1. Ta`lim va tarbiya printsiplari. Ta`lim va tarbiya tushunchalari bir-biriga
chambarchas bog`liq tushunchalar bo`lganligi sababli pedagogikadagi ta`lim va
tarbiya printsiplarini ham birgalikda ko`rib chiqamiz.
Pedagogikada fan sifatida asosiy qoidalar, g`oyalar mavjud. Bu g`oyalar
ta`lim samaradorligini, qo`yiladigan talablarning izchilligini ta`minlaydi. Ta`lim va
tarbiya printsiplari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqib pedagogika
nazariyasi va amaliyoti yutuqlariga ko`ra o`zgarib, takomillashib boradi.
Tarixda pedagogika printsiplarini aniqlash bo`yicha turlicha yondoshuvlar
mavjud bo`lgan. Masalan: XVI asrda YA.A.Komenskiy ta`lim printsiplarini
tabiatga qiyoslab o`rganishni ya`ni, o`quvchilarga tabiat qo`ynida bevosita ta`lim
berishni, tabiatda qanday mutanosiblik bo`lsa ta`limda ham xuddi shunday
mutanosiblikka erishishni taklif etadi. 17-XVIII asrlarda madaniy jihatlardan
mutanosiblikka erishish printsiplari ilgari suriladi. Hozirda ta`limning ilmiylik
printsipi, o`quvchilar imkoniyatlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish printsipi,
ko`rgazmalilik printsipi, ta`limda muntazamlilik va davomiylik printsipi,
ta`limning hayot bilan bog`liqligi, ta`lim jarayonida o`quvchilarning faolligi va
ongliligi, ta`lim va tarbiyaning tarbiyaviy xarakteri kabi ko`pgina printsiplari
mavjud.
O`zbekiston Reslublikasining Prezidenti I. A. Karimov e`lon qilgan bozor
iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillarini faqat O`zbekiston Respublikasigagina xos
mustaqil yo`lini ta`limning barcha jabhalariga singdirish darkor. Buning uchun
Respublikamiz sotsial-iqtisodiy rivojlanishga oid ko`rsatkichlar, iqtisodiy yil
yakunlariga oid fakt va materllar, yanglilk ijodkorlari haqidagi ocherklardan
foydalanish yaxlit natijalarga olib keladi.
Ta`limda tushunarlilik printsipi. O`qituvchining tarbiyasi sifatidagi asosiy
funktsiyalaridan biri fan temalari bo`yicha darslik, dastur, o`quv qo`llanmalari,
ilmiy-ommaviy va boshqa adabiyotlarda tarqalib yotgan axborotni to`plab, undan
kerakli mazmunni tanlab olib, uni o`quv materialiga ayaltirishdan iborat.
Ta`limda onglilik va aktivlik printsipini amalga oshirish ham bilish
jarayonining psixologik asoslariga to`la-to`kis tayanadi. Tartib va qoidalar yaxshi
o`zlashtirilsada, ayrim hollarda shu bilimlarni bevosita qo`llash jarayonida
o`quvchilar qiynalishi mumkin.
O`quvchi
tushunarli bo`lishi uchun kitob va boshqa manbalardagi rasmlarni ko`rsatar
ekan o`quvchilarda aktiv munosabat tug`diradi va o`zlashtirshi lozim bo`lgan
material to`g`risida idrok xosil qildiradi. Konkret materiallardan olingan taassurot
bolalar tafakkurini uyg`otadi.
Ta`lim printsiplarini qarab chiqishni yakunlay turib, faqat ularning bir-birini
to`ldirishi, bir-biriga muvofiq bo`lishigina ta`lim turi, vositalari, uslublari, tarkibiy
tuzilishi va maqsadlarini muvaffaqiyatli belgilasini ta`kidlab o`tmoqchimiz. U yoki
bu printsipni muxim deb ko`rsatish mumkin emas, chunki bir xil ta`limiy va
tarbiyaviy maqsadlarning xal etilishi boshqalarning hisobiga bo`lganligi sababli
umumiy samaradorlikning pasayishini keltirib chiqaradi.
Xuddi shuningdek, ayrim printsiplarni etarli darajada baholamaslik ta`lim
samaradorligini pasaytiradi, ta`lim printsiplarini yaxlit, mushtarak holda
qo`llashgina zamonaviy maktab vazifalarini muvaffa-qiyatli hal etish imkoniyatini
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |