Cho‘yan idishlar asosan taomlarni qovurish uchun ishlatiladi. Ular qora tusda chiqariladi, bir tomoni yoki ikki tomoni ham shisha emal bilan qoplanadi. Ko‘pincha cho‘yandan yasalgan idishlarning sirtqi tomoni dag‘alroq bo‘ladi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib ishlatish kerak, aks holda zanglash hollari yuz berishi, organizm uchun zarar bo‘lmasa ham, taomning maza va rangiga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari temir tuzi vitaminlarni yemiradi. Emallangan cho‘yan idishlar gigiyenaga mos, organik kislota, ishqor, tuz ta’siriga chidamli bo‘ladi. Emali ko‘chgan idishlardan taom tayyorlashda foydalanish mumkin emas. Cho‘yan idishlar ham xuddi po‘lat va emallangan idishlar singari tozalanadi. Eng yaxshisi bunda osh sodasi ishlatilishi ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |