4. Iqtisodiy o’sishning J.Mid va A. Lьyuis modellari.
J.Midning iqtisodiy o’sish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy o’sishni
chekli unumdorlik qonuni qo’llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan tushuntiradi. Kobb-
Duglas funktsiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik
muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi.
U=αk+βL+r
bu yerda Y-milliy daromadning o’rtacha yillik o’sish surati:
k- kapitalning o’rtacha yillik o’sish sur’ati;
L- mehnatning o’rtacha yillik o’sish sur’ati;
α- milliy daromadda kapitalning ulushi;
β- milliy daromadda mehnatning ulushi;
r- texnik taraqqiyot sur’ati.
Tenglama, milliy daromadning o’sish sur’ati milliy daromadda ega bo’lgan ulushi bo’yicha
mehnat va kapital o’sish sur’atlarining yig’indisiga texnik taraqqiyot sur’ati qo’shilishidan paydo
bo’lgan miqdorga teng bo’lishini ko’rsatadi.. Mehnat va texnik taraqqiyot o’sish sur’atlarini
doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o’sishning barqaror sur’ati
kapital o’sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o’sish sur’atlari bilan tengligi
sharoitida erishiladi. Agar kapitalning o’sish sur’atlari milliy daromadning o’sish sur’atlaridan
oshsa, unda bu jamg’arish sur’atlarining o’z-o’zidan pasayishiga olib keladi.
J. Mid real holatda mehnatning va kapital jamg’arilishining o’sish sur’atlari o’rtasida
muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning o’sishi shunga
muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o’sishi ro’y bermaydi, chunki
ishchi kuchining o’sishi ortiqcha bo’lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat
unumdoligini o’sish sur’atlaridan tezroq o’ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil
bo’ladi.
A. Lьyuis o’z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o’sishning asosi sifatida
ko’rib chiqadi. SHuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi yuqori, kapital taqchil,
tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo’l keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lьyuis
Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
Lьyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo’jaligidan sanoatga
qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o’sish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu
jarayonda asosiy mexanizm bo’lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o’z ishchilarining daromadlari o’sishini
ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko’maklashadi. Bunda tadbirkorlar o’sib borayotgan
daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo’naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik
iqtisodiy o’sishga dinamik ta’sir ko’rsatadi.