26-jadval
Rahbarlik turlarining o’ziga xos xususiyatlari
№
Belgilar
Rahbarlik turlari
Avtokratik rahbar
Demokratik rahbar
Leberal rahbar
1
Qaror qabul qilishda
Yakkabosh, jamoa fikri
bilan hisoblashmaydi
Jamoa fikri bilan
hisoblashadi
Ko’rsatmaga binoan ish
tutadi
2
Qaror
yechimlarini
bo’ysunuvchilarga
yetkazishda
Yozma va og’zaki
buyruq ko’rsatma orqali
Taklif orqali
Iltimos qilish yalinish
orqali
3
Mas’uliyatni taqsimlash
To’la-to’kis rahbar
qo’lida
Vakolatiga binoan
To’la-to’kis
ijrochilarning fikriga
binoan
4
Bo’ysunuvchilarning
tashabbuskorligiga
Yo’l qo’yadi
Rag’batlantiradi va
foydalanadi
To’la-to’kis tayanadm
5
Kadrlarni tanlashda
Kuchli
raqobatdoshlardan
qutulish tarafdori
Ishchan, bilimdon
xodimlarga mo’ljal oladi
va ularning o’sishiga
yordam beradi
Beparvo
6
Bilimga
bo’lgan
munosabatda
Hamma narsani o’zim
bilaman deb hisoblaydi
Muttasil o’qiydi va qo’l
ostidagi
bo’ysunuvchilardan ham
shuni talab qiladi
E’taborsiz, bari-bir,
beparvo
7
Muomalada
Salbiy, masofa saqlaydi
Ijobiy, muloqatda
kirishimli va faol
Tashabbus ko’rsatmaydi
8
Bo’ysunuvchilarga
nisbatan
Kayfiyatiga qarab
muomala qiladi, asabli
Har xil, talabchan,
xayrixoh, andishali
Talabchan emas,
muloyim
9
Intizomga nisbatai
Qattiq, rasmiy, yuzaki
Maqsadga muvofiq talab
qiladi
Yumshoq, yuzaki
10 Rag’batlantirishga
nisbatan
Onda-sonda
rag’batlantirib, tez-tez
jazolash tarafdori
Onda-sonda jazolab, tez-
tez rag’batlantirish
tarafdori
Aniq mo’ljali yo’q
Har uchala rahbarlik turi o’rtasida mutanosiblik mavjud bo’lib, aniq sharoitlarda birining
salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi.
2. Bozor munosabatlariga xos boshqaruv uslublarining shakllanishi.
Hozirgi vaqtda bizning iqtisodiy taraqqiyotimizning birdan-bir yuli - bu ijtimoiy yo’naltirilgan
bozor munosabatlaridir. Tabiiyki bu yangi boshqaruv uslubining shakllanishiga olib keladi.
Madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lgan davlatlarning bozor iqtisodiyoti davrini tahlil qila
turib, birinchi qadamlar qo’yayotgan mustaqil davlatlarning boshqaruv uslubini aniqlab beruvchi
ba’zi bir belgilarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin.
Birinchi guruh belgilari
-
bu iqtisodiy fikr yuritishning yangi turi bo’lib, u yoki bu tavsiflarni
faoliyat tomonini qayta baholanishini o’z ichiga oladi. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti yangi
turdagi iqtisodiy munosabatlarni, erkin tadbirkorlik munosabatlarini taqazo etadi. Bu
munosabatlarga davlat idoralarining aralashishi avvalgidan bir oz kamroq bo’ladi. SHunday ekan,
bozor
munosabatlarini
shakllanishida
ishbilarmon
odamlarni
(rahbarlarni,
tashkilotchi
mutaxassislarni) tayyorlash zarur. Boshqacha aytganda tadbirkorlik, ishda faollik, erkinlik, yaxshi
ishga va maoshga intilishlik kabi sifatlar birinchi darajali rol uynashi mumkin.
Ikkinchi guruh belgilari
-
yangi uslubdagi boshqaruvni aniqlab beradi. Bunda boshqaruv
mehnat bilan band, ishbilarmonlikda bilimdon odamlarni belgilari majmuasini kitirish mumkin. Bu
eng avval o’z sohasida o’ta bilimdon, madaniy, taraqqiyot darajasi yuqori davlatlarda to’plangan
tajribani o’zlashtirgan, bozor iqtisodiyotini barcha zamonaviy sohalarini, ya’ni tadbirkorlik,
menejment, marketing, bank ishi, soliq solishni va boshqalarni biluvchi mutaxassis bo’lmog’i
kerak. So’z asosan keng armiyadagi ishbilarmon odamlar - mutaxassislar, o’ta yuqori darajadagi
kasb egalari haqida bormoqda.
Uchinchi guruh belgilari - bu sheriklarga nisbatan tartiblilik, to’g’rilik, yulg’ichlikni yo’qligi,
obru haqida g’amxo’rlik, madaniyatlilik, ziyolilikdan iborat. Bu guruh belgilarining mazmuni
shundaki, zamonaviy, madaniy taraqqiyotli biznesda iqtisodiy operatsiyalarda tartiblilikni o’ta
zarur, o’z-o’zidan kerakli bo’lgan sifat deb qaraladi.
Qoidaga binoan haqiqiy bizneschi yoki tadbirkor o’zi so’ziga xiyonat qilmaslikka xarakat
qiladi. Bitimning tuzilishi uchun uning og’zaki roziligi yetarli hisoblanadi. Bu nooshkor qonunni
buzganlarni katta noxo’shliklar kutadi.
Ko’plab shirkat, kichik va sherikchilik korxonalarini tartiblikdan ancha yiroq bo’lgan shaxslar
tomonidan, (katta daromad olish uchun intiluvchi) mehnat bilan emas, balki turli nayrangbozliklar
va aldashlar hisobiga katta daromad olish niyatida bunyod etiladi. Bunday korxonalarning hayotiy
davri (tsikli) uzoq bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi davr jamiyatda ijobiy yo’nalishga ega
odamlar faoliyati birinchi qatroga chiqarilmoqda.
To’rtinchi guruh belgilari - bu bozor iqtisodi taraqqiyotida muhim ijtimoiy rol o’ynaydigan
tafsifdir. Ular yuqorida ko’rib chiqilgan tavsiflarga yaqinlashib keladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tish xalqni, insonni farovonligini tiklash va yaxshilash
uchun zarur. Shunga binoan inson omili bevosita barcha amaliy xarakatlarda birga bo’lmog’i kerak.
Bozor iqtisodiyoti shakllangan va taraqqiy topgan davlatlar tajribasi shu haqida so’z yuritadiki, ular
bu kabi tizimga yoki unga yaqin bo’lganiga egalik qiladilar, ularning asosiy belgilari: ijtimoiy
haqlik, uning a’zolarini tengligi va ishbilarmon odamlarni o’z vatandoshlariga g’amxo’rligi va
hokazolardan iborat.
Haqiqiy tadbirkor ishbilarmonlik olamida faqat o’ta yuqori daromad haqida g’amxo’rlik
qilmasdan, balki ishni yaxshi sifati va uning korxonasidagi mehnatkashlarni farovonligi haqida
o’ylashi zarur.
Biz ko’rib chiqqan menejment uslubini tavsifi birdaniga, qisqa vaqtda o’z shakliga kelmaydi,
buning uchun maxsus yangi kadarlarni tayyorlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |