14-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi



Download 17,93 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2021
Hajmi17,93 Kb.
#118186
  1   2
Bog'liq
edFHZTC4CrEhLQm9i2Thd5fU1Ciwf3S2

14-MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi.


Reja:

1. Sensor tarbiyasi haqida tushuncha.

2. Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni.

3. Sensor tarbiyaning usullari.


Ta`limni insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi uni ta`limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligini ta`minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi Prezident I.A.Karimov «Erkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma`naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur» deb ta`kidlaydilar1.

Bu tasavvurlarning xususiyati, ularning aniq ravonligi, to’laligi voqelikni aks ettirishni ta`minlovchi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasiga ya`ni, sezgi va idrokning rivojlanganligiga bog’liqdir. Xissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq etakchi o’rin tutadigan mantiqiy bilish xissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.

Tevarak atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to’laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. 

Sensor” so’zi lotincha “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” ma`nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.

Inson ko’rish, sezish va hakozolar yordamida tevarak – atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo’ladi.

Bog’cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10\9 qismini sezish orqali idrok etilgan ta`surotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo’lsa, insonnining tevarak-atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo’ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.

Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.

Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davridir. SHuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta`sir sistemasidir.

Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg’a suruvchi usullar majmui bo’lib, ma`nan etuk, mustaqil fikrlovchi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. SHifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan maktabgacha tarbiya metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o’z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg’ularini uyg’ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga balki o’z ota-onasiga ham xissiz bo’lib qoladilar. Montesori metodikasi bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:

1.Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.

2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to’liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to’liq rivojlanmagan bo’ladi.

3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish.

4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini oshirish.

5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o’z-o’ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish.

YUqorida ko’rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa aqliy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tushunchalar tahlili” texnologiyasi




Download 17,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish