chiqarish dеyiladi.
Ijtimоiy takrоr ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga оshirilishi mumkin: оddiy va kеngaytirilgan takrоr ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |