14-mavzu narx va uning shakllanishi


Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi



Download 360,73 Kb.
bet4/154
Sana31.12.2021
Hajmi360,73 Kb.
#249513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси маър матни 2 қисм 70134

6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (ton­na, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo).

7. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, soha­lar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taq­simlanadi.
2. Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati

Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir.

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.

Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiya­larda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xara­jatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.



Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’­molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ul­gurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.

Xarid narxlari. Bu narx­lar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga bel­gila­nadi. Ayrim hollar­da bunday narxlarga muayyan ustama va im­tiyozlar bo‘lishi ko‘zda tuti­ladi.

Dotatsion narxlar. Dav­lat budjeti hisobidan arzonlash­tirilgan narxlardir.

Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqa­rishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.

Nufuzli narxlar. Allohining yuqori daromad oluvchi qat­lami xaridqiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgi­lanadi.

Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k.) narxi sifatida chiqadi.

Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxiningquyi­dagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgi­la­nib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davo­mida doimiy bo‘lib qoladi.

Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgila­n­gandahamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.



  1. Download 360,73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish