14-мавзу. Миллий иқтисодиёт ва унинг макроиқтисодий ўлчамлари



Download 24,4 Kb.
bet2/2
Sana22.03.2021
Hajmi24,4 Kb.
#61973
1   2
Bog'liq
14-мавзу

1. Milliy iqtisodiyot – bu barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatish shakli bo’lib mamlakat hududida yashovchi asosiy millatning tarixan shakillangan va rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadigan, mahalliy, o’ziga xos xususiyatlaria ega bo’lgan xo’jalik tarmoqlari, korxonalari, mehnat uyushmalari, hududlari va mintaqalari tizimidir. Milliy iqtisodiyot bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir. Milliy iqtisodiyot bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir. Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs, institutsional va boshqa kichik tizimlar, komponentlardan tarkib topadi.

Tashkiliy jihatdan – xo’jalik yuritish subyektlar yig’indisi tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, ishlab chiqarish turlari, tarmoqlar, mintaqalar, ularning o’zaro aloqalari va munosabatlaridan iborat.

Tarkibiy jihatdan – xo’jalik majmualari sanoat, agrosanoat majmuasi, yoqilg’I-energetika majmuasi, qurilish majmuasi va boshqalar.

Resuslar bo’yicha – imkoniyatlar yig’indisi tabiiy xom ashyo, demografik va mehnat, ilmiy va innovatsion, ishlab chiqarish, ekologik xususiyatlardan iborat.

Institutsional jihatdan – bozor insititutlari va milliy bozor segmentlari yig’indisi – ishlab chiqarish vositalari bozori, tovar va xizmatlar bozori, kapital bozori, ipoteka bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, fond bozori, mehnat bozori, intellectual mulk bozori va boshqalardan iborat.

Harakat qilish va boshqarish darajasi bo’yicha milliy iqtisodiyot makrodarajada, mezodarajada (tarmoqlar, mintaqalar), mikrodarajada tahlil qilinadi.

Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakillanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar :


  • Mavjud bozor konyukturasi, bozorlar sig’imi va monopollashuv darajasi

  • Mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki

  • Ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish darajasi

  • Fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari

  • Ishlab chiqarish resurslarining sifati

  • Hududlarning yer maydonlari

  • Infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi

  • Ekologiya holati


2. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarni bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi doirasidagi iqtisodiyotdir. Uning tarkibi quyidagicha :


  • Moddiy ishlab chiqarish

  • Nomoddiy ishlab chiqarish

  • Xizmat ko’rsatish

Makroiqtisodiy tahlilning xususiyati shundan iboratki, uning muhim tamoyili bo’lib agregatlash ya’ni umumlashtirish qatnashadi. Umumlashtirish makroiqtisodiy agentlarni, makroiqtisodiy bozorlarni, makroiqtisodiy o’zaro bog’liqliklarni makroiqtisodiy ko’rsatgichlarni ajratadi.
3. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatgichlar makroiqtisodiy ko’rsatgichlar deyiladi. Makroiqtisodiyotda quyidagi ko’rsatgichlar yordamida iqtisodiyotning rivojlanishi yoki pasayishi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi:

  • YAMM – yalpi milliy mahsulot

  • YAIM – yalpi ichki mahsulot

  • SMM, SIM –sof milliy mahsulot, sof ichki mahsulot

  • MD – milliy daromad

  • Moliyaviy ko’rsatgichlar – pul oqimi, byudjet holati, inflatsiya

  • Ijtimoiy ko’rsatgichlar – aholi daromadlari, ishsizlik darajasi, aholi soni va hakozo.

YAMM – ma’lum vaqt davomida masalan, 1 yilda mamlakat miqyosida yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.

YAIM - ma’lum vaqt davomida masalan, 1 yilda mamlakat hududida yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymtidir.

SIM = YAIM – amortizatsiya

MD = SIM – biznesga egri soliqlar

Bu ko’rsatgichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning faoliyati natijasida aniqalanadi.
4. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish – bu jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishidir. Uning quydagi ko’rinishlari bor :


  1. Oddiy takror ishlab chiqarish

  2. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish

Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar va xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilishimiz mumkin. Iqtisodiyotning tarkibida ma’lum omillar ta’sirida yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarini nisbati tushuniladi.


5. Ishlab chiqarishning natijalarini ifodalaydigan makroiqtisodiy ko’rsatgich bu yalpi milliy mahsulot hisoblanadi. Yalpi milliy mahsulot bir yil ichida xo’jalikda yaratilgan, taqsimlangan va foydalanilgan pirovard yakuniy mahsulotlar qiymatidir. Yalpi milliy mahsulot mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar yig’indisining pul shaklidagi ifodasidir. Milliy xo’jalikda yaratilgan juda katta har xil mahsulot va xizmatlar iste’mol tovarlariga va investitsiya tovarlariga yoki ishlab chiqarish vositalari mahsulotlariga bo’linadi. Yalpi mlliy mahsulot ko’rsatgichi 1987- yildan BMT metodologiyasi bo’yicha hisoblana boshladi :
YAMM = YAIM + Shu mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining xorijdan oladigan foyda va daromadlari – Xorijiy investorlar va ishchilarni shu mamlakatda olgan foyda va daromadlar
6. Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatgichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu yerda bir –biri bilan solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi. Shuning uchun ha milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatgichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatgichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi:

  1. Ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi ;

  2. Narxlar darajasi

Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi :

  1. Joriy yoki haqiqiy narxlar

  2. O’zgarmas va solishtirma basis narxlar

Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi.

Narxlarning o’sishi bilan YAIM ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deyiladi.


7. Mamlakatda amal qilinayotgan qonunlar asosida ish olib borishi yoki yo’qligiga qarab tadbirkorlik legal-rasmiy ochiq hamda yashirin(jinoiy) – xufiya tadbirkorlikka bo’linadi. Xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.Yashirin iqtisodiyot murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilmaxil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: 1) jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo man etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan ishlar bilan shugʻullanish narkobiznes, qurol biznesi va h.k.; 2) gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib olish oʻgʻirlik, bosqinchilik, poraxoʻrlik; 3) ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1—2 va 5—10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, kiyim-kechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan; 4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish; 5) mansabni suisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin; 6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar yashirin iqtisodiyotdagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talabehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.
8. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatgichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin :

  • Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = YAIM

  • SIM – biznesga egri soliqlar = MD

  • YAIM – amortizatsiya = SIM

  • MD – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga soloqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfer to’lovlari = Shaxsiy daromad

  • Shaxsiy daromad – yakka taribdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad

Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni to’lagandan keying daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar – daromad solig’i, xususiy mol – mulklarga va meros qolgan mulklarga solinadigan soliqlardan iborat.

9. Yalpi ichki mahsulot quyidagi usullar asosida aniqlanadi :

  1. Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi : YAIM = ∑QQ

  2. Xarajatlar usuli – bunday yakuniy iste’molchining xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi : YAIM = C+I+G+Xn

Bu yerda S- Shaxsiy iste’mol xarajatlari; I – investitsion xarajatlar ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarning davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari ya’ni sof eksport
YAIMni xarajatlarga asoslanib hisoblanayotganda uning tarkibiga qo’shilmaydigan xarajatlar :

  1. Davlatning transert to’lovlari ( qariya va nogironlar to’lovlari, stipendiyalar …)

  2. Xususiy transfert to’lovlari (badavlat oilalarning turli xayriyalari va boshqalar)

  3. Qimmatli qog’ozlar oldi – sotdisi jarayonidagi xarajatlar. Bu xarajatlar ishlab chiqarishga o’z ta’sirini bilvosita ko’rsatsada, mahsulot qiymatiga qiymat qo’shmaydi

Ishlatilgan buyumlar
Download 24,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish