6. Rahbar fazilatlari.
Fazilat
— bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha
bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p
jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni
ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, yengil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib
keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan
fikri bejiz emas.
Mana shu xil kishilarni Gippokrat
sangviniklar
(xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu
lotincha “sangvinis”, ya’ni “qon” degan so’zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: yangi kishilar bilan tez
til topishadigan; bir ish turidan ikkinchi nsh turiga tezda ko’nikadigan; bir turda bajariladigan
ishlarni yoqgarmaydigan; yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan; xushchaqchaq; harakatlari
shiddatli; nutqi tez; kelajakka ishonch bilan qaraydigan; so’zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar
bilan gapiradigan kishilardir.
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o’z kuchi
hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar.
Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiqqo’l va
talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi.
Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va
intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday
xil kishilar
flegmatiklar
deb atalgan. qadimgi yunonlar shilliqni “flegma” deyishgan.
Flegmatiklar: ta’sirchanligi sust bo’ladi; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik
bilan ko’chadilar; faolliklari kam; yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar; harakatlari va
nutqlari sust; ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli
bo’lib, suzlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qat’iy,
harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan.
qadimgi yunonlar safroni “xoley” deyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |